H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


-BOB. Moliyaviy nazorat va uni tashkil etish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

11-BOB. Moliyaviy nazorat va uni tashkil etish 
Moliyaviy nazorat — butun nazorat tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, uning 
yo‘nalishi, davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshtrish, tarmoqlar 
iqtisodiyotidagi barcha soha va bo‘g‘inlarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va 
samarali foydalanishga qaratiigan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida va 
bozor munosabatlari rivojlangan taqdirda ham moliyaviy nazoratning ahamiyati 
pasaymasdan, balki oshib boradi. 
Moliyaviy nazorat – bu maxsus shakl va uslublami qo‘llash orqali xo‘jalik 
yurituvchi va boshqaruv organlarinmg moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig‘indisidir. 
Moliyaviy menejmentning nazorat funksiyasi so‘m bilan nazorat orqali 
amalga oshiriladi. Bunda to‘lov va hisob kitoblarni olib borish jarayonida 
moliyaviy ko‘rsatkichiarning o‘zgarishi ustidan va moliyaviy strategiya bajarilishi 
ustidan nazorat o‘rnatiladi. 
Moliyaviy menejmentning nazorat funksiyasi uning takror ishlab chiqarish 
va taqsimlash funksiyasi bilan doimo bog‘lanib ketadi. 
Moliyaviy menejmentning nazorat funksiyasi korxonada daromad 
manbalarini, ishlab chiqarish va sotish jarayonida pul fondlari strukturasini 
aniqlash, korxonaning pul fondlari va moddiy resurslaridan foydalanishida 
daromad va harajatlarni tartibga solish maqsadlariga xizmat qiladi. 
Korxona moddiy va moliyaviy mablag‘larini, daromad va harajatlarini 
balanslashtirishda xom ashyo, moddiy resurslardan samarali foydalanish, mehnat 
unumdorligini oshirish, qarz va to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash muhim ahamiyatga 
ega. Shuning uchun moliyaviy menejmentning nazorat funksiyasi quyidagi 
yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 
— korxonada shakllanadigan barcha fondlarni moliyalashtirish manbalari 
bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilib borilishi ustidan nazorat; 
— korxonadagi ishlab chiqarish iste'moli va ijtimoiy rivojlanish 
ehtiyojlariga asoslangan holda fondlar strukturasiga amal qilinishi ustidan nazorat
— moliya resurslarining maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat. 
Korxonada nazoratni amalga oshirish uchun normativlar ishlab chiqish talab 
etiladi. Bunda pul resurslari fondining manbalari va moliyalashtirilish hajmi 
aniqlanadi. Ya'ni korxonaning ichida normativlardan foydalanib, moliyaviy 
resurslar tartibga solinadi va iqtisodiy munosabatlar yo‘lga qo‘yiladi. Pul 
94


fondlaridan foydalanish smeta bo‘yicha tashkil etiladi va foydalanishning maqsadli 
va samarali amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boriladi. 
Moliyaning nazorat funksiyasining ob'ekti bo‘lib xo‘jalik sube'ktlari 
faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi. 
Moliyaviy nazorat o‘z navbatida quyidagi ko‘rsatilgan turlarga ajratiladi: 
3-shakl. 
Moliyaviy nazoratning turlari 
Umumdavlat 
moliyaviy 
nazorati 
(Davlat 
hokimiyati va 
boshqaruvi 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
nazorat
Vakolatli 
moliyaviy 
nazorat 
(Vazirlik-
ning nazorat 
taftish 
bo’limlari 
tomonidan 
amalga 
oshiriladi
Ichki xo’jalik moliyaviy 
nazorati (korxonalarning 
moliyaviy xizmat 
organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Ularning funksiyasi 
korxonaning ishlab 
chiqarish moliyaviy 
faoliyatini tekshirish 
hisoblanadi.
Jamoat-
chilik 
moliyaviy 
nazorati 
(alohida 
jismoniy 
shaxslar 
tomonidan 
amalga 
oshiriladi
Mustaqil 
moltyaviy 
nazorat 
(Audit 
nazorati, 
manfaat-
dorlar 
iqtisodiy 
agentlari.) 


).


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling