3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
3 LOB Mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KЕRAKLI JIHOZLAR
- UMUMIY TUSНUNCHA
3-MAVZU: HOSIL QILUVСHI, QOPLOVСНI VA ASOSIY TO‘QIMALAR ULARNING TURLARI VA TUZILISНI, MЕXANIK, O‘TKAZUVСНI TO‘QIMALAR VA O‘TKAZUVCHI BOG‘LAM TIPLARI VA TUZILISНI. MAVZUNING MAQSADI To‘qimalar to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil qilish. Ularning bir-biridan farqlarini va vazifalarini o‘rganish.: mexanik, o‘tkazuvchi to‘qima xillari, ularning vazifalari, organlarda uchrash joylarini tajribalar orqali aniqlab o‘rgatish. O‘tkazuvchi bog‘lam tiplari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil qilish. Makkajo‘xori va qovoq poyasidagi o‘tkazuvchi bog‘lamlarni farqlarini o‘rgatish. KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, suv, lantset, pintset, buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, qovoq poyasi, bargi, g‘o‘za bargi, fiktsatsiya qilingan nok mevasi, makkajo‘xori poyasi, tut po‘stlog‘i, xlortsink, yod, glitserin, xlorogidrat eritmasi, lezviya, pipetka, preparoval nina, floroglyutsin va xlorid kislota, makkajo‘xori, qovoq poyasi, kesib tayyorlangan preparatlar, floroglyutsin va xlorid kislota eritmasi UMUMIY TUSНUNCHA: O‘simliklarda hujayra har tomonga qarab bo‘linishi mumkin, buning natijasida yaxlit hujayralar to‘dasi hosil bo‘ladi. Hujayralarning tuzilishi jihatidan o‘xshash, bir yoki bir necha xil funktsiyani bajaradigan guruhiga to‘qimalar deyiladi. Yuksak o‘simliklarning to‘qimalari ularni hosil qilgan hujayralarning shakli, kelib chiqish va funktsiyasi jihatidan ham juda xilma-xildir. To‘qimalar hujayralarning shakliga ko‘ra bir biridan farq qiladigan ikki guruhga: parenximatik va prozenximatik to‘qimalarga bo‘linadi. To‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra embrional- hosil qiluvchi va doimiy to‘qimalarga ajratiladi. Ildiz uchi yoki poyaning o‘suvchi nuqtasi ko‘ndalangiga kesib mikroskop ostida qaralsa, yadrosi yirik tez-tez bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lgan bir xil hujayralar guruhini ko‘rish mumkin. Tez bo‘linuvchi hujayralarning bu guruhi hosil qiluvchi to‘qimalar hisoblanadi (meristema). Hosil qiluvchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi, o‘simlikda joylashish o‘rniga ko‘ra esa to‘rtga: apikal', interkalyar, yon meristema va yara meristemalariga bo‘linadi. Birlamchi meristema yoki hosil qiluvchi to‘qima hujayralari bir xil, parenximali, yirik yadroli protoplazma bilan to‘lgan yupqa po‘stli hujayralararo bo‘shliqsiz bo‘ladi. Bu hujayra kuchli ravishda bo‘linish qobiliyatiga ega. Birlamchi meristemadan boshqa hamma to‘qimalarning boshlang‘ichi vujudga keladi. Ikki pallali o‘simliklarning poya va ildizlaridagi kambiy to‘qimasi poyaning yo‘g‘onlashishiga xizmat qiladi. Hujayralarning kuchli ravishda bo‘linish qobilyati umr bo‘yi saqlanadi. Ikkilamchi meristemaga bog‘lamlar va po‘kak kambiysi yoki fellogen kiradi. Bog‘lamlardagi kambiy o‘simlik organlarining eniga o‘sishini ta'minlaydi. Fellogen ikkilamchi qoplovchi to‘qima peridermani hosil qiladi. Uchki apikal' meristema vegetativ novda va gul hosil qiluvchi hamda ildiz uchki meristemalariga bo‘linadi. Yon meristemalarga ildiz va poya markaziy tsilindrining atrofida joylashgan peretsikl, prokambiy va kambiylar kiradi. Interkalyar meristemalar poya bo‘g‘in oraliqlarida, hamda bargda hosil bo‘ladi. Interkalyar meristemalarning o‘sishi hisobiga bo‘g‘im oralig‘i uzayadi. Yara meristemasi o‘simliklarning biror qismi zararlansa, shu yerda bu meristema hosil bo‘ladi. Yara meristemasi parenxima to‘qimalarining tirik hujayralaridan hosil bo‘ladi. G‘o‘za poyasi o‘sish nuqtasidagi meristemani o‘rganish. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling