H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Boshqa mahalliy soliq va yig‘imlar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

3. Boshqa mahalliy soliq va yig‘imlar: 
* Infratuzilmani rivojlantirish uchun o‘rnatilgan soliq ,,Soliq kodeksi“da 
78


nazarda tutilgan. Bu hisoblash va Moliya Vazirligining Infratuzilmani rivojlantirish 
uchun soliqni hisoblash va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma asosida 
tartibga solinadi. 
Ushbu soliqni to‘lovchilarga ayrim toifadagi yuridik shaxslar kiradi va ular 
uchun soliq solishning alohida tartibi belgilangan. 
Infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq hisoblanayotgan vaqtda soliq solish 
ob'ekti barcha turdagi soliqlar to‘lab bo‘lgandan keyin korxona ixtiyorida 
qoladigan sof foyda hisoblanadi. Infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqning 
chegara stavkasi soliq solish ob'ektiga nisbatan 8 foiz miqdorda belgilangan. 
Infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblar choraklik va yillik 
moliyaviy hisobotlarni topshirish muddatlarida davlat soliq xizmati organlariga 
taqdim etiladi. 
* Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz uchun 
jismoniy shaxslardan olinadigan soliq 2002 yil 1 yanvardan boshlab ularga 
to‘lanadigan jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliq o‘rniga joriy etilgan. 
Bunda stavkalarni o‘rnatish tartibi Infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq 
hisoblash va budjetga toiash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 5-bandiga 
muvofiq ravishda belgilangan. Ushbu soliq to‘lovini huquqiy tartibga solishning 
asosiy manbai jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel 
yoqilg‘isi va gaz ishlatilgani uchun olinadigan soliqni hisoblash va to‘lash 
to‘g‘risidagi yo‘riqnomadir. Mazkur soliq to‘lovchilari, mulkchilik shaklidan qat'iy 
nazar, jismoniy shaxslarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz sotuvchi xo‘jalik 
yurituvchi sub'ektlari hisoblanadi. O‘zi ishlab chiqargan hamda chetdan sotib 
olinib, sotilgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning sof hajmi soliq solish ob'ekti 
hisoblanadi. Bunda ularning sotilishi deganda, benzin, dizel va gazning jismoniy 
shaxslarga sotilgani tushuniladi. Soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanib, uning miqdori mamlakatning butun hududida 
yagona bo‘lgan — transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isining 1 litri 650 va 
gazning 1 kub.m. uchun 15 so‘mni tashkil etadi. Soliq bank muassasalariga har 10 
kunlik — dekadada, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz sotilgan oyning har o‘n kunligi 
tugagandan keyin uch kundan kechiktirilmagan holda to‘lanadi, 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling