H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Korxonaning asosiy kapitali va uni takror ishlab chiqarishda


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Korxonaning asosiy kapitali va uni takror ishlab chiqarishda 
moliyaning roli 
Korxona asosiy kapitalini ishlab chiqarishda moliyaning rolini o‘rganish 
quyidagi tushunchalarni chegaralashni taqazo etadi. Xususiy kapital — bu real 
asosiy kapital bilan nomoddiy aktivlarning yig‘indisi bo‘lib, aylanma mablag‘ 
bilan bir qatorda korxona ustav jamg‘armasini tashkil etadi. 
Real asosiy kapital korxonaning asosiy fondlari mol-mulklarini sotib olish 
yoki tugallanmagan qurilishga qilingan sarf-xarajatlardan iborat. Asosiy 
fondlarning tarkibiga korxonaning aktiv va passiv qismlari kiradi. 
Asosiy fondlarning aktiv qismi — mashina, asbob-uskunalar, xo‘jalik 
jihozlari, kuzatuvchi moslamalar, transport vositalari va shu kabilardan iborat. 
Asosiy fondlarning passiv qismi — bu bino, inshoatlar, yer uchastkalari va qazilma 
boyliklar va shu kabilardan tashkil topadi. Bundan tashqari asosiy fondlarning 
ishtirokiga qarab, ishiab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga ajratish 
mumkin. 
Korxonaning nomoddiy aktivlari ishlab chiqarishni tashkil qilish, yangi 
texnika va texnologiyani o‘zlashtirish, aksiya va obligatsiya chiqarish bilan bog‘liq 
xarajatlar orqali ifodalanishi mumkin. Bundan tashqari, korxona o‘z mablag‘ining 
ma'lum qismini litsenziya, patent va tovar belgilari kabilarni sotib olishga sarflashi 
ham mumkin. 
Shunday qilib, real asosiy kapital bitan nomoddiy aktivlar yig‘indisi korxona 
miqyosidagi asosiy kapitalni tashkil etadi. Asosiy kapitalning hamma tashkil 
etuvchilari korxona balansiga kiritilayotganda balans qiymati orqali baholanadi. 
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya mablag‘lari ularning balans 
qiymatini amortizatsiya ajratmalarining me'yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan 
shakllanadi. Bunda amortizatsiyaning me'yori nomoddiy aktivini xizmat muddatiga 
qarab korxonaning o‘zi o‘rnatadi, lekin bu muddat 10 yildan oshmasligi kerak. 
Agar shartnomada uning qiymati korxona xarajatlariga o‘tkazilgan bo‘lsa ham 
aynan shu muddat ko‘rsatilishi kerak. 
Shunday qilib, amortizatsiya ajratmalari asosiy kapitalni takror ishlab 
60


chiqarishning asosiy shaxsiy manbaiga korxonaning jamg‘arma fondi mablag‘lari, 
investitsion soliq krediti mablag‘lari, qurilishning o‘zida tashkil bo‘ladigan 
mablag‘lar kiradi. Bundan tashqari, yuqoridagi maqsadlarni moliyalashtirish va 
kreditlashtirishda bankning uzoq muddatli kreditlari, budjet ajratmalari va boshqa 
manbalar (chet el investitsiyalari, qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va 
sotish tartibiga jalb qilingan mablag‘lar va hokazo)dan foydalaniladi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling