H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hududiy moliyalar
- Fuqarolar moliyasining
Umumdavlat moliyasining vazifasi bu moliyaviy resurslarni jamlashtirish
va umumdavlat ehtiyojlarini moliyalashtirishni yo‘naltirishdan iborat. Ular soliqlar, yig‘imlar, davlat bojlari va boshqa daromadlar hisobidan shakllanadi. Umumdavlat moliyasining tarkibiga davlat budjeti, davlat sug‘urtasi, davlat krediti va budjetdan tashqari fondlar kiradi. Hududiy moliyalar xuddi shu umumdavlat moliyasi kabi o‘ziga xos, lekin hududiy miqyosdagi vazifalarni bajaradilar. Xo‘jalik sub'ektlari moliyasi vazifasi — bu foyda olish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash maqsadida o‘zining pul fondlarini shakllantirish va pul oqimlarini samarali boshqarish asosida ulardan unumli foydaianishdir. Fuqarolar moliyasining vazifasi bu daromadlarni shakllantirish, ulardan joriy xarajatlar uchun foydalanish va mulkni xarid qilish, ya'ni fuqaroning moliyaviy portfelini pulning qadrsizlanishidan holi tarzda barpo etishdir. Moliyaviy bozor. Moliya va moliya tizimi o‘zining xatti-harakatini moliya bozorida ko‘rsatadi. Moliyaviy bozor murakkab iqtisodiy tizim va tarixiy kategoriya hisoblanadi. U moliya va tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi sharoitida vujudga kelgan bo‘lib, alohida iqtisodiy munosabatlar sohasiga aylangan. Moliyaviy bozorning iqtisodiyotdagi mohiyati va roli uning funksiyalarida to‘la ayon bo‘ladi. Moliyaiy bozorning funksiyalari: 33 — moliyaviy aktivlarda mujassamlangan qiymat va iste'mol qiymatining sotilishi; — moliyaviy aktivlarni iste'molchilarga yetkazib berish jarayonini tashkil etish; — investitsiyalash va iste'mol qilish jarayonlarini moliyaviy ta'minlash; — pul muomalasiga ta'sir etish; Moliyaviy bozor davlat organlari tomonidan boshqarish ob'ekti hisoblanadi. Moliyaviy bozor boshqarish ob'ekti sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi: bozorning hajmi, bozorning kon'yukturasi, moliyaviy aktivlarning talab va taklif muvozanatining darajasi va ushbu aktivlarni sotish shart-sharoitlari. Bozorning moliyaviy hajmi deb bir yil mobaynida aniq moliyaviy aktivning mumkin bo‘lgan maksimal sotilishi tushuniladi. Moliyaviy bozorning hajmi, ya'ni uning katta va kichikligi moliyaviy aktivning turiga, shu bozordagi raqobat darajasiga, bozor kon’yukturasining o‘zgarishiga, baholar darajasiga, mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy holatiga bog‘liqdir. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling