H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

1. Likvidlik koeffitsiyenti 
Likvidlik koeflfitsiyenti — bu korxonalarning xo‘jalik va moliyaviy 
hisobot davridagi qisqa va uzoq muddatli majburiyatlarini qanday qilib bartaraf 
etayotganlik holatini aniqlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichidir. Moliya menejyeri 
uchun eng muhim bo‘lgan- koeffitsiyentlar - bu: 
— umumlikvidlik (joriy) koefiitsiyenti; 
— tezkorlik bilan qarz majburiyatini bartaraf etish koeffitsiyenti
— absolyut likvidlik koeffitsiyenti; 
— sof aylanma kapital koeffitsiyenti. 
Umumlikvidlik koeffitsiyenti — bu aylanma mablag‘larni qisqa muddatli 
majburiyatlarga ajratib hisoblanadigan va korxonaning muayyan bir davr 
davomida uni qoplash uchun mablag‘larning miqdorini aniqlashda ishlatiladigan 
ko‘rsatkichdir. Joriy likvidlik koeffitsiyenti uning ajralmas qismlaridan biri 
hisoblanadi. 
Tezkor likvidlik koeffitsiyenti — bu korxonalarning aylanma va pul 
mablag‘lari hamda qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va debitorlik qarzlarini 
bartaraf qilinganlik darajasini aniqlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichdir. 
Absolyut likvidlik koeffitsiyenti — bu korxonaning pul mablag‘larini 
baholashda va ishonchlilikni bartaraf etish hollarida qo‘llaniladigan ko‘rsatkichdir. 
Sof aylanma kapital koeffitsiyenti katta ahamiyatga ega bo‘lib, uni o‘rganish 
va tahlil qilishning o‘ziga xos yaxshi tomonlari bor. Chunki korxonaning sof 
kapitali aylanish jarayoning iqtisodiy tomondan samarasi yuqoridir. Sof aylanma 
kapital koeffitsiyenti korxonaning aylanma aktivi va qisqa muddatli majburiyatlari 
24


o‘rtasidagi farqi qanday ekanligini bildiradi. Bu koeffitsiyentdan korxonaning 
moliyaviy barqarorligini qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. 
2. Aktiv ishchanlik koeffitsentlari 
Aktiv ishchanlik koeffitsiyentlari — bu korxona qanchalik o‘z mablag‘laridan 
samarali foydalana olayotganligini oldindan bashorat qilish va uddaburonlik bilan ish 
yuritishini belgilovchi ko‘rsatkichdir. 
Odatda aktiv ishchanlikni to‘g‘ri baholaydigan bir necha guruh koeffitsiyentlar 
mavjud: 
1. Aktivlar aylanishini belgilaydigan koeflitsiyentlar guruhi; 
2. Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyentlar guruhi
3. Kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyentlar guruhi; 
4. Moddiy ishlab chiqarish zahiralarining aylanish koeffitsiyentlar guruhi; 
5. Asosiy vositalarning aylanish koeffitsiyentlar guruhi; 
6.Kapitalning aylanish koeffitsentlar guruhi va boshqalar. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling