3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana09.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1347439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 LOB Mavzu (3)

TUT PO‘STLOG‘INI O‘RGANISH: 
Keksa tut po‘stlog‘idan olib probirkadagi glitserin aralash spirtga bir 
necha kun solib qo‘yiladi yoki uni bir necha minut qaynatamiz, natijada 
po‘stloq yumshaydi. So‘ngra uning usti lantsetda tekislanadi va undan bir 
nechta yupqa kesiklar tayyorlanadi. Bu kesiklardan bittasi buyum 
oynasidagi glitserin tomchisiga qo‘yib va usti qoplag‘ich oyna bilan 
yopilib, mikroskopning kichik ob'ektivida ko‘riladi. Bunda sariq tusdagi 
po‘stloqning ketma-ket joylashgan po‘kak hujayralari yaqqol ko‘rinadi. 
Po‘kak qavatlari orasida o‘lib qolgan parenxima hujayralari bo‘lib, ular 
ichida lub to‘qimasi ora-sira ko‘rinib qoladi. Po‘kak qavatining bukilgan 
joylarida toshsimon hujayralar guruhi bo‘ladi, bu hujayralar atrofida 
ba'zan romb shaklida oddiy kristallar ko‘rinadi. Po‘stloqning ko‘ndalang 
kesimida o‘zaro tutashgan po‘kak ham ko‘rinib turadi. Po‘stloqning yosh 
qismlarida peridermaning barcha bo‘laklari, ya'ni po‘kakdan tashqari 
fellogen va felloderma to‘qimalari ham yaqqol ko‘rinadi. 
Po‘kakning tashqi qavati bir muncha mayda hujayralardan iborat 
bo‘ladi, bu ham asta-sekin qurib o‘lib ketadi. Po‘kak to‘qimaning ayrim 
hujayralari uzilib ketib chechevichka(yasmiqcha) hosil etadi, shu 
chechevichka orqali havo almashib turadi. Po‘stloq va periderma 
to‘qimalarining rasmi chiziladi va nomlari yoziladi. 


ASOSIY TO‘QIMALAR; 
UMUMIY 
TUSНUNCHA. 
Asosiy 
to‘qima 
parenxima 
hujayralaridan iborat bo‘lib, hujayra shakli ko‘p qirrali, sharsimon, 
dumaloq sal cho‘zinchoqroq bo‘ladi, o‘tkir uchlisi bo‘lmaydi. Hujayra 
po‘sti tsellyulozadan iborat. Asosiy parenxima hujayralari tirik, ichida 
protoplast, plastidalar va zapas oziq moddalar bor. Parenxima hujayralari 
orasida havo yo‘liga aylangan bo‘shliq ko‘p bo‘ladi. Hujayralararo 
bo‘shliqning vazifasi hujayrada havo almashinishini yengillashtirishdir. 
Boshqa barcha to‘qimalar orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib turadigan asosiy 
parenximada quyidagi hodisalar ro‘y beradi: bargning o‘zlashtiruvchi 
parenximasida organik moddalarni hosil qiluvchi fotosintez hodisasi
ildiz, tuganak, poya va mevalarning g‘amlovchi to‘qimasida zapas oziq 
moddalarning yig‘ish va saqlash asosiy to‘qima bo‘ladi. Suv to‘plovchi 
to‘qimada suvning g‘amlanish hodisasi (sukkulent o‘simliklarda 
semizo‘t, kaktus va boshqalarda) amalga oshadi. Chiqaruv joylari ham 
asosiy to‘qima parenximadan iborat bo‘lib, smola, elim, efir moyi, shira 
va boshqa moddalar bilan to‘liq bo‘ladi. Asosiy to‘qimaning o‘lik 
hujayralari suv, havo bilan to‘lgan bo‘ladi. Asosiy to‘qimaga po‘stloq 
parenximasi, lub parenximasi, yog‘och parenximasi, xlorenxima
so‘ruvchi, g‘amlovchi, suv g‘amlovchi va aerenximalar kiradi. 



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling