H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Umumiy davlat xarajatlarida turli darajadagi budjetlar xarajatlarining 2002


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Umumiy davlat xarajatlarida turli darajadagi budjetlar xarajatlarining 2002 
yildagi salmog‘i 
(foizda) 
Respublika 
budjeti 
Viloyat 
budjeti 
Tuman va 
shahar 
budjetlari 
1 Ijtimoiy 
soha 
16 
24 
60 
2 Ijtimoiy 
himoya 2 
23 
75 
3 Iqtisodiyotga 
83 


4 Markaziy 
investitsiya 
41 59 

5 Davlat 
hokimiyati 
va boshqaruvi 
organlari 
61 16 
23 
6 Prokratura va sud 
organlari 
100 0 0 
7 Fuqarolarni 
o‘zini 
o‘zi boshqarish 
organlari 
0 5 
95 
8 Boshqa 
xarajatlar 88 
11 

Jami 45 
25 
30 
Endi budjet daromadlarini shakllantirishdagi mavjud bo‘lgan muammo va 
kamchiliklarni ko‘rib chiqamiz. Biz yuqorida Qoraqalpog‘iston respublikasi va 
mahalliy budjetlarning daromadlari manbalarini, shuningdek mahalliy soliq va 
yig‘imlarni ko‘rib chiqqan edik. Turli davlatlarda mahalliy soliqlarni boshqarishda 
mahalliy hokimiyat organlari turlicha vakolatlarga ega. Ko‘pgina davlatlarda 
90


mahalliy soliqlarning eng yuqori darajasi yoki diapazoni o‘rnatiladi va ularning 
doirasida mahalliy organlar foizlarni mustaqil ravishda o‘rnatishadi. Yurtimizda 
esa ikkita, ya'ni mol-mulk va yer solig‘i Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
o‘rnatiiadi. Qolganlarini esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan eng yuqori chegarasi 
belgalab beriladi va ularni o‘rnatish hamda imtiyozlar berish mahalliy hokimiyat 
organlariga yuklatilgan. Mahalliy soliqlar mahalliy budjet daromadlarining muhim 
manbai hisoblanadi, biroq ularning asosiy qismini umumdavlat soliqlaridan 
ajratmalar hisobidan shakllantiriladi. Budjet daromadlari davlatning budjet foizini 
shakllantirish jarayonida Respublikamizning korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar 
o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi. 
Bu iqtisodiy munosabatlarning o‘ziga xos ifodasi bo‘lib, korxona, tashkilot 
va fuqarolar davlat budjetiga turli xil to‘lovlar vositasida xizmat qiladi, uning 
moddiy-ashyoviy qiymati esa budjet fo‘ndiga mobilizatsiya qilinadigan pul 
mablag‘lari hisoblanadi. 
Budjet daromadlarining tarkibi pul mablag‘larini budjetga yo‘naltirish 
shakllari xo‘jalik yuritishning tizimi va uslublariga, shuningdek jamoatchilik 
tomonidan hal qilinadigan masalalarga bog‘liq. 
Mahalliy budjetlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishda quyidagi 
usullardan foydalaniladi: 
— mahalliy budjetlarga ajratiladigan tartibga soluvchi daromadlar miqdorini 
qat’iy foizlarda va nisbatan uzoq vaqt mobaynida o‘zgartirilmaydigan qilib 
belgilab qo‘yish; 
— budjet ijrosi davomida mahalliy budjetlarning daromad rejasini 
o‘zgartirish orqali mahalliy budjetlar tomonidan amalga oshirilayotgan xarajatlarni 
daromadlar bilan ta'minlash amaliyotidan voz kechish; 
— mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan va budjet tushumlari hisobidan 
qoplashga asoslangan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish. Bunda obligasiyalardan 
keng ko‘lamda foydalanish mumkin. Chunki obligatsiyalar qat’iy belgilangan 
foizlarda daromad keltiradi. Ularni qisqa muddatli qilib chiqarish va foiz 
to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish obligatsiyalarning bozor bahosining 
o‘sishiga olib keladi. Bunda mahalliy budjetga obligatsiyalarning bozor bahosi va 
nominal qiymati o‘rtasidagi farq ko‘rinishida sof daromad keltirishi mumkin. 
Budjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan qisqa muddatli pul etishmasligining 
oldini olish maqsadida obligatsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Mahalliy budjetning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishning yana bir yo‘li — bu 
91


mahalliy hokimiyatlarning budjetlarga qarz majburiyatlarini jalb qilishning 
qonuniy asoslarini yaratishdir. Ya'ni, bunda mahalliy budjetlarga tijorat 
veksellarini chiqarish huquqini berish nazarda tutilayapti. Masalan, Rossiya 
fedyeratsiyasida mahalliy hokimiyat organlari veksellar chiqarish yo‘li bilan budjet 
tashkilotlarining boshqa xo‘jalik tashkilotlari oldida qarzdorligi muammosini hal 
qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Lekin, afsuski, yurtimizda veksellar muomalada 
mavjud emas. 
Ma'lumki, hozirgi kunda ko‘pgina korxona va tashkilotlar o‘z xodimlari va 
ularning oilalari uchun ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Bu esa, 
o‘z navbatida, ularning umumiy mablag‘laridan ayrim qismini ishchi va 
xodimlarini ijtimoiy himoya qitish maqsadida qo‘shimcha xarajat qilishiga olib 
kelayapti va korxonalarning moliyaviy ahvoliga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. 
Shuning uchun korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ijtimoiy 
xarajatlarning mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshirilishi ishlab chiqarishni 
yanada rivojlantirish imkonini beradi. 
Ma'lumki, amaldagi qonunchilikda mahalliy budjettarni shakllantirish va 
ijrosini tashkil etishda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga katta 
imkoniyatlar berilgan. Shuningdek, Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga va 
nomarkazlashgan moliyaviy munosabatlarga bosqichma-bosqich o‘tayotgan 
sharoitda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari moliyaviy vakolatlarini 
kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. 
Umuman olganda, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari 
vakolatlariga qo‘shimcha moliyaviy munosabatlarni belgilash, avvalambor 
mahalliy budjetlar daromadlarini kengaytirishga, soliq va yig‘imlarni o‘z vaqtida 
undirilishini ta'minlashga xizmat qiladi hamda nomarkazlashgan moliyaviy 
munosabatlar bosqichi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu borada quyidagi 
takliflar mavjud: 
— mahalliy budjetlarni mustahkamlashda fuqarolarning o‘z-o‘zini 
boshqarish organlari vakolatlariga ayrim soliq va yig‘imlarni undirish vazifasini 
kiritish; 
— fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlari, ya'ni mahallalarda 
joylashgan, lekin qarovsiz, bo‘sh yotgan binolar va yerlar hamda qurilishi 
bitmasdan o‘z holiga tashlab qo‘yilgan ob'ektlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish; 
— fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga beriigan vakolatlarini 
kengaytirish, ya'ni ularning mahalliy budjetlar daromadlarini shakilantirishdagi 
92


rolini kuchaytirish. Jumladan, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari 
joylashgan hududni uning davlat tomonidan ijaraga berilgan mulki sifatida 
belgilash, ya'ni ularning organlari joylashgan hududidagi yuridik shaxsning 
mulkchilik shaklidan qat'i nazar va uning faoliyatidan olinadigan daromaddan 
ulushiga ega bo‘lish. Bu esa mahalliy budjetlarni mustahkamlashda quyidagilarni 
hisobga oladi: 
— mahalla mulkiga ega bo‘lishni va o‘z mulkining qo‘riqchisiga aylanishni; 
— fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari hududida istiqomat qiluvchi 
yuridik shaxsning faoliyati mahalla nazoratida bo‘lishini; 
— mahalla xarajatlari uchun daromad manbai paydo bo‘lishini; 
— mahalla hududida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs uchun korxona va 
tashkilot faoliyatiga turli idoralarning aralashuviga barham berilishi; 
— mahallaning ijtimoiy iqtisodiy muammosini o‘zi hal qilishini; 
— mahalla fuqarosi o‘z hududida joylashgan har bir ob'ektni o‘z himoyasiga 
olgan holda, doimiy ravishda ozodalik, obodonlashtirish va hasharlarni xolisona 
tashkil etishini; 
— korxona egasi bo‘lgan mazkur yuridik shaxs mahalla hududida 
joylashgan kam ta'minlangan oilalarga, yetim bolalar, qariyalar, ishsizlarga, 
maktab va bog‘chalar faoliyatiga yaqindan yordam berish va ularga mehr-
muruvvat ko‘rsatishini. 
93



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling