H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Mustaqil o‘rganish uchun savollar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1. Moliyaning mohiyati va zarurligini tushuntirib bering. 
2. Moliyaning vazifalari nimalardan iborat? 
3. Moliyaning asosiy belgilarini qanday qilib aniqlab olish mumkin? 
4. Moliya va moliyaning tizimlarini batafsil aytib bering? 
5. Moliyani boshqarishning qanday usullarini bilasiz? 
6. Moliyaviy mexanizm va uning tarkibi nimadan iborat? 
44


7- BOB. Davlat budjeti va uni boshqarish 
Budjet — bu yuridik hujjat bo‘lib, u mamlakatning bir kalendar yilga 
mo‘ljallangan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan 
daromad va xarajatlarlarining jamidan iboratdir. U davlatning markazlashgan 
jamg‘armasi sifatida moliyaviy mablag‘larni qayta taqsimlashning samarali 
qurolidir. Qayta taqsimlash jarayonlari takror ishlab chiqarishni davlat tomonidan 
muvofiqashtirish makroiqtisodiy omillarning yig‘indisiga bog‘liq ma'lum ob'ektiv 
choralarga ega. 
Takror ishlab chiqarish iqtisodiy va ijtimoiy muvofiqlashtirish ishlarining 
yo‘nalishi barcha teng kuchli shart-sharoitlarda moliyaviy mablag‘lar bilan 
ta'minlanishi manbalarining eng oqilona mutanosibligi va markazlashgan 
moliyalanish yo‘naltirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Shu orqali budjet 
taqchilligida moliyalar yuzasidan inflyatsiyadan tashqari qurollardan foydalanish 
mumkin bo‘ladi. 
Moliyalash muammosiga chiqim nuqtai nazaridan yondoshish qayta 
taqsimlash mexanizmini qo‘llash borasida oqilona chegaralarga to‘sqinlik qiladi. 
Bu esa ma'lum paytda budjet taqchilligi ko‘rsatkichining eng yuqori nuqtaga 
yetishiga olib keladi, ya'ni davlatning nafaqat ichki, balki tashqi qarzlarni ham 
samarali boshqara ololmasligini bildiradi. 
Davlat budjeti xo‘jalik, ijtimoiy-iqtisodiy chora va tadbirlar, mudofaa 
ehtiyojlarini qondirish va davlat boshqaruvini moliyalash hamda budjet fondini 
tashkil etish va undan unumli foydalanish, davlatning yuridik va jismoniy shaxslar 
o‘rtasida milliy daromadni (qisman milliy boylikni ham) taqsimlash kabi ishlarni 
amalga oshirishda yuz beradigan pul munosabatlari bilan uzviy bog‘liqdir. 
Davlatning budjet mexanizmi budjet siyosatini hayotga tatbiq qilishda faol 
vosita hisoblanadi. U tarixan va mantiqan budjet bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli 
uni rivojlantirish jarayonida jamoa tomonidan ko‘riladigan va hal etiladigan turli 
muammolar bo‘yicha, albatta, o‘z ta'sirini u yoki bu darajada ko‘rsatadi. Malumki, 
mavjud bo‘lgan muammolarning o‘zgarishi va uning asosida yangilarining paydo 
bo‘lishi, o‘z navbatida, budjet mexanizmining tarkibi ham boshqacha tus olishi 
mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat budjeti o‘zining rolini saqlab qoladi, 
lekin oldingi tuzimga nisbatan hozirgi talabga xos bo‘lgan uni shakllantirish bilan 
bog‘liq bo‘]gan ayrim uslublari o‘zgaradi xolos. 
45


1995 yildan e'tiboran o‘zbeknston Respublikasida budjet tasniflagichi joriy 
qilingan. Byudjet daromadlari qatoriga asosiy bandlar kiritilgan va ular 
quyidagilardan iborat: 
Soliq daromadlari, shu hisobda foyda, daromad sarmoya o‘sishiga tegishli 
bevosita daromadlar; mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga bog‘liq holda 
undiriluvchi soliqlar; mulk soliqlari; tabiiy boyliklardan foydalanganlik uchun 
olinadigan to‘lovlar; tashqi savdo va tashqi iqtisodiy amaliyotlardan olinadigan 
soliqlar; boshqa soliqlar. 
Soliqdan tashqari daromadlar, shu hisobda: davlat tassarufidagi mulkdan 
yoki faoliyat natijasida ko‘rilgan daromadlar; davlat zahiralari sotuvidan ko‘rilgan 
daromadlar; yer va nomoddiy aktivlar sotuvidan ko‘rilgan daromadlar; nodavlat 
manbalaridan olingan sarmoya transfert tushumlari; ma'muriy to‘lovlar; jarimalar, 
maxsus xizmat haqi; tashqi iqtisodiy faoliyat natijasida ko‘rilgan daromadlar; 
soliqdan tashqari boshqa daromadlar. 
Beg‘araz pul o‘tkazmalari, shu hisobda: norezidentlardan, boshqa darajadagi 
hokimliklardan, budjetdan tashqari nodavlat jamg‘armalaridan, davlat korxona va 
muassasalaridan, milliy mavqeidan tashqaridagi tashkilotlardan olingan pul 
o‘tkazmalari. 
Ozbekistan Respublikasi budjet sarf-xarajatlari xizmat tasniflagichida 
quyidagi bandlar va tarmoqlar ajratib ko‘rsatilgan: 
— davlat boshqaruvi
— xalqaro faoliyat; 
— milliy mudofaa; 
— xuquqni himoya qilish va havfsizlikni ta'minlash; 
— ulkan tadqiqotchilik va ilmiy-texnik taraqqiyotga ko‘maklashish; 
— sanoat; 
— energetika va qurilish; 
— qishloq xo‘jaligi; 
— atrof muhitni va tabiiy boyliklarni qo‘riqlash; 
— gidrometeorologiya, kartografiya va geodeziya; 
— transport va yo‘l xo‘jaligi; 
— aloqa va axborotchilik; 
— bozor infratuzilmasini rivojlantirish; 
— uy-joy-kommunal xo‘jaligi; 
— tabiiy ofat va favqulodda hodisalarning oldini olish va oqibatlarini 
46


bartaraf qilish; 
— ta'lim, madaniyat va san'at; 
— ommaviy axborot vositalari, sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; 
— ijtimoiy siyosat; 
— davlat qarzi yuzasidan xizmatlar, davlat zahiralarini to‘ldirish; 
— boshqa bandlarga kiritilmagan turli sarf-xarajatlar. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling