H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Rag‘batlantirish funksiyasi
- 3. Iqtisodiy axborot fiinksiyasi
1. Taqsimlash funksiyasi — moliya vositasida jamiyatda yaratilgan yalpi
29 milliy mahsulot va uning asosiy qismi bo‘lmish milliy daromad xo‘jalik sub'ektlari o‘rtasida taqsimlanib, pul fondlariga aylantiriladi. Ishlab chiqarishning o‘zida yuz beradigan taqsimlash birlamchi taqsimlash deb ataladi. Uning natijasida birlamchi daromadlar yuzaga keladi, ya'ni foyda, ish haqi fondi, ijtimoiy sug‘urta uchun ajratmalar, amortizatsiya puli va boshqalar tashkil topadi. Ma’lumki, amortizatsiya fondi faqat ishlab chiqarishni qayta tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflanadi. Shuningdek, amortizatsiya vazifasini ish haqi fondi bajara olmaydi. Birlamchi taqsimlashdan so‘ng qayta taqsimlash ro‘y beradi: bir marta taqsimlangan mahsulot qiymati moliya vositalarida, masalan soliqlar va har xil to‘lovlar yordamida qayta taqsimlanadi. Daromad qayta taqsimlanganda moliyaviy aloqalar qaytadan ishlab chiqarish va boshqa soha, turli korxona, tarmoqlar o‘rtasida, korxona bilan davlat, korxona bilan aholi o‘rtasida yuz beradi va hokazo. 2. Rag‘batlantirish funksiyasi — moliya vositalari orqali xo‘jalik sub'ektlarini iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishga va rivojlantirishga undashdan iborat. Biroq shuni ham ta'kidlash joizki, bunda aholini bepul o‘qitish, bemorlarni davolash, nogironlarga nafaqa to‘lash kabi moliyaviy ajratmalar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga xizmat qilmaydi. Lekin moliyada rag‘batlantiruvchi jihatlar ham bor. Ularga moliya tizimida muntazam ravishda qo‘llaniladigan turli soliqlar va to‘lovlar hamda subsidiyalar va subvensiyalar kiradi. 3. Iqtisodiy axborot fiinksiyasi — bu xo‘jalik sub'ektlarini tegishli va zarur bo‘lgan sifatli hamda ishonchli axborot va ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta'minlab turishdan iboratdir. Bunday axborot va ma'lumotlar davlatni, korxonani, tashkilotni va boshqa sub'ektlarni boshqarishda o‘ta zarur qurol hisoblanadi. Ma'lumki. iqtisodiy axborotga ega bo‘lmasdan turib xalq xo‘jaligining tarmoqlarini, jumladan ishlab chiqarishni, savdoni, transportni va boshqalarni rivojlantirish mumkin emas. Shuning uchun korxona va tashkilotlar o‘zlarining moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun iqtisodiy axborotdan unumli foydalanishlari zarurdir. Axborot va ma’lumotlardan unumli foydalanish korxona va tashkilotlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini keskin ko‘tarishga olib keladi va ularning moliyaviy ahvolini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi. Korxona va tashkilotlardan olingan axborotlardan eng muhimlaridan biri bu moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularning yordamida ishlab chiqarishdagi mavjud bo‘lgan yutuq va kamchiliklarni aniqlash, chuqur talilil qilish imkoniyati tug‘iladi. Shundan so‘ng aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilish mumkin. Undan 30 tashqari, shuni aytish lozimki, moliyaviy axborotlar yordamida korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlar va boshqalar o‘zlarining, sheriklarining va raqobatchilarining faoliyatlarini har tomonlama kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling