Sklereid hujayralari. Har xil shaklga ega bo‘lgan o‘lik
hujayralardan tashkil topgan, po‘sti ancha tekis suratda qalinlashgan
(kollenximaga xos bo‘lmagan ravishda) armatura hujayralari sklereidlar
deb ataladi. Sklereidlar toshsimon to‘qimalar deb ataladi. Mexanik
to‘qima yog‘ochlangan po‘stli parenxima hujayralaridan iborat bo‘lib,
teshikli naylar ko‘ndalangiga o‘tadi yonma yon joylashgan hujayralarning
naylari o‘zaro bir-biriga ro‘para keladi. Shuning uchun bu hujayralar
o‘rtasida yupqa o‘rta to‘siq parda orqali modda almashinish hodisasi
ancha vaqtgacha davom etib turadi. Keyinchalik bu hujayralar ham o‘lib,
bularning ichi butunlay bo‘shab qoladi yoki qo‘ng‘ir jonsiz massa bilan
to‘lgan bo‘ladi. Sklereidlar nok va behi etida, o‘rik, shaftoli, olcha, olxo‘ri
danaklarida hamda yong‘oq, pista po‘choqlarida uchraydi. Mexanik
to‘qima
asosan
poya
sirtida
(bug‘doy
poyasi,
qovoq
poyalarida)joylashgan bo‘lib, sinishiga eng ko‘p qarshilik ko‘rsatadi.
Burchakli poyalarda labguldoshlar va boshoqdoshlar oila vakillarida
mexanik to‘qima qirra bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. Mexanik to‘qima ildiz
markazida joylashgan bo‘lib, ildizni uzilishiga qarshilik ko‘rsatadi va
mustahkamligini ta'minlaydi.
Nokning hujayrasini o‘rganish. Ish tartibi. Nok mevasining
yumshoq etida qattiq sarg‘ish rangli dumaloq donachalar bo‘ladi, ana shu
tuzilmalar bir necha qattiq holga kelgan toshsimon hujayralardir.
Tekshirish uchun nok mevasi etidan lansetda ozgina olib, buyum
oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi.
Biroz bosib toshsimon hujayra eziladi. Bunga floroglyutsin bilan xlorid
kislota tomizilsa, toshsimon hujayralar biroz vaqt o‘tgach, qizil tusga
kiradi. Nok mevasining eti esa rangsizligicha qoladi. Bu hol totshsimon
hujayra po‘sti yog‘ochlanganligini ko‘rsatadi. Mikroskopda dastlab
kichik ob'ektivda, keyin katta ob'ektivda ko‘riladi va rasmi chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |