H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Bozorning moliyaviy kon'yukturasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Bozorning moliyaviy kon'yukturasi — bu moliyaviy aktivlarning turlari 
bo‘yicha (aksiyadolik jamiyatining aksiyalari) va moliyaviy aktivlarning ja'mi 
bo‘yicha (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar) hozirda saqlanib qolgan turli 
omillarning ta'sirida talab va taklifning o‘zaro munosabatidir. Mamlakatning 
siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy holati, iste'molchilarning daromadlari, baholar darajasi 
kabilar uning asosiy omillaridan hisoblanadi. 
Kon'yukturani o‘rganish bozorni doimo kuzatib borishni taqazo qiladi. 
Moliyaviy bozorning asosiy ko‘rsatkichi baho hisoblanadi. Kon'yukturaning 
o‘zgarishi bozor bahosining harakatida ifodalanadi. 
Moliyaviy bozorning rivojlanishi uchun moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talab 
va taklifning o‘zaro to‘g‘ri munosabati o‘rnatilishi va balanslashuvi talab qilinadi. 
Moliyaviy aktivlarning talab va taklifi dinamikali muvozanatda bo‘lishi 
kerak. Bu esa bozorda taklif etilayotgan barcha aktivlarning o‘z vaqtida sotilishini 
ta'minlaydi. 
Shuni ko‘zda tutish lozimki, moliyaviy aktivlar iste'mol mollari va 
xizmatlariga nisbatan yuqori likvidlik xususiyatiga ega. Ularni sotib olish va kerak 
bo‘lsa zudlik bilan sotish mumkin. Bu o‘z navbatida moliyaviy bozorda oldi-sotdi 
ishlarini bajarish uchun yaxshi sharoitni yaratadi. Shuning uchun bir sub'ektning 
o‘zi moliyaviy bozorda har doim bir paytda moliyaviy aktivlarni sotib olishi va 
sotishi mumkin. 
34


Moliyaviy bozor alohida mustaqil bo‘lgan bozorlarning tizimidan iboratdir 
va ularning har biridan moliyaviy aktivlarning konkret turlari (sektorlari) ajralib 
turadi. 
Moliyaviy bozorlarni tarqatilgan sohasi, moliyaviy aktivlarning asosiy 
guruhi, moliyaviy bozorlarning turi va ularning qanday tashkillantirilishi bo‘yidia 
tasniflash mumkin. 
Davlat moliyaviy siyosati — bu davlat faoliyatida moliyadan foydalanish 
uchun iqtisodiy, siyosiy, harbiy, ekologik va ijtimoiy salohiyatni 
mustahkamlashdir. 
Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy siyosatining o‘zagi hisoblanadi. 
Davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirish mexanizmi quyidagilarni 
o‘z ichiga oladi: 
1. Davlatning moliyaviy tizimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish; 
2. Umumdavlat va hududiy moliyani mustahkamlash bo‘yicha maqsadli 
dasturlarni tuzish; 
3. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish bo‘yicha aniq tadbirlarni ishlab chiqish; 
4.Davlatning iqtisodiy siyosatida moliyaviy mexanizmdan foydalanishning 
asosiy yo‘nalishlarini aniqlash. 
Davlatning moliyaviy siyosati boshqaruvning makroiqtisodiyot mexanizmi 
sifatida o‘z ichiga boshqaruvning strategiyasi va taktikasini qamrab oladi. 
Strategiya deyilganda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun umumiy yo‘nalish 
va tegishli usullardan foydalanish tushuniladi. 
Moliyaviy strategiya moliya va moliyaviy tizimlarni rivojlantirish sohasida 
davlatning xatti-harakatlarini aniqlab berishdan iboratdir. Taktika deyilganda 
qandaydir maqsadga erishishda tanlangan usullar tushuniladi. 
Moliyaviy taktika bu muayyan sharoitda qo‘yilgan maqsadga erishishning 
aniq metodlari va xatti-harakati demakdir. 
Moliyaviy siyosatning mazmuni budjet va budjetdan tashqari fondlarning 
shakllanishi hisoblanadi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling