H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Byudjetning uch holati bo‘lishi mumkin


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Byudjetning uch holati bo‘lishi mumkin: 
defitsit, ya'ni xarajatlarning daromadlardan oshib ketishi; 
— ijobiy qoldiqning mavjudligi, ya'ni daromadlaming xarajatlardan oshib 
ketishi; 
— balanslangan, ya'ni daromad bilan xarajatning tengligi. 
Darhaqiqat, amalda daromad va xarajatlarning to‘la tengligiga erishish 
35


amrimahol. Shuning uchun balanslangan budjetda defitsit yoki ijobiy qoldiq 
umumiy xarajatlardan bir foizdan oshmagan bo‘lsa hisoblanadi. 
Davlat moliyaviy siyosatining mazmuni moliyaviy stabilizatorlardan 
foydalanish mexanizmini tashkil etishdir. 
Moliyaviy stabilizatorlarga quyidagilar kiradi: 
soliqlar va soliqqa tortish
— davlat sug‘urtasi; 
— davlatning dotatsiyalari, subsidiyalari, subvensiyalari va tovon to‘lovlari; 
— fuqarorlarning shaxsiy jamg‘armalari. 
Ushbu stabilizatorlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri quyidagicha. 
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish salohiyatiga, ayrim tarmoqlarning, 
xo‘jalik sub'ektlarining va tadbirkorlarning ish faoliyatiga soliqlar o‘ziga xos 
tartibga soluvchi, rag‘batlantiruvchi, taqsimlovchi va fiskal funksiyalari orqali o‘z 
ta'sirini ko‘rsatadi. 
Soliqlarning o‘sishi o‘z navbatida investisiyalarga bo‘lgan talabning 
kamayishiga imkon yaratadi. Soliqlarning pasayishi xo‘jalik sub'ektlarining va 
fuqarolarning erkin bo‘lgan pul mablag‘larini o‘sishiga olib keladi. Bu esa kapital 
mablaglarga bo‘lgan talabning darajasini ko‘payishiga sabab bo‘ladi. 
Davlat sug‘urtasi mamlakat va uning mintaqalari iqtisodiyotini rivojlantirish 
darajasini va fuqarolarning farovonligini barqarorlashtirib turishga xizmat qiladi. 
Davlatning dotatsiyalari, subsidiyalari, subvensiyalari va tovon to‘lovlari 
ma'muriy-hududiy tuzilmalarning iqtisodiy salohiyatiga, fuqarolarning hayot 
darajasining pasayishiga va ishsizlikning ko‘payishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. 
Fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalari — bu ularning istiqbolda ehtiyojlarini 
qondirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larining bir qismidir. Iqtisodiyotning 
inqirozga uchrashi va uning asosida ro‘y beradigan pulninng qadrsizlanishi 
(inflyatsiya) o‘z navbatida fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalarining kamayishiga 
olib keladi. 
Fiskal stabilizatorlardan davlat va uning viloyatlarining budjetini 
shakllantirishda foydalaniladi. 
Davlatning moliyaviy siyosati pul siyosati bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi 
tufayli, uni umumlashtirib pul-kredit siyosati deb atashadi. 
Lekin ,,kredit" mustaqil iqtisodiy kategoriya hisoblanmaydi. Kredit 
munosabatlari bu moliyaviy munosabatlarning bir qismi bo‘lsa, kredit moliyaviy 
kategoriya hisoblanadi. Shuning uchun kredit siyosati — bu moliyaviy siyosatning 
36


bir qismidir. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling