3-mavzu: hosil qiluvсhi, qoplovснi va asosiy to‘qimalar ularning turlari va tuzilisнi
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
3 LOB Mavzu (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISН TARTIBI.
SKLЕRЕNХIMA
Umumiy tushuncha. Sklerenxima - qalin po‘stli o‘lik prozenxima hujayralaridan iborat mexanik to‘qimadir. Sklerenxima hujayralari prozenximali bo‘lib, tolasimon tuzilishda bir necha santimetrga etib ingichka bo‘ladi. Hujayra po‘sti yog‘ochlashgan. Hosil bo‘lishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi sklerenximaga ajratiladi. Birlamchi sklerenxima prokambiy va peretsikldan, ikkilamchi sklerenxima kambiydan hosil bo‘ladi. Poyaning po‘stloq qismida joylashgan sklerenxima lub tolalari deyiladi. Bu tolalar ko‘pincha peretsikldan hosil bo‘lib, ularning hujayra po‘sti ancha vaqtgacha tsellyulozaligicha qoladi, ba'zida yog‘ochlanishi mumkin. Kambiydan hosil bo‘lgan yog‘ochlik (ksilema) qismida joylashgan sklerenxima yog‘ochlik sklerenximasi yoki libriform deyiladi. Bu sklerenxima hujayralari lub tolalariga qaraganda kaltaroq va hujayra po‘sti esa doimo yog‘ochlangan bo‘ladi. Zig‘irning ingichka poyasi po‘stlog‘ida bo‘ladigan sklerenximani lub tolalari deb ataladi. Makkajo‘xori poyasining sklerenxima to‘qimasini o‘rganish. ISН TARTIBI. Makkajo‘xori poyasining bo‘g‘im oralig‘idan sirtiga yaqin joydan olib, yupqa kesiklar tayyorlanadi. Mikroskopda ko‘rilsa, kesmaning sirt tomonida epiderma undan ichkariroqda dastlabki po‘stloq hujayralari hamda bir muncha zich joylashgan sklerenxima tolalarini ko‘rish mumkin. Bu tolalar ko‘p qirrali yoki dumaloq shaklli qalin po‘stli yog‘ochlangan hujayradan iborat. Mexanik to‘qima xalqasining tagida ko‘p hujayrali yupqa po‘stli parenxima joylashadi. Parenxima hujayralari orasida mayda periferik (chetki) o‘tkazuvchi bog‘lamlar joylashgan. U sklerenxima bilan o‘ralgan bo‘ladi. Sklerenxima hujayra po‘sti xlor-tsink ta'siridan qo‘ng‘ir sariq tusga, safranin ta'sirida esa qizil tusga kiradi. Sklerenxima to‘qimasini mikroskopda ko‘rib, rasmi chizib olinadi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling