H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

3. Rentabellik koeffitsiyentlari 
Rentabellik koeffitsiyenti — bu korxonaning qanchalik foyda va daromad 
bilan faoliyat yurgizayotganligini bildiradigan asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. 
G‘arb mamlakatlarida rentabellik koeflfitsiyentlaridan kompaniyalar 
aksiyalarining kotirovka darajasiga qanday o‘z ta'sirini o‘tkazayotganligini 
aniqlashda foydalanishadi. Bu koeffitsiyent korxona balans foydasining uning 
kapitaliga (o‘rtacha yillik qiymatiga) nisbatini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, 
bu ko‘rsatkich korxonaning olgan har bir so‘m foydasiga to‘g‘ri kelgan kapitalning 
samaradorligini va har bir so‘m kapitalning qiymatiga to‘g‘ri kelgan foydaning 
miqdorini ifodalaydi. 
Korxonaning rentabellik darajasini oshirish uchun ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning tannarxini keskin tushirish zarur. Buning uchun ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning tannarxini chuqur tahlil etib, qilingan xarajatlarni kamaytirish 
yo‘llarini aniqlash kyerak bo‘ladi. Ma'lumki, mahsulotning tannarxini tushirish 
quyidagi omillarga bog‘liq: 
— mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan xom-ashyo, issiqlik va elektr 
quvvati, amortizatsiya, ish haqi, transport, reklama xarajatlari va boshqa korxona 
resurslarini tejash evaziga; 
— mehnat unumdorligini keskin oshirish evaziga
25


— korxonani rekonstruksiya qilish va shunga o‘xshash bir qator tashkiliy 
chora-tadbirlarni o‘tkazish evaziga; 
— mahsulotning sifatini keskin ko‘tarish hisobiga uning bahosini oshirish va 
bir qator boshqa omillarni amalga oshirish evaziga yuqori rentabellika erishish 
mumkin. 
Korxona aktivlarining aylanish tezligiga ta'sir etuvchi omillar bu: 
— sotilmay qolgan mahsulotlarning zahirasini kamaytirish; 
— debitorlik qarzlarini uzishni tezlashtirish; 
— foydalanilmay turgan asosiy vositalarni zudlik bilan ishga tushirish va 
ularni kamaytirish yo‘llarini topish. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling