H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Korxonalar bozor aktivligi koeffitsiyentlari guruhi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
5. Korxonalar bozor aktivligi koeffitsiyentlari guruhi
Korxonalar bozor aktivligi koeffitsentlari — bu kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlarini, jumladan aksiyalarining qiymatini va ularning daromadlarini belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu koeffitsiyentlar guruhiga yana bir necha asosiy ko‘rsatkichlar kiradi. Korxonalar bozor aktivligi koeffisentlari guruhining o‘ziga xos tomoni bor, u ham bo‘lsa, shundan iboratki, bu koefifitsiyent hech mahal -1 dan ortiq bo‘lmaydi. Mabodo bu koeffitsiyent 1 dan oshib ketsa, u holda kompaniya hisobot yili davrida dividend siyosatida noratsionallikka yoki moliyaviy tanqislikka uchragan, deb tushunmoq lozimdir. Umuman kompaniyalarning moliyaviy ahvolini ushbu koeffitsiyent orqali tahlil va tadqiq qilish asosida olingan natija 0 dan -0,9 gacha tengligi ma'lum bo‘ldi. Ko‘p hollarda korxonalar bozor aktivligi koeffisentlari shu darajada qaytarilishini investorlar turlicha talqin qiladilar. Chunki investorlar o‘z mablag‘larini aynan shu kompaniyalarga yo‘naltirganda turlicha maqsadni ko‘zlaydilar. Qimmatli qog‘ozlarga nisbatan investorlarning e'tibori quyidagilarga qaratilgan bo‘lishi kerak, ya'ni: l. Joriy daromad olish (dividend) ga; 2. Aksiyalarning kursini ko‘tarilish hisobiga ularning qiymatini oshirishga. Bu borada shuni aytish lozimki, ba'zi bir maqsadlar bir-birini ma'lum darajada inkor qilish holatlari ham bo‘ladi. Chunki ayrim sharoitlarda olingan foydaning, aksariyat qismi dividendni to‘lashga ajratiladigan bo‘lsa, kompaniyani investisiyalashga kam mablag‘ qolishi mumkin. Endi bozor aktivlik koeffitsiyentini hisoblash tartibini quyidagi shartli misolda ko‘rib chiqamiz. Korxonaning ustav fondi (oddiy aksiyalarning har birining nominal qiymati 10 ming so‘mdan) — 1800 000 so‘m; Korxonaning sof foydasi — 630 000 ming so‘m. Dividend tariqasida to‘langan to‘lov qiymati — 300 000 ming so‘m. Emissiya mukofoti — 210 000 ming so‘m; Jamg‘arilgan foyda — 720 000 ming so‘m; Bir dona aksiyani sotib olish qiymati — 11 ming so‘m; Bir dona aksiyani sotish qiymati — 16 ming so‘m. 27 Yuqorida keltirilgan shartli ma'lumotlar chuqur tahlil qilinsa va tegishli mulohaza yuritilsa har bir aksiyadan olinadigan foyda yuzasidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: l. Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonalarning moliyaviy hisoboti o‘ta zarurdir; 2. Moliyaviy hisobot asosini korxonaning balansi tashkil etadi; 3. Moliyaviy menejmentning oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadiga erishish uchun korxonada o‘tkazilgan tahlilning unga mos kelishi zarurligi kuzatiladi. 4. Moliyaviy hisobotda turli, ya'ni likvidlik, joriy, tezkor, absolyut va sof aylanma kapital koeffitsiyentlari guruhidan keng foydalanish va ularni hisoblash muhimdir. 28 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling