H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Budjet sarf — xarajatlarining iqtisodiy tasnifligichi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Budjet sarf — xarajatlarining iqtisodiy tasnifligichi quyidagi bandlardan 
iborat: 
joriy sarf-xarajatlar - mol-mahsulot va xizmatlar tayyorlovi foiz to‘lovlari, 
yordam pul ajratmalari va joriy transfertlar; 
katta sarf-xarajatlar: asosiy jamg‘armalarga sarflangan katta xarajatlar, 
davlat zahiralarini va ehtiyot mablag‘larini tashkil qilish va yer va nomoddiy 
aktivlarni sotib olish, katta transfertlar: kredit berish, qoplangan kreditlar bu 
hisobga kirmaydi. 
Budjet taqchilligini ichdan moliyalash manbalari quyidagilardan iborat: 
— O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining kreditlari: bank hisob 
raqamlarida mavjud bo‘lgan so‘mdagi budjet mablag‘ qoldiqlarining o‘zgarishi; 
— davlat qimmatli qog‘ozlari, shu jumladan davlat g‘azna majburiyatiari, 
oltin sertifikatlar, davlat g‘azna veksellari, boshqa qimmatli qog‘ozlar; 
— davlat nobudjet jamg‘armalaridan olingan kreditlar; 
— boshqa darajadagi budjetlardan olingan kreditlar; 
— o‘z ichida qarzga olingan boshqa mablag‘lar. 
Budjetni tashqaridan moliyalash manbaiari sifatida quyidagilar xizmat 
qiladi; 
— xalqaro moliyaviy tashkiiotlarning kreditlari; 
— xorijiy davlat hukumatlarining kreditlari; 
— xorijiy tijorat banklari va firmalarining kreditlari
— bank hisob raqamlarida mavjud chet el valyutasidagi budjet mablag‘ 
qoldiqlarining o‘zgarishi; 
— O‘zbekiston Respublikasi Davlat jamg‘armasi oltin zahirasining 
o‘zgarishi; 
— tashqaridan qarzga olingan boshqa mablag‘lar. 
Budjetning daromadlari mamlakatning budjet fondini shakllantirish 
jarayonida davlatning korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasida bo‘ladigan 
iqtisodiy munosabatlarini aks ettiradi. 
47


Bu iqtisodiy munosabatlar korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning davlat 
budjetiga o‘tkazgan turli moliyaviy to‘lovlari tufayli sodir bo‘ladi. Budjet fondiga 
yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari uning moddiy-ashyoviy qiymati hisoblanadi. 
Budjet daromadlari, bir tomondan, ishlab chiqarishni rivojiantirishga 
sarflansa, ikkinchi tomondan davlat ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘larini maqsadli 
yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlangan va uning asosida amalga oshiriladigan turli-
tuman tadbirlarga hamda hududlar, tarmoqlar budjetini shakllantirish uchun 
ishlatiladi. Ma'lumki, soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik shaxslar 
o‘rtasida o‘rnatiladigan pul munosabatlari orqali belgilanadi. Soliqlar o‘z navbatida 
ikki xil funksiyani bajaradi, ya'ni fiskal va iqtisodiy. 
Fiskal funksiya yordamida budjet fondi shakllansa, iqtisodiy funksiyada 
ishlab chiqarishni rivojlantirishga va uning kapitalining ko‘payishiga hamda 
fuqarolar va umuman aholi to‘lov qobiliyatining o‘sishiga u yoki bu darajada ta'sir 
etadi. 
Soliqlar tizimi to‘g‘ri va egri soliqlardan iboratdir. 
Birinchisi bevosita soliq to‘lovchining olgan daromadi yoki mulkining 
hajmiga qarab belgilanadi. 
Ikkinchisi — tovarning qiymatiga (narxiga) va bajariladigan xizmatlarning 
turlariga qarab belgilangan tarifga binoan qo‘shimcha to‘lovlari asosida amalga 
oshiriladi. 
To‘g‘ri soliqlar o‘z navbatida real, ya'ni sotilayotgan mulkning ayrim 
turlaridan to‘lanadigan hamda yuridik va jismoniy shaxslardan daromad yoki 
deklaratsiya bo‘yicha undirib olinadigan soliqlarga bo‘linadi. Bunda to‘g‘ri 
soliqlarning bittasi — faqat yuridik, ikkinchisi — faqat jismoniy va uchinchisi 
ikkala tomondan to‘lanadi. 
Egri soliqlar o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir turda emas, ular uning tarkibida 
aksiyalar ajralib turadi. Shu bilan birga ular individual va universal, fiskal 
monopoliyalar va bojxona bojlari bo‘lishi mumkin. 
Yuridik shaxslardan undirib olinadigan soliqlar orasida eng asosiysi 
korxonalarning daromadi (foydasi) ga solinadigan soliq hisoblanadi. 
To‘g‘ri soliqlar yuridik shaxslardan va egri soliqlar yuridik va jismoniy 
shaxslardan olinadigan soliqlardan tashkil topadi. Jismoniy shaxslardan 
undiriladigan soliqlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1. Korxonalar daromadi (foydasi)ga solinadigan soliq. 
2. Tijorat banklari va sug‘urta jamoalarining daromadiga solinadigan soliq. 
48


3. Korxonalar mulkiga solinadigan soliq. 
4. Korxona tomonidan sarflangan suvga solinadigan soliq. 
5. Renta to‘lovlari. 
6. Boshqalar. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling