H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Mahalliy budjet daromadlarining tuzilishi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
Mahalliy budjet daromadlarining tuzilishi
Mahalliy budjetlar daromadlari O’z daromadlari Markaziy budjetdan O‘zbekiston Respublikasi mahalliy budjetlari tomonidan xarajatlarni amalga oshirish uchun tegishli daromadlarga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun mahalliy budjet daromadlari shakllanishining amaldagi holati va ushbu jarayondagi daromad manbalarini tahlil qiladigan bo‘lsak, avvalambor, daromadlarning shakltanishiga e'tibor berish lozim. Mahalliy budjet daromadlarining manbalari tarkibi quyidagi chizmada keltirilgan. Ma'lumki, budjet ijrosi jarayonida u bilan yuzaga keladigan o‘zaro hisob- kitoblar bo‘yicha shakllanadigan daromadlar ham mahalliy budjet daromadlari bo‘lishi mumkin. Shunga muvofiq mahalliy budjetlar daromadlari o‘z daromadlari (mahalliy soliqlar va yig‘imlar) va umumdavlat budjetidan ajratiladigan ajratmalar (umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, dotasiyalar) hisobidan shakllanadi. Mahalliy budjetlarning eng birinchi daromad manbai bo‘lib mahalliy soliqlar va yig‘imlar hisoblanadi. Bu daromad turlari qonunchilikka asosan mahalliy 75 budjetlarga to‘liq biriktirilgan daromad manbaidir. 4- chizma Mahalliy budjet daromadlarining manbalari tarkibi Mahalliy soliqlar va yig‘imlar quyidagilardan iborat: 1. Mol-mulk solig‘i. Ushbu soliq ,,Soliq kodeksi“ ning VI bo‘limida Moliya vazirligi va Davlat mulk qo‘mitasining qonun kuchiga ega bo‘lgan hujjatlari asosida tartibga solinadi. Bu yuridik va jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagj yo‘riqnomadir. Ma'lumki, mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar soliq solinadigan mulkka ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Bunda ayrim yuridik shaxslar, xususan yagona soliq tizimida bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar hamda yagona yer solig‘ini to‘laydigan qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar va shuningdek, qayd etilgan soliq to‘lanishi belgilangan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar hisoblanmaydi. Yuridik shaxslar uchun soliq solish ob'ekti — asosiy vositalarning va nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati (qonunchilikka muvofiq ravishda Mahalliy soliqlar va yig’imlar Meros olish, hadya etish bo’yicha davlat mulkiga o’tish mablag’lari Yuridikvajis- moniy shaxs- lardan, chet el davlatlaridan kelgan qayta- rilmaydigan pul mablag’lari Umumdavlat soliqlaridan Dotatsiyalar, ssudalar Mahalliy budjetlar daromadlari manbalari Davlat mulkini joylashtirish,foy dalanishga beriladigan daromadlar Boshqa daromadlar 76 mulk qilib olingan yerning qiymati bunga kirmaydi) hamda korxonaning normativ muddatlarida belgilanmagan va foydalanilayotgan uskunalar hisoblanadi. Jismoniy shaxslar uchun soliq solish ob'ekti — ularning ixtiyoridagi uylar, dala hovlilar, bog‘lar, garajlarva boshqa qurilgan inshootlardir. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling