3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi


Yorongul bargining epidermisini tekshirish


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana09.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1347439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3 LOB Mavzu (3)

Yorongul bargining epidermisini tekshirish. 
ISН TARTIBI: Yorongul bargining orqasidagi yupqa po‘sti(pardasi) 
dan igna uchi bilan ozgina shilib olinadi va buyum oynasidagi suv 
tomchisiga qo‘yiladi, ninada to‘g‘rilab usti qoplag‘ich oyna bilan 
berkatiladi. Dastlab mikroskopning kichik, keyin katta qilib ko‘rsatadigan 
ob'ektivida ko‘riladi. Geran epiderma hujayralarining shakli noto‘g‘ri va 
hujayra po‘sti ham egri bugri ekanligi ko‘rinadi. Epiderma hujayralari 
o‘zaro zich joylashgan bo‘lib, ularning orasida bo‘shliq yo‘q. Epidermis 
hujayralarining po‘sti yupqa, ichidagi sitoplazma va yadrosi ko‘rinib 
turadi. Hujayralar orasida og‘izchalar bo‘lib, shakli va yirikligi jihatidan 
epiderma hujayralaridan ajralib turadi. Epidermis sirti tukchalar bilan 
qoplangan. Tukchalar to‘g‘ri, shoxlangan boshchali, yulduzsimon 
shakldagi bir hujayrali, ko‘p hujayrali, oddiy va bezli bo‘ladi. Bezli tuk 


epidermis hujayralarining alohida o‘sishidan hosil bo‘ladi. Oddiy tukcha 
tirik va o‘lik bo‘ladi, o‘lik tukchada protoplast bo‘lmaydi, ichki bo‘shlig‘i 
havo bilan to‘lib qoladi. Yosh barglarda oddiy tukchalar quyosh nurini 
singdirib bug‘lanishini susaytiradi. Bezli tukchalar efir moy ajratib, 
o‘simlikni hayvonlar tomonidan shikastlanishdan saqlaydi. Shuningdek, 
bug‘lanuvchi modda ajratib barg va poya haroratini pasaytiradi. 
Mikroskopda epidermis hujayralarning shaklini va ulardan hosil bo‘lgan 
sodda bezli tukchalarini, ust'itsalarini aniqlab, rasmini daftarga chizing va 
nomlarini ko‘rsatib yozing. 
B) G‘o‘za bargi tukchalarini o‘rganish. 
G‘o‘za bargidan nina uchi bilan shilib olingan epidermis buyum 
oynasidagi suv tomchisiga joylashtirib preparat tayyolanadi va 
mikroskopda tekshiriladi. Epidermisda ko‘p miqdorda oddiy va bezli 
tukchalar ko‘rinadi. G‘o‘za bargida bu tukchalar asosan barg tomiri ustiga 
joylashgan bo‘ladi (shuning uchun barg tomiri tevaragidagi epidermani 
olib tekshirish kerak). Oddiy tukchalar 4-5 tadan guruh bo‘lib joylashadi. 
Bezli tukcha yupqa po‘stli bir nechta tirik hujayralardan tashkil topgan. 
Bezli tukchalar ichidagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib turadi. Preparat 
ustidagi qoplag‘ich oynaning cheti sal ko‘tarilib, fil'tr qog‘oz vositasida 
suvi tortib olinadi, so‘ngra unga sudan III reaktivi tomizilsa, tukcha 
bo‘yalib yaqqol ko‘rinadi. 
Mikroskopning kichik ob'ektivida ko‘rib g‘o‘za bargidagi bezli 
tukchalar tuzilishlari bilan tanishiladi va rasmi daftarga chizib olinadi. 

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling