H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Budjet loyihasini ishlab chiqish. 
Respublika Prezidenti moliya yili boshlanishiga 18 oy qolganda, hukumatga 
(ushbu asosda tegishli hududiy tuzilmalarning ma'muriy hokimiyat boshliqlarining 
ijro etuvchi hokimiyat organlariga) ijtimoiy va moliyaviy normativlar, asosiy 
inflyatsiya koeflitsiyentlari, budjet ta'minoti, soliq tushumlari va boshqalari 
sohasida budjet loyihasini tuzish bo‘yicha tegishli hisob-kitoblarni boshlash 
to‘g‘risida topshiriq beradi. 
Quyidagi budjetlarning loyihalarini tayyorlashni ta'minlash uchun Moliya 
vazirligi, viloyat va shahar moliya boshqarmalari, budjetni ishlab chiqish va 
nazorat raqamlarini kelishib olish maqsadida tegishli ishlarni boshlab yuboradilar. 
Hukumat hududiy tuzilmalarning umumlashtirilgan budjet loyihalarini aniqlash, 
tuzatishlar kiritish va tegishli huquqiy hokimiyat organlariga taqdim etish 
maqsadida ko‘rib chiqadi. 
Endi tegishli ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan tayyorlanadigan 
budjet sohasini ko‘rib chiqamiz. Hududlar miqyosida kelishilgandan keyin viloyat 
budjet loyihasi aniqlashtirilib va uni ko‘rib chiqish uchun o‘zini-o‘zi boshqaruvchi 
mahalliy qonuniy hokimiyat organlariga topshiriladi. 
Budjet loyihasini ko‘rib chiqish. 
Qonuniy hokimiyat organi raisining yoki uning o‘rinbosarining topshirig‘iga 
binoan doimiy tarmoq komissiyalari tomonidan ularga taqdim etilgan viloyat 
budjeti loyihasini ko‘rib chiqadilar va budjet — moliya komissiyasiga 1 
dekabrgacha bo‘lgan muddatda o‘z xulosalarini beradilar. Agar xarajatlar bo‘yicha 
yangi moddalar kiritilsa, unda daromadlarning manbasi yoki qisqartirilishi kerak 
bo‘lgan xarajatlarning moddasi ko‘rsatiladi. 
53


Ijro etuvchi va qonuniy hokimiyat organlarining mahalliy o‘z-o‘zini 
boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan budjet loyihasini ko‘rib chiqish 
davri mobaynida kelishmovchilik bayonnomalari bilan ishlash uchun ustuvor 
nufuzli komissiya tashkil etadilar. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling