H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


- BOB. Moliyaviy menejment hisobi va hisobotida foydalaniladigan asosiy


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

3- BOB. Moliyaviy menejment hisobi va hisobotida foydalaniladigan asosiy 
ko‘rsatkichlar. 
Pul oqimini tahlillash metodlari 
 
Moliyaviy menejer qaror qabul qilish uchun korxonaning o‘tgan davrlardagi 
faoliyati haqida ma'lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Bu ma'lumotlar kelajakda 
korxonaning moliyaviy imkoniyatlarini aniqlasli imkonini byeradi va ularning 
asosida quyidagi baholar beriladi: 
— korxonaning moliyaviy holatiga va uning kapitallari bo‘yicha bo‘ladigan 
o‘zgarishlarga; 
— korxonaga kelib tushadigan va undan chiqib ketadigan pul oqimi va u 
bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilikning darajasiga baho berish. 
Korxonaning balansi ikki aktiv va passiv qismlardan iborat bo‘lib, unda bir 
tomondan aktiv, ya'ni korxonaning aniq muddatdagi moliyaviy holatini va 
shuningdek mablag‘larni sarflash yo‘nalishlari bo‘yicha yagona pul qiymatini 
ko‘rsatib bersa, ikkinchi tomondan passiv, ya'ni ularning moliyaviy mablag‘ 
manbalarini ko‘rsatib beradi. 
Korxonaning balansida uning ixtiyorida bo‘lgan barcha resurslarning 
umumiy qiymati beriladi va asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tgan 
hisobot davrida bajarilgan ishlarning natijasi keltiriladi va uning istiqboli 
belgilanadi. 
Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: 
1. Korxona aktivlarining umumiy qiymati. 
2. Umumiy aktiv qiymatida uzoq va qisqa muddatli aktivlarning hissasi. 
3. Kapitalning umumiy qiymati. 
4. Kapitalning o‘sish qiymati. 
5. Qarzga olingan kapitalning qiymati. 
Balansning aktiv qismida korxonaning faoliyati yuzasidan qabul qilingan 
investitsion qarorlarni ifodalaydi. 
Moliyaviy menejmentning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib korxona balansi 
aktiv qismining qisqa va uzoq muddatlarga bo‘linishi hisoblanadi. 
Qisqa muddatli aktivlar — bu korxonaning aylanma mablag‘lari bo‘lib, 
ularga bir hisobot yili davomida foydalanilgan, sotilgan yoki iste'mol qilingan 
moddiy ne'matlar (resurslar) kiradi va ular balansning ikkinchi va uchinchi 
bo‘limlarida ko‘rsatiiadi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling