H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar:
— bu korxonaning bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilgan qarzlari; — debitorlik qarzlari. Balansning eng yirik bo‘limlaridan biri bu moddiy ishlab chiqarish zahiralaridir. Ular moddiy aktivlar bo‘lib quyidagi maqsadlarni amalga oshirishda ishlatiladi: — oddiy ish jarayonida sotilgan tovarlarni hisobga olishda; — korxonaning ichki ishlab chiqarish ehtiyojini hisobga olishda; 17 — sotiladigan tovarlarni uzluksiz ishlab chiqarishni ta'minlashda. Moddiy ishlab chiqarish zahiralari aylanma aktivlarning eng kam likvidlanadigan bo‘limidir. Bu bo‘limning pul mablag‘larini aylantirishga, nafaqat iste'molchini topish, balki undan pul olish uchun ham vaqt kerak bo‘ladi. Moddiy ishlab chiqarish zahiralari bo‘limining tahlili moliyaviy boshqarish samaradorligi va ishlab chiqarish zahiralari uchun korxonaning barcha aktivlari qatorida katta ahamiyatga egadir. Bu masala xususida keyingi mavzularda ham keng o‘rin berilgan. Mahsulotning tannarxi moddiy ishlab chiqarish zahiralarini baholashning bazasi hisoblanadi. Bir xil turdagi xom ashyoni sotib olish vaqtiga qarab shu muddat bo‘yicha tovarning tannarxi belgilanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi: — har bir sotib olingan xom ashyo va tovarlarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha hisoblash usuli; — o‘rtacha tannarx bo‘yicha hisoblash usuli; — sotib olingan vaqt asosida hisoblashning FIFO usuli; — oxirgi sotib olish narxi bilan tannarxni hisoblashning LIFO usuli. Demak, korxona o‘zining moliyaviy xo‘jalik faoliyatidan kelib chiqib mustaqil ravishda baholash usulini tanlab oladi. Asosiy vositalar — bu shunday vositalarki, ular moddiy shaklga ega bo‘lib o‘zlarining boshlang‘ich qiymatlarini korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tannarxiga asta-sekin, ya'ni yemirilish asosida va uzoq muddat davomida o‘tkazadilar. Ulaming tarkibiga korxonaning binosi, inshoatlari, asbob- uskunalari, transport vositalari, xo‘jalik jihozlari va boshqalar kiradi. Nomoddiy zahiralar shunday vositalarki, ular mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan lekin korxonaning faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shishda bilvosita, ya'ni shart-sharoit yaratishda qatnashuvchi aktivlardir. Korxonaning balansida uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar bo‘yicha majburiyatlarni alohida ajratish orqali, ya'ni boshqa korxonalarning qimmatli qog‘ozlar va obligatsiyalariga moliyaviy qo‘yilmalar samarasini bilish maqsadida va muddati bir yil bo‘lgan kreditlar, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar bilan birgalikda bu bo‘lim uning bozordagi moliyaviy faoliyatini aks ettiradi. Buxgaltyeriya hisobida bo‘ladigan o‘zgarishlar hozirgi moliyaviy menejer tomonidan kamroq tuzatishlar kiritish imkonini berayotganligiga qaramasdan, balansning aktiv qismida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni hisoblash muhimligini ko‘rsatadi. 18 Bundan kelib chiqqan holda quyidagilar amalga oshiriladi: 1. Aktivlar bo‘yicha balansda xarajatlar summasiga tuzatishlar kiritilishi. 2. Aylanmadan tashqari mablag‘lar tarkibiga uzoq muddatli debitorlik qarzlarni kiritish kerak, chunki moliyaviy menejment tarmog‘ida qisqa va uzoq muddatli qarorlarni ajratib olish muhimdir va ularni ajratish chegarasi 12 oyni tashkil etadi. 3. Moddiy ishlab chiqarish zahiralari tarkibidan kelasi davr xarajatlari chiqarib tashlanadi. Balansning passiv qismida xo‘jalik sub'ektlari va kompaniyalarning moliyaviy qo‘yilmalar manbalari bo‘yicha qarorlari ko‘rsatiladi. Moliyaviy menejment uchun passiv moddalarning quyidagi guruhlarini ajratib olish muhim: 1. Qisqa muddatli majburiyatiar. 2. Uzoq muddatli majburiyatlar. 3. Xususiy kapital. Qisqa muddatli majburiyatlar asosan bir yilgacha bo‘lgan muddat ichida uziladi va quyidagi moddalarni o‘z ichiga oladi: — to‘lovga mo‘ljallangan veksellar va hisoblar; — majburiyatlar bo‘yicha guvohnomalar; — kompaniyaga va xo‘jalik sub'ektlariga davlat tomonidan soliq to‘lovlari muddatini cho‘zish (hisobda kredit sifatida qaraladi); — ish haqini to‘lash bo‘yicha korxonaning qarzlari. Qisqa muddatli majburiyatlarni alohida guruhga ajratib olish korxonaning likvidlik monitoringi uchun muhimdir. Uzoq muddatli majburiyatlar — bu to‘lash muddati bir yildan ko‘p bo‘lgan majburiyatlardir. Uzoq muddatli majburiyatlar asosan quyidagilardan iborat: — uzoq muddatli qarzlar va kreditlar; — obligatsiyalar va to‘lovga byerilgan uzoq muddatli veksellar; — nafaqa to‘lash bo‘yicha va uzoq muddatli ijara haqini to‘lash bo‘yicha majburiyatlar. Navbatdagi ko‘rsatkich — bu xususiy kapital yoki korxona aksiyadorlik kompaniyasi bo‘lsa, aksiyadorlik kapitali hisoblanadi. Endi qo‘yilgan kapital masalasiga kelsak — bu xususiy mulk egalari tomonidan amalga oshirilgan investitsiya ajratmalaridir. Ularga qo‘yilgan kapitalning nominal qiymati, emission mukofot puli va ba'zi bir boshqa 19 qo‘yiladigan kapitalning qiymatiga ta'sir etadigan ko‘rsatkichlar kiradi. Sof foyda — bu korxona o‘zining faoliyati davomida olgan foydasidan soliq va dividendlar ayirmasiga teng. Endi moliyaviy hisobotning natijalarini ko‘ramiz: Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot moliyaviy menejr uchun muhim bo‘lgan quyidagi ko‘rsatkichlarni aks ettiradi: — mahsulot sotuvidan tushgan daromad; — foydaga solinadigan soliq; — korxona ixtiyorida qolgan foyda; Shunday qilib, moliyaviy boshqaruv tarmog‘ida korxona quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak: Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling