10- BOB. Mahalliy budjet va uning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishning
ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga o‘tgandan keyin mamlakat moliya siyosatining mazmuni tubdan
o‘zgarib, budjet tizimini mustahkamlash uning tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. Hozirgi
sharoitda budjet davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim vositasi bo‘lib bormoqda
.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida budjet tizimi sobiq ittifoq davrida
shakllantirilgan edi. O‘shanda u mamlakat xalq xo‘jaligi boshqaruv tizimining
ma'muriy taqsimotiga va xususiyatlariga javob berardi. Yagonalik tamoyili,
demokratik markazlashuv va milliy siyosat unda quyidagi xususiyatlarni
(yagonalik, to‘liqlik, reallik, moslashuvchanlik va budjet tizimiga kiruvchi barcha
darajadagi budjetlarning mustaqqilligi) shakllantirdi: Bugungi kunda davlat budjeti
Respublika budjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy
budjetlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mahalliy budjetlar ma'lum bir mintaqadagi
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladigan xo‘jalik
va madaniy tadbirlarni zarur pul mablag‘lari bilan moliyalashtiradi.
Mahalliy budjet — davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul
mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi, unda daromadlar manbalari va
ulardan tushum miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniqlangan maqsadlar
uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Mahalliy budjet davlat budjetining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib,
u orqali hududlarning ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanishi moliyaviy mablag‘lar bilan
ta'minlab boriladi. Mahalliy budjetlar O‘zbekiston Respublikasining budjet
tizimining asosiy qismi sifatida o‘zida 14 ta mustaqil budjetni qamrab oladi.
Mahalliy budjetlar hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishidagi
rolini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |