H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
Moliya tizimi. Har bir davlatning iqtisodiy asosi — bu iqtisodiy sub'ektlar
orasidagi pul mablag‘larining harakatidan iboratdir. Iqtisodiy sub'ekt — muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida 4 ta iqtisodiy sub'ekt qatnashadi. Ular quyidagilardan iboratdir: — davlat markaziy jamiyat instituti tariqasida; — o‘z-o‘zini boshqaradigan ijtimoiy-iqtisodiy sub'ekt sifatida tashkil etilgan ma'muriy-hududiy tuzilmalar: — xo‘jalik sub'ekti (korxona, aksiyadorlik jamiyati va boshqalar); — fuqaro; Har bir iqtisodiy sub'ektning o‘z huquqi, maqsadi, vazifalari va majburiyatlari bor, lekin ularning barchasi iqtisodiy munosabatlar qatnashuvchilari hisoblanadi. Bu iqtisodiy munosabatlar o‘zaro aloqada bo‘lib, bozorni vujudga keltiradi. Har qanday bozorning faoliyati pul oqimi bilan bog‘liq. Davlatning tarkibiy moliya tizimini shakllantirish omillaridan biri bo‘lib, iqtisodiy sub'ektlar orasidagi pul munosabatlari hisoblanadi. Davlat paydo bo‘lishi bilan uning moliya tizimi vujudga keladi. Ular o‘zlarining huquqiy me'yorlariga ega. O‘zbekistonda bu me'yorlar fuqarolik kodeksi, qonunlar, mahalliy hokimiyat qarorlari va turli me'yoriy-qonuniy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan. Davlatning moliya tizimi — bu bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan elementlarning yig‘indisidir. Bu tizim bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Jamiyatdagi moliya munosabatlarining majmuasi moliya tizimi deb ataladi. Moliya 32 tizimiga turlicha yondoshish mumkin. Nazariy jihatdan qaraganda u tarkiban ob'ektiv, lekin har xil darajadagi moliyaviy munosabatlar, ularni ifodalovchi moliya mexanizmlari hamda moliya vositalaridan va moliya siyosatidan tashkil topadi. Moliya munosabatlarining bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishi va yaxlitligi moliya tizimini yuzaga keltiradi. Har bir tizim davlat moliya tizimining elementlaridan iborat bo‘lib, iqtisodiy sub'ektlarning moliya resurslarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun O‘zbekistonning hozirgi moliya tizimi 4 ta mustaqil bo‘g‘inlardan tashkil topgan. Ular quyidagilardan iboratdir: — umumdavlat moliyasi; — hududlar moliyasi; — xo‘jalik sub'ektlari moliyasi; — fuqarolar moliyasi. Moliya tizimining har bir bo‘g‘ini o‘ziga tegishli bo‘lgan aniq vazifalarni bajaradi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling