H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Soliq stavkasi. Yuridik shaxslar mulki 3 foizli stavka bo‘yicha soliqqa 
tortiladi. To‘lovchilarning ayrim toifalari va mulk turlari uchun bu stavka 
o‘zgarishi mumkin. 
Yuridik shaxslar normativ muddatlarda o‘rnatilmagan va 
foydalanilmayotgan uskunalar uchun ikki baravar stavka bo‘yicha soliq to‘lashadi. 
Jismoniy shaxslar mulki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadigan stavkalar bo‘yicha soliqqa tortiladi. 
Soliq bo‘yicha imtiyozlar yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida 
belgilanadi. Masalan, yuridik shaxslarning ijtimoiy xayriya yoki boshqa maqsadlar 
uchun yaratilgan mulki tadbirkorlik faoliyatidan daromad olish ko‘zlanmagan va 
tegishli ta'sis hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularga soliq solinmaydi. Amaldagi 
qonunchilikda yangi tashkil qilingan korxonalar ro‘yxatga olingan kundan boshlab 
ikki yil davomida ular uchun ham imtiyozlar berilishi nazarda tutilgan. Agar bu 
korxonalardan ijaraga olingan uskunalar ishlayotgan bo‘lsa ushbu imtiyozlar 
ularga qo‘llanmaydi. 
Bundan tashqari qonunchilikda vaqtincha mol-mulk solig‘idan ozod 
qilinadigan imtiyozlar ham bor. Nodavlat ta'lim muassasalari tomonidan moddiy 
texnika bazasini mustahkamlash, uskunalarni, jihozlarni, didaktik materiallarni, 
bolalar o‘yinchoqlarini va adabiyotlarni sotib olish uchun sarflansa, ular 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab uch yil mobaynida soliq to‘lashdan ozod 
qilinadilar. 
2. Yer solig‘i. 
Yer solig‘ining huquqiy tartibga solish manbalari soliq kodeksining VII 
bo‘limida va ,,Yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida“gi yo‘riqnoma 
asosida hisoblanadi. Bunga o‘z ixtiyorlarida yeri bo‘lgan yuridik shaxs egalari 
kiradi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik va 
jismoniy shaxslar yer solig‘i o‘rniga budjetga ijara haqi to‘lashadi. Ijara haqi 
tomonlar kelishuviga ko‘ra bir stavkadan kam va uch stavkadan ko‘p bo‘lmagan 
miqdorda belgilangan. Bunda yer qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilsa 
— unda ular uchun qonunda ko‘rsatilgan yer solig‘ining bir stavkasi miqdorida 
77


to‘lanadi. 
Yuridik shaxslar uchun soliq solish ob'ekti bo‘lib quyidagi yer uchastkalari 
hisoblanadi: 
— qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z mulki qilib rasmiylashtirib olingan 
yerlar; 
— qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligiga, shuningdek, korxonalarga bino va 
inshootlarni qurish yoki boshqa maqsadlari uchun berilgan yerlar
― korxonalar, binolar va inshootlarga mulkchilik huquqi bilan birga yerga 
egalik va foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalari. 
Jismoniy shaxslar uchun soliq solish ob'yektiga quyiladagi yer uchastkalari 
kiradi: 
1. Uy-joy huzurida va jamoatchilik ixtiyorida bo‘lgan yerlar, jumladan: 
a) shaxsiy tomarqa xo‘jaligi (dehqon xo‘jaligi)ni yuritish uchun umrbod 
meros qilib beritgan yerlar
b) yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun umrbod meros qilib berilgan yerlar; 
v) jamoa, bog‘dorchilik, uzumchilik va poliz ekinlari uchun berilgan yerlar; 
g) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan 
yer uchastkalari; 
2. Meros bo‘yicha sovg‘a qilish yoki sotib olish natijasida turar joy, dala 
hovli bilan birga o‘tgan yerlarga egalik huquqi. 
3. Qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari. 
Dehqon xo‘jaliklaridan undirib olinadigan yer solig‘i hisoblanayotgan 
vaqtda uning stavkalariga yerlarning sifatiga qarab quyidagi koeffitsiyentlar 
qo‘llaniladi: tuproq boniteti 40 ballgacha bo‘lganida — 0,75; 41 dan 70 ballgacha 
bo‘lganida — 1,0 va 70 balldan yuqori bo‘lganida -1,25. 
Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar: 
— soliqqa tortilmaydigan yerlar; 
— ayrim yuridik shaxslarni soliqdan ozod qilish
— jismoniy shaxslarning ayrim toifalarini soliq to‘lashdan ozod qilish. 
Soliqqa tortilmaydigan yerlar: tarixiy va madaniy maqsadlar uchun ajratilgan 
yerlar, shahar va boshqa aholi punktlari uchun umumiy tarzda foydalaniladigan 
yerlar, tabiatni muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan yerlar va boshqalar. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling