3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
3 LOB Mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QOPLOVСНI TO‘QIMALAR. UMUMIY TUSНUNCHA
ISН TARTIBI: Yosh g‘o‘za novdasini o‘sish nuqtasidagi barglari
uzib tashlanadi va shu o‘sish nuqtasidan yupqa kesma tayyorlanib, bittasi buyum oynasidagi suv tomchisiga joylanib, usti qoplag‘ich oyna bilan bekitiladi. Bunga lupa yoki mikroskopning bir necha katta qilib ko‘rsatadigan obe'ktivi orqali qaraladi, hujayra yaxshi ko‘rinmasa, unga xlorogidrat tomiziladi. Xlorogidrat hujayra ichidagi moddalarni eritib yuboradi, eritma fil'tr qog‘oz bilan shimdirib olinadi. So‘ngra preparatga suv yoki glitserin tomizib tekshirilsa, poyaning o‘sish konusidagi hujayralarning bo‘linishi va o‘sishi natijasida paydo bo‘ladigan do‘nboqcha ko‘rinadi bu do‘mboqqa boshlang‘ich bargdir. Poya va ildizning o‘sish konusidan yupqa kesma tayyorlab yoki doimiy prepartlarni mikroskop ostiga qo‘yib qaralsa, unda parenxima hujayralarining zich joylashganligini ko‘ramiz. Bu hujayralarning ko‘pida bo‘linish sodir bo‘ladi. Mikroskopda tekshirilayotgan o‘sish nuqtasining umumiy ko‘rinishi daftarga chizib olinadi. QOPLOVСНI TO‘QIMALAR. UMUMIY TUSНUNCHA: Qoplovchi to‘qima o‘simlik organlarini qoplab olgan bo‘lib, ularni tashqi muhit ta'siridan himoyalab turadi. Bu to‘qima vujudga kelishi jixatidan uch xil bo‘ladi: Epiderma yoki po‘st, periderma va po‘stloq. Epiderma. Birlamchi qoplag‘ich to‘qima yupqa parda-epidermisdan iboratdir. Epiderma (yunoncha «epi» - yuqori, «derma»-teri ma'nosini bildiradi). Epiderma tsellyuloza po‘st bilan o‘ralgan tirik parenxima hujayralardan hosil bo‘ladi. Birlamchi meristemadan hosil bo‘lgan epiderma, bir-biriga zich joylashgan hujayralardan tuzilgan. Epidermis hujayralari rangsiz bo‘lib, ular ichida tirik protoplazma va yirik markaziy vakuolalar bor. Xloroplastlar epiderma hujayralarida uchramaydi. Bu hujayralarning po‘sti esa hamma joyda bir xil qalinlashmaydi, bundan tashqari kutin qavati, mum qatlami yoki mayda tukchalar zich bo‘lib joylashgan. Tukchalar oddiy va bezli bo‘ladi. Bezli tuklarda efir moylari kislotalar va fermentlar mavjud. Bu tukchalar ham himoya vazifasini bajaradi. Epidermis hujayralari orasida ko‘pgina yoriqsimon teshiklar- ust'itsalar bor, ular o‘simliklar tanasidan suv bug‘lanishi va ular ichiga gazlar kirishi uchun xizmat qiladi. Ust'itsalarni hosil bo‘lishida xloroplasti bo‘lgan ikkita yirik, dukkaksimon hujayra kattalashadi. Uchlari bilan bir- biriga birikkan va o‘rta qismi erkin bo‘lgan bu hujayralar qamrovchi hujayralar deb ataladi. Ust'itsa yorig‘ini kengaytirish va toraytirish xususiyatiga ega. Qamrovchi hujayralarning turgor holati kuchaysa ust'itsalar ochiladi, bosim kamaysa u yopilib qoladi. Qamrovchi hujayralarning orqa devorlari juda yupqa bo‘lib, turgor bosimi kuchayganda osongina kengayadi va oldingi devorlarni o‘ziga tortadi natijada ust'itsalar ochiladi. Ko‘pchilik o‘simliklarda ust'itsalar barglarning yuza va orqa tomonida joylashadi. Suvda suzib yuruvchi o‘simliklarda ust'itsalar barg yuza tomonda bo‘ladi, suvga botib o‘sadigan o‘simliklarda ust'itsalar bo‘lmaydi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling