H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

1. Foyda va daromad ko‘rsatkichi: 
a) Bu ko‘rsatkich korxonaning rentabelligini baholashda va hisobotlarni 
tuzishda asos qilib olinadi; 
b) Umumiy foyda — bu sotilgan jami mahsulotning qiymatidan uni ishlab 
chiqarishga ketgan xarajatlar ayirmasiga tengdir. Bu ko‘rsatkichdan korxona 
faoliyatining samaradorligini tahlil qilishda foydalaniladi
v) korxonaning asosiy faoliyatidan olinadigan foyda mahsulotning sotuvidan 
tushgan umumiy qiymatidan boshqaruv va sotish uchun ketgan xarajatlar 
ayirmasiga teng. Bu ko‘rsatkich korxonani boshqarish va mahsulotni sotish uchun 
ketgan xarajatlarni aks ettiradi. 
g) korxonaning asosiy faoliyatidan tashqari olinadigan foyda. Bu ko‘rsatkich 
korxonaning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa, ya'ni xo‘jalik va 
yordamchi ishlar yuzasidan bajarilgan mehnatning natijasidir. 
d) favquloddagi foyda
e) soliq to‘lashdan oldingi foyda; 
j) sof foyda (sof xarajat) — soliq va boshqa to‘lovlardan keyin qolgan 
foydadir; 
2. Korxonaning xarajat ko‘rsatkichlari: 
a) sotilgan mahsulotning tannarxi; 
b) umumxo‘jalik va tijorat xarajatlari
v) favquloddagi xarajatlar. 
Aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini tahiil qilishda sof foyda ko‘rsatkichini 
hisoblash uchun ba'zi bir o‘zgartirishlar kiritish kerak bo‘ladi. 
Birinchidan, korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyatini u bilan bog‘liq 
20


bo‘lmagan faoliyatidan ajratib olish zarur. 
Ikkinchidan, pul mablag‘lari (pul oqimlari) ning harakatini belgilovchi 
ko‘rsatkichlar haqida to‘liq ma’lumotlar kerak. Buning uchun moliyaviy 
menejment borasida faqatgina uning natijalarini bilish emas, balki hisobot davrida 
pul mablag‘larining kelib tushishini va asosiy manbalarining o‘zgarishini aniqlash 
muhimdir. 
Pul mablag‘larining harakatini tahlil qilishda 4- shakl, ya'ni ,,Pul 
mablag‘larining harakati"dan foydalaniladi. Buning asosi bo‘lib pul oqimlarining 
korxona faoliyatida sohalar bo‘yicha quyidagilar hisoblanadi: 
— opyeratsion faoliyat bo‘yicha pul oqimi; 
— investitsion faoliyat bo‘yicha pul oqimi; 
— moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul oqimi. 
— korxona bo‘yicha jami pul oqimi. 
Xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyati bo‘limida quyidagi pul mablag‘larining 
kelib tushishi ko‘rsatiladi: 
— xaridoriar tomonidan tovarlarga yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘langan 
haq; 
— boshqa korxonalar tomonidan to‘lanadigan foizlar va dividendlar
— aktivlarni sotishdan kelgan tushumlar; 
Pul mablag‘larining sarflanishi quyidagi hollarda yuz beradi: 
— ish haqini to‘lashda; 
— har xil qarz beruvchilar tomonidan berilgan qarzlar bo‘yicha foiz to‘lash; 
— tovarlar va xizmatlarga haq to‘lash; 
— soliq to‘lash bo‘yicha xarajatlar va hokazolar.
Shunday qilib, xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyati natijasida pul 
mablag‘larining ko‘payishini yoki kamayishini hisoblash uchun kassa usulidan 
kelib chiqib qisqa muddatli majburiyatlarni va aylanma vositalarni aniqlab olish
pul mablag‘lari to‘lashni talab etmaydigan xarajatlarni hasobga olgan holda sof 
foydani o‘zgartirish, uzoq muddatli aktivlarni, jumladan qimmatli qog‘ozlarni 
sotishdan tushadigan foyda yoki ko‘riladigan zarar va shu kabi operatsiyalarni 
bajarish kerak. Undan so‘ng aniqiangan zararlarni sof foydadan ayirib tashlanadi. 
,,Investitsion faoliyat“ bo‘limi o‘z ichiga asosan uzoq muddatli aktivlarda 
bo‘ladigan o‘zgarishlarni oladi: 
—ko‘chmas mulkni sotish va sotib olish
— boshqa kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlarini sotish va sotib olish. 
21


— boshqa kompaniyalaiga berilgan uzoq muddatli qarzlar. 
— qarzlarni uzishdan tushadigan tushumlar va boshqalar. 
,,Moliyaviy faoliyat“ o‘zining ichiga xususiy kapitalni va kompaniyaning 
uzoq muddatli majburiyatlarida bo‘ladigan o‘zgarishlarni qamrab oladi. Bunga 
quyidagilar laradi: 
— o‘zining aksiyalarini sotish va sotib olish; 
— kompaniyaning obligatsiyalarini chiqarish; 
— kompaniya tomonidan uzoq muddatli majburiyatlarni uzish; 
— dividendlarni to‘lash. 
Korxona balansini tahlil qilish uning moliyaviy holatiga bo‘lgan ta'sirini 
aniqlash imkonini beradi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling