H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
-BOB. Davlat moliyasini boshqarishda axborot tizimi
Download 0,63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-shakl
12-BOB. Davlat moliyasini boshqarishda axborot tizimi
Axborot tizimi — bu korxona, tashkilot yoki muassasalarning moliyaviy hisob-kitoblari va tijorat faoliyatlarini, ularning turli bo‘g‘inlari faoliyatini belgilaydigan hujjatlar hamda axborotlarni kiritish, qayta ishlash, qabul qilish va uzatishdagi funksiyaiarini avtomatlashtiradigan dasturiy - texnik vositalar majmuidir. Korxonaning axborot tizimi, uning asosiy maqsadlari hamda vazifalari bo‘yicha barcha turdagi faoliyatning tezkor va sifatli bajarilishini ta'minlashi shart hisoblanadi. Hozirgi kunda Respublikamizda xalqaro moliyaviy tashkilotlar yordamida mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan g‘aznachilik institutini shakllantirish ishlari davom etmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur moliyaviy organni barpo etish umumiy xarajatlarining qariyb 80 foizini g‘aznachilikning axborot tizimini qurish, tizim uchun zaruriy bo‘lgan zamonaviy texnika vositalari va qurollari, dasturiy mahsulotlar sotib olish hamda g‘aznachilikning talab darajasidagi ma'lumotlar yetkazuvchi tarmog‘ini yaratish ishlari tashkil etadi. Ayni paytda Moliya vazirligining mavjud axborotlar tizimi moliyaviy hisoblar tizimi oldida turgan keng ko‘lamli vazifalarni avtomatlashtirish va faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muayyan muammolarni operativ ravishda hal qilish talablariga to‘laqonli javob bermaydi. Mana shulardan kelib chiqib, bo‘lg‘usi g‘aznachilik organining axborotlar tizimini yaratishda uni eng zamonaviy texnik vositalari va yechimlar bilan ta'minlabgina qolmay, hozirgi kundagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga ham yo‘naltirish muhimdir. Moliya vazirligi g‘aznachilik tizimining yuzaga kelishi Davlat budjeti ijrosi, budjet buxgalteriya hisobi va hisobotini g‘aznada jamlab, vazirlik tomonidan budjet sohasini boshqarish, nazorat qilish jarayonini zamonaviy telekommunikatsiyalar negizida takomillashtirishga imkon beradi. G‘aznachilik tizimi yaratilishi munosabati bilan Respublikada Davlat budjetini tayyorlash, ijro etish va buxgalteriya hisobi amaliyotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. G‘aznachilik axborot tizimining yaratilishi quyidagilarni ko‘zda tutishi kerak: — to‘lovlarni qayta ishlash, tegishli budjet buxgaiteriya hisobini yurgazish moliya organi budjet hisobotini g‘azna organida olib borishni markazlashtirish; — Markaziy bankda joylashgan g‘aznachilikning yagona hisob raqami (G‘YaHR)da moliyaviy resurslarni jamlash; 104 — barcha moliyaviy operatsiyalarni g‘aznachilikning Bosh kitobida aks ettirish. Yangi tizimning yaratilishi quyidagilarni ta'minlashi kerak: — budjet ijrosi jarayonini operativ ravishda kuzatish imkonini beradigan budjet shaffofligini; — boshqaruv qarorlari qabul qilishda o‘zgartirishlar kiritish va qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlarini; — budjet mablag‘larining maqsadsiz ravishda ishlatilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; — budjetni istiqbollash va rejalashtirish amaliyotlari sifatini oshirish; — real vaqt rejimida budjet jarayonini boshqarish va hokazo. Byudjetning g‘azna ijrosi kassa yagonaligi tamoyiliga asoslanadi. U budjetga kassa xizmati ko‘rsatadigai organ sifatida budjetning barcha daromadlari jamlanadigan va budjetda ko‘zda tutilgan barcha harajatlar aks ettiriladigan yagona hisob raqami ochilishini nazarda tutadi. G‘aznachilik organlari budjet mablag‘larini oluvchilar va taqsimlovchilarning kassirlari bo‘lib hisoblanadilar hamda budjet muassasalari nomidan ularning topshirig‘iga binoan budjet mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni amalga oshiradilar. Muayyan budjetning barcha operatsiyalari va mablag‘lari g‘aznaning balans hisoblari tizimida aks ettiriladi va mazkur qoidadan tashqarida operatsiyalar qilinishi ma'n etiladi. Byudjet tashkilotlarining tijorat banklaridagi hisob raqamlari yopiladi va g‘aznada ularning shaxsiy hisob varaqlari ochiladi. Mazkur varaqalarda budjet majburiyatlari limitlari, olingan moliyalashtirish va kassa xarajatlari hisobi yurgaziladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimi (AKTT)ning maqsadi va uning ishlatilishi bo‘yicha vazifalar quyidagtlardan iborat: — mavjud mablag‘lardan samarali foydalanish imkonini beradigan budjet ijrosi bo‘yicha axborotlarning kelib tushishini jadallashtirish; — mablag‘lar saqlanishini ta'minlash; — budjet ijrosining barcha bosqichlarida (mablag‘ ajratishdan tortib kassa xarajatigacha) nazoratni ta'minlash; — xarajat ustidan nazorat to‘lovdan avvalgi bosqichda amalga oshiriladi va nazorat samarasini yaxshilaydi; — budjet ijrosi va resurslarni boshqarish jarayonlari samarasini ko‘tarish; 105 — moliyaviy hujjatlar va elektron xabarlarni andozalashtirish; — moliyaviy hujjatlar almashishini samarali, tezkor, ishonchli va konfidensial tarzda ta'minlash; — budjet mablag‘lari oluvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini ko‘tarish; — budjet tasnifini markazlashtirilgan tarzda yurgazish va uni budjetni boshqarish barcha bo‘g‘inlariga tezkor ravishda tarqatish va hokazo. AKTT, uning funksiyalari, foydalanish ko‘lamining kengayishi yo‘nalishlaridan kelib chiqib, shakllantirilayotgan yangi tizim turini aniqlaydigan quyidagi muhim belgilarni sanab o‘tish mumkin: — o‘zining funksional mohiyati bo‘yicha AKTT moliyaviy faoliyatni kompleks ravishda avtomatlashtirishni nazarda tutadigan integrasiyalashtirilgan moliyaviy tizimlaiga kiradi; — axborotlar o‘zaro ta'sirining xarakteri va uslubi bo‘yicha AKTT bank tizimi, Davlat soliq, bojxona qo‘mitalari, mikroiqtisodiyot vazirligi, Respublika turli tashkilotlari va muassasalari hamda tashqi moliya dunyosi bilan telekommunikatsiya aloqalarini ta'minlaydigan ochiq turdagi telekommunikatsiya tizimlari safiga kiradi. AKTT O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tashkiliy tuzilmasiga moslashtirilgan, integratsiyalashtirilgan, ko‘p tarmoqli tizim hisoblanib. AKTTning asosiy komponentlari quyidagilardir. Ular: — belgilangan andozalarga mos keladigan budjet tasnifi, hisob raqamlari rejasini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar va axborotlar jamg‘armasini markazlashtirilgan ravishda olib borish va ulardagi o‘zgarishlarni quyi bo‘g‘inlarga yetkazish imkoniyati; — budjet asosiy parametrlarini istiqbollash va ularni quyi budjetga yetkazish; — budjet yoyilmasi va aniqlashtirilgan budjet ko‘rsatkichlari asosida moliyalashtirish rejasini tuzish va unga aniqlik kiritish; — g‘aznachilikning Bosh moliyaviy kitobini yurgazish; — buxgalteriya hisobotining Bosh va qo‘shimcha kitoblarini yurgazish; — budjet mablag‘laridan foydalanuvchilardan moliyalashtirish uchun buyurtmalar olish, buyurtmalarni budjet yoyilmasi va moliyalashtirish rejasi bilan solishtirish, ularni jamlash va tartibga solish: — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hududiy bosliqarmalariga 106 to‘lov topshiriqnomalarini tayyoriash va jo‘natishni ta'minlaydigan hamda qilingan operatsiyatarni buxgalteriya kitoblarida tasdiqlaydigan ,,Mijoz-bank" quyi tizimi va moliyalashtirishlar haqidagi ma'lumotni Markaziy g‘aznaga yetkazish; — hisobga olish, nazorat, daromadlarning viloyatlar g‘aznalariga tushishining nazorati, markaziy va tumanlar g‘aznalariga yetkazish, ularni buxgalteriya hisoblarida aks ettirish; — qisqa muddatli (yil davomida) kassaviy rejalashtirish; — budjetning kassa va haqiqiy ijrosi daromadlar tushumi xaqida hisobot tayyorlash; — budjetlararo aloqalarni buxgalteriya kitoblarida aks ettirgan holda hisobga olish va nazorat qilish; — davlat qarzini boshqaradigan quyi tizim; — buxgalteriya kitoblarida aks ettiriladigan budjet taqchilligi va kassa uzilishlarini moliyalashtirish uchun Markaziy bank kreditlarini olish va hisoblashdan iborat. Ma'lumotlar-axborotlar jamg‘armasi, buxgalteriya hisob kitoblari va g‘aznachilikning asosiy moliyaviy kitobi tizimning yadrosi bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy va bank axborotlarini avtomatlashtiriigan ravishda qayta ishlashda amaldagi „O‘zbekiston Respublikasida axborotlarni personal komp'yuterlarda qayta ishlash, aloqa kanallari va banklarning elektron to‘lovlari avtomatlashtirilgan tizimlarida qabul qilish, uzatish to‘g‘risidagi“ Yo‘riqnoma va boshqa Respublikada qo‘llanish ko‘lami cheklangan hujjatlardan (,,Xizmatda foydalanish uchun“, ,,Maxfiy“, „O‘ta maxfiy“) foydalanish talablariga rioya etilishi kerak. Umumfoydalaniladigan hujjatlami ishlatishda hech qanday maxsus himoya tadbirlari talab qilinmaydi. Konfidensial xarakterga ega bo‘lgan ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha talablarni mazkur belgini o‘rnatadigan foydalanuvchi aniqlashi kerak. ,,Xizmatda foydalanish uchun“ belgisiga ega bo‘lgan axborotlarni qayta ishlashda muassasa foydalanuvchilari - mazkur axborot egasiga unga erkin kirish imkoniyati beriladi. Tizimning boshqa foydalanuvchilari va abonentlari esa yuqoridagi axborotdan foydalanish uchun maxsus ruxsatnomalar taqdim etishlari kerak. Maxfiy axborotni qayta ishlashda hajmi va xarakteridan kelib chiqib quyidagi talab turlaridan biri taqdim etilishi kerak: 107 1) shaxsiy cheklashlarda har bir axborotlar elementiga unga kirish huquqiga ega foydalanuvchilar ro‘yxati tuzib chiqiladi; 2) jamoaviy cheklashlarda himoya qilinadigan ma'lumotlar bazasi himoyalanadigan axborotlarni qayta ishlashda ishtirok etadigan bo‘g‘inlar tarkibiga asosan tashkil etiladi. Har bir bo‘g‘in foydalanuvchilari faqatgina ,,O‘zlarining" ma'lumotlariga kirish huquqiga ega; 3) yuqori maxfiylik belgisiga ega bo‘lgan axborotlarni qayta ishlashda unga kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati har bir mustaqil axborotlar elementiga kirish kuni va vaqti hamda ruxsat berilgan amaliyotlar ro‘yxati ko‘rsatilgan holda tuzilishi kerak. Hozirgi paytda mamlakatimizda xorijiy investorlarni Respublika fond bozoriga jalb qilishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va investitsiya institutlari muntazam ish olib bormoqda. Bu uyg‘uhlashuv ikkiyoqlama jarayon bo‘lib, o‘zbek investorlari faoliyatini xorijiy fond bozorlarida tashkil etish uning muhim qismidir. Bugungi kunda jahon fond bozorining kun sayin globallashuvi, aloqa va texnologiyalar o‘zaro bog‘liqligi rivojlanishi investorning o‘z mahalliy doirasida cheklanib qolmasligiga olib keldi. U endilikda o‘z sarmoyasini foydaliroq joylashtirishga harakat qiladi. Fond bozori samaradorligi yuqori bo‘lgan korxonalarni izlaydi. Biror korxonaning ko‘rsatkichlari pasayishi bilan pullar bozorning yangi korxonalariga oqa boshlaydi. Bu, jarayon uzluksiz davom etadi. Rivojlangan mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlar bozori juda yaxshi tashkil etilgan. Ular yuksak texnologiyali savdo jarayonini ta'minlay oladigan darajada rivojlangan infratuzitmaga ega. Axborot xizmatlari o‘sishi, bozor haqidagi ma’lumotlar aniqligini ham ta'minlaydi. Bu esa o‘z navbatida, qimmatli qog‘ozlardan foyda olishga intilayotgan yangi-yangi investorlarni bozorga jalb qiladi. Internet tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar nafaqat bu jarayonlarni tezlashtirdi, balki ularni sifat jihatidan ham o‘zgartirdi. Internet haqiqatan ham moliyaviy tranzaksiyalar va investitsiyalar uchun global taqsimlovchi muhitga aylanib bormoqda. Apparatlar va dasturlarning minimal zaxiralari mavjud bo‘lgan sharoitda ham dunyoning turli burchaklaridan unga osongina kirish mumkin bo‘lib qolmoqda. AQSh yuksak texnologiyali kompaniyalarining aksiyalar bilan operatsiyalarni amalga oshirishi moliya dunyosida tan olingan. Uning faqatgina bir shtatida Intemet tarmog‘i orqali savdo-sotiqni amalga oshirishda 450 mingdan ortiq kishi ishtirok etayotgan bo‘lsa, 2,5 mln.dan ortiq kishi elektron pochta 108 kommunikatsiyasidan foydalanmoqda. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini talabalar, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar tashkil etmoqda. Hozirgi kunda Internet tarmog‘ining bir qancha savdo tizimlari mayjud bo‘lib, bulardan biri ATS bo‘lib, bu tizim orqali 2000 yilda Rossiya fond birjasida 600 ga yaqin savdo-sotiq amalga oshirilgan. Foydalar, aksiyalardan tushadigan dividendlar, har kungi savdoga qo‘yiladigan aksiyalar hajmi, iqtisodning barqarorligi, bozor ishtirokchilarining o‘zaro manfaatli hamkorligi, qonunlarning barqarorligi kabi ko‘rsatkichlar — bularning barchasi ular bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarni dunyodagi moliya unsurlarining asosiylaridan biriga aylantirib qo‘yadi. Jahonning yirik banklari, trast kompaniyalari, nafaqa fondlari va brokerlik firmalari o‘z mablag‘larini aynan shunday aksiyalarga qo‘yadilar. Bu aksiyalar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalardan tushadigan foydadan banklar va boshqa moliya tashkilotlari o‘z mijozlariga ularning qo‘yilmalari bo‘yicha foizlarni to‘laydilar. Bunda foydaning bir qismini o‘zlariga qoldiradilar. Foyda olishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun jiddiy ishlash lozim. Avvalo, ahvolni yaxshi tushuna bilish va bozorni, tanlangan tarmoqni hamda iqtisodning umumiy holatini sinchkovlik bilan kuzatib borish zarur. Asosiysi, aksiyalar kursiga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatadigan mahalliy hodisalar to‘g‘risidagi axboratlarni ola bilish va ularni tahlil qilishni o‘rganish lozim. 2001 yil 23 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „2001- 2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, ,,Internet“ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta'minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ qaror qabul qildi. Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta'limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan ,,Internet“ga kirib bprishni kengaytirish, yuqori malakali dasturchi-mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida Markaz tashkil qilish ta'kidlab o‘tildi. Bu qarorga asosan fond bozorida Internet tarmog‘ini rivojlantirish, kuchli mutaxassislarni jalb etish va oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yildi. Moliya bozorida operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida zudlik bilan axborotlarni qabul qilish, imkoniyatdan foydalanib investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, har xil ehtimoliy xatolar oldini olish, xatarli munosabatlar ta'sir doirasini kamaytirishda „to‘g‘ridan-to‘g‘ri“ qaror qabul qilish har doim ham kutilayotgan 109 natijani bermaydi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan munosabatlarni yanada jadallashtirish, vaqtdan unumli foydalanish maqsadida, ko‘pgina rivojlangan davlatlarda Internet tarmog‘idan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Internet tarmog‘i tushunchasi Respublikamizga yaqindagina kirib kelgan. Shu boisdan undan hozirgi kunda iqtisodiyotimizning eng muhim jabhalarida foydalanish imkoniyatlari to‘liq o‘rganib chiqilmagan. Bu sohadagi muammolardan biri malakali kadrlarning yetishmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu soha rivojlanish bosqichida. Shuning uchun Intemet tarmog‘idan foydalanishda yangi texnologik infratuzilmani yaratish lozim. Bu esa quyidagi Internet tarmoqlarini o‘z ichiga oladi: — Internet — brokerlik xizmati ko‘rsatish tizimi; — Internet — banklarda investitsiyaviy loyihalar ustida qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tizim; — Internet — elektron kommunikatsiya tizimi; — har xil savdo bilan shug‘ullanuvchi tizimlar. Yuqorida keltirilgan Internet texnologiyalar tizimi MDH mamlakatlarida va Reslublikamizda juda kam uchrasada, keyinchalik bu faoliyatni rivojlantirish fond bozorlarida mijozlarni ko‘paytirish, aksiyalar va obligatsiyalarni sotish va sotib olishda ko‘pgina keng qamrovli imkoniyatlarni ochib beradi. Internet tarmog‘ini o‘rganish va uning turli tizimlaridan foydalangan holda, iqtisodni rivojlantirish ko‘p bilim talab qiladi. Bu bilimni har bir maktab o‘quvchisiga yetkazish ilg‘or texnikaning zamonaviy usullaridan foydalanish, o‘qituvchilar saviyasi va malakasini oshirish masalasiga jiddiy e'tibor berishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga muvaffaqqiyatli joriy etish uchun barcha asoslar yaratilmoqda. Shu bilan birga, to‘plangan tajriba va mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda, bu borada oldimizda turgan vazifalarni yechish uchun yangicha yondashularni izlab topish lozim. Ma'lumki, daromad bor joyda xatarning bo‘lishi muqarrar. Intemet orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo-sotiq rivojlanishi brokerlar uchun mijozlar sotuvini ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan, har ikki tomon uchun ham xatarli munosabatni yuzaga kelishi kutiladi. Moliya bozoridagi operatsiyalarda ishtirok etayotgan har qanday malakali mutaxassis, broker o‘z mijozlarining ishonchini oqlash maqsadida Intemet-treyding tarmog‘idagi kerakli ma'lumot va axborotlardan unumli foydalanishga harakat qiladi. Moliya bozorida 110 qatnashayotgan investorlar, operatsiyalar o‘tkazishi jarayonida quyidagilarni amalga oshiradi: — amalga oshirilayotgan operatsiyalarga faol qatnashishni; — yuzaga kelishi mumkin, ammo ehtimol darajasi past bo‘lgan xato va kamchiliklar, darajasini pasaytirishni; — xizmat ko‘rsatuvchi brokedar bilan amaliy ish faoliyatini kelishib olishni; — kerakli axborotlardan unumli foydalanishni; — investor Internet tarmog‘i bilan mukammal bog‘langan bo‘lishini. Iqtisodiy erkinlik tufayli jahon moliya bozori o‘zining mijozlari sonini yildan-yilga ko‘paytirib bormoqda. Bu esa bozordagi operatsiyalar hajmi oshishiga olib kelmoqda. Eng ilg‘or axborot texnologiyalarining rivojlanishi moliya bozori ,,qiyofasi" tez sur'atlar bilan o‘zgarishiga imkoniyat yaratmoqda. Buning uchun ular Internet tarmoqlaridan foydalangan holda, bozordagi eng yangi axborotlarni, brokerlarda esa qimmatli qog‘oz sotish yoki sotib olish to‘g‘risidagi xabarni kompyuterlar orqali judatez yetkazmoqda. Internet-treyding orqali amalga oshirilgan operatsiyalar, bir tomondan, investor, emitent va brokerlar ishini yengillashtirsa, ikkinchi tomondan, ya'ni Internet-treyding xatarlari bu operatsiyalar orqali kutilayotgan daromadga o‘z ta'sirini keraklicha o‘tkazishi mumkin. Moliya bozoridagi operatsiyalarni Internet-treyding orqali amalga oshirish jarayonida xatarlar bo‘lishi muqarrar ekan. Birinchi xatarlar Internet-treyding orqali moliya bozorlaridagi operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida tarmoqlar bilan bog‘liq. Ma'lumki, Internet tarmog‘i juda ko‘p axborotlarni o‘ziga qamrab oladi. Axborotlarni uzatish va qabul qilish jarayonida uchinchi bir shaxsning bu jarayonni o‘zgartirishi yoki o‘zgartirmasligini kafolatlamaydi. Bu esa brokerning mijozlar uchun xizmat doirasini kamaytirishga yoki amalga oshirilgan operatsiya orqali kutilayotgan daromadga erisha olmasligiga olib kelishi mumkin. Mamlakatimizda mavjud bo‘lgan buxgalteriya hisobi tizimi bir vaqtda moliyaviy hisob va ishlab chiqarish hisobi funksiyasini bajarmoqda. Ammo shuni alohida ta'kildash zarurki, amaldagi buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobini juda keng va ishlab chiqarish funksiyasi hisobini esa juda tor darajada bajarmoqda. Albatta, hamma jabhada bo‘lgani kabi buxgalteriya hisobida ham bosqichma - bosqich izluksiz ravishda islohotlar amalga oshirilmoqda. Moliyaviy hisobini isloh qilish jarayonida asosiy e'tibor moliyaviy hisoblardan tuzish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni berish nuqtai nazaridan amalga oshirish zarur. To‘g‘ri Mustaqillik 111 yillarida amalga oshirilgan islohotlar eng avvalo moliyaviy hisobotlarni xalqaro stnadartlaiga yaqinlashtiradi. Shuningdek, 2002 yil 1 yanvardan amaliyotda qo‘llanishi mumkin buxgalteriya hisobining milliy standartlarning 21 - ,,Xo‘jalik sub'ektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma ham buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarining o‘ziga xos tomonlarini hisobiga olgan holda amaldagi schyotlar rejasining ishlash mexanizmini qisman saqlab qolgan“. Yuqorida ta'kidlanganidek, islohotdagi asosiy e'tibor moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish va yangi schyotlar rejasini ishlab chiqishda esa, moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlari hisoblangan 1-shakl ,,Buxgalteriya balansi" va 2-shakl ,,Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot“ga qaratilgan. 2002 yil 1 yanvardan amaliyotga joriy qilish belgilangan schyotlar rejasi 9 bo‘limdan iborat bo‘lib, shundan 1—8 bo‘limlar buxgalteriya balansini, 9- bo‘lim esa, „Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot“ni tuzish uchun ma'lumot berishga mo‘ljallangan. Albatta, ,,Buxgatteriya balansi“ va ,,Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot“ korxonalarning moliyaviy holatini tavsiflovchi asosiy hisobot turlari hisoblanadi va ularning ma'lumotlarini korxona rahbarlari, xodimlari va tashqi foydalanuvchilar (investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, kasaba uyushmalari, davlat organlari va boshqalar) o‘rganadi. Ammo hisobotning yana shunday shakllari mavjudki, ularni to‘ldirish harajatlar hisobi bilan bevosita bog‘liq. Albatta, bunday ma'lumotlarni vujudga keltirish mohiyati hisobning vazifasiga kiradi. Shunday hisobot turlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi ,,Davlat statistikasi to‘g‘risida“gi qonunga asosan taqdim etiladigan ,,Korxona xarajatlari to‘g‘risida hisoboti“ hisoblanadi. Ushbu hisobot bir yilda to‘rt marotaba tuziladi va taqdim etiladi. Korxona, birlashma va tashkilotlar yillik hisobotni 15-fevralgacha va choraklik hisobotni, hisobot davridan keyingi 25-kungacha o‘z joylaridagi statistika organiga taqdim etadilar. Korxona sarf-harajatlari to‘g‘risidagi hisobotida barcha xarajatlar asosiy faoliyat va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlari bo‘yicha hisobot va o‘tgan yilning tegishli davri bo‘yicha ko‘rsatilishi zanir. Ushbu hisobotning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat, jami xarajatlar: I. Ishlab chiqarilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi: — ishlab chiqarish tarzidagi moddiy xarajatlar; 112 — ishlab chiqarish tarzidagi ish haqi to‘lash xarajatlari; — ishlab chiqarish tarzidagi ijtimoiy sug‘urta ajratmalari; — asosiy vositalar va ishlab chiqarish nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; — ishlab chiqarishning boshqa turdagi harajatlari. II. Davr xarajatlari: — sotish xarajatlari; — ma'muriy xarajatlar; — boshqa muomala sarf-xarajatlari. ,,Korxona sarf-xarajatlari to‘g‘risida hisoboti“ ma'lumotlari korxonaning iqtisodiy faoliyatiga baho berishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, bu yerda asosiy muammo ushbu hisobotni tuzish umuman zarur bo‘lgan ma'lumotlarning buxgalteriya xisobida shakllantirilishidir. Chunki, korxonaning sarf-xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan xarajatlar elementlari bo‘yicha guruhlangan boiib, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari hisobida esa, ular kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha guruhlanadi. Korxonaning sarf-xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish uchun ishlab chiqilgan yo‘riqnomada ham ,,Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida“gi Nizomda keltirilgan xarajatlar guruhlariga asoslanishi keltirilgan. Shuningdek, har qanday xo‘jalik sub'ekti O‘zbekiston Respublikasi istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasining qarori bilan tasdiqlangan ,,Mehnat bo‘yicha 1-m. shakl (oylik) hisoboti“ni tuzishlari shart. Ushbu hisobot shakli ham, O‘zbekiston Reslublikasi istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ,,Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi haqidagi“ yo‘riqnomaning 34—16 sonli qarorining 2- va 3- bo‘limlariga asosan to‘ldiriladi. Ammo, korxonalarda mehnat va unga haq to‘lash hisobining hozirgi ahvolini tahlil va tadqiq qilish arnaldagi buxgalteriya hisobi yuqorida keltirilgan. ,,Mehnat bo‘yicha (oyiik) hisoboti“ ni tuzish uchun zarur ma'lumotlarnt quyidagi sabablarga ko‘ra bera olmasligini ko‘rsatadi: — mehnat haqi xarajatlarining korxona faoliyati turlicha aks ettirilishi; — korxona bo‘yicha mehnat haqi xarajatlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar olish imkoniyatining mavjud emasligi; — pul va natura shaklidagi ish haqlari bo‘yicha alohida va ularning tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan ta'minlashning mavjud emasligi; — qoplash manbalari bo‘yicha mehnat haqining qiymati to‘g‘risidagi 113 rna'lumotlarni olish imkoniyatining mavjud emasligi. Demak, yuqoridagilardan quyidagicha xulosa qilish mumkin; — birinchidan, amaldagi buxgalteriya hisobi moliyaviy hisob funksiyasini juda ham keng bajarishga qaramasdan tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarining shakllanishi uchun yetarli darajadagi ma'lumotlar bazasini vujudga keltira olmaydi. — ikkinchidan, buxgalteriya hisobining amaldagi va 2002 yil 1 yanvardan qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan schyotlar rejasi shunday tuzilgan. Ular yordamida faqat korxona balansini moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotini tuzish uchun ma'lumotlarni berishi mumkin. — uchinchidan, ko‘pchilik hisobotlarning ko‘rsatkichlari ,,Mahsulot (ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom“da keltirilgan xarajatlarning guruhlanishi va tarkibi asos qilib olinganligini ko‘rsatdi. Ammo ishlab chiqarish xarajatlarining hisobini yuritishda esa, ushbu nizom asos qilib olinmagan. Shuning uchun ham, buxgalteriya hisobi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydi. — to‘rtinchidan. Xarajatlarni hisobga olishning amaldagi metodologiyasi ko‘proq xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisobga olishga moslashtirilgan. Xarajatlarning elementlari bo‘yicha guruhlash ishlab chiqarishga nimalar sarflanishi va shu asosda korxonaning kelgusidagi ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish uchun qancha miqdorda sarflar qilinishi rejalashtiriladi. Ammo, ushbu hisob-kitoblarni aniq amalga oshirish buxgalteriya hisobida ma'lum darajada o‘zgarishlarni talab qiladi, chunki, yuqorida qayd etilgan hisobot shaklini to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bevosita buxgalteriya hisobi schyotlaridan olinmaydi yoki ularni buxgalteriya hisobi registrlaridan yig‘ib olinadi. Tabiiyki, bu buxgalteriya xodimlari uchun qo‘shimcha ish hajmini vujudga keltirish bilan birga hisob-kitobdagi aniqlikni yo‘qotadi. Masalan, ishlab chiqarilgan moddiy xarajatlar tarkibidagi sarflangan materiallar to‘g‘risidagi ma'lumotni 10- materiallar schyotini kreditida ishlab chiqarishga sarflangan materiallardan tashqari kamomad summalari, bir moddiy javobgar shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazilgan moddiy boyliklar, keraksiz bo‘lgan materiallarni realizatsiya qilish ham aks ettiriladi. Shuningdek, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi pozitsiyasini to‘ldirish uchun ma'lumotlar 02- ,,Asosiy vositalarning eskirishi“ va 05-,,Nomoddiy aktivlarning eskirishi“ 114 schyotlarining kreditidan summalar yetarli emas. Sababi, 02- ,,Asosiy vositalarning eskirishi“ schyotining kreditida ijaraga berilgan asosiy vositalarga amortizasiya hisoblash ham aks ettiriladi. Bizningcha, ushbu muammolarni yechish uchun buxgalteriya hisobining moliyaviy hisob bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarini aniq belgilab olish zarur. Buning uchun eng avvalo, tashqi foydalanuvchilar uchun taqdim qilinadigan hisobotlarda keltirilishi zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarni aniqlash va ularni shakllantirish tartibini qat'iy belgilash talab qilinadi. Hisobotlardagi xarajatlar bilan bog‘liq asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun ,,Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot“, Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risidagi hisobot“, ,,Korxonalar moliyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisoboti“, ,,Mehnat haqi bo‘yicha hisobot va boshqa hisobot shakllaridagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar“ni aniqlash zarur. Shundan so‘nggina, ushbu ko‘rsatkichlarni buxgalteriya hisobida shakllantirish uchun tegishli o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Ushbu ko‘rsatkichlarni buxgalteriya hisobi schyotlarida shakllantirish uchun bizningcha, schyotlar rejasiga ko‘shimcha schyot kiritish va uni ,,Korxona xarajatlari“, deb nomlash zarur. ,,Korxona xarajatlari“ schyotini schyotlar rejasiga bo‘sh turgan 2400 raqamini berish maqsadga muvofiqdir, ya'ni, 2400- ,,Korxona xarajatlari“ schyoti tranzit schyot bo‘lib, har oyda yopiladi va qoldiqqa ega bo‘lmaydi. Barcha xarajatlar qoplanish manbalariga olib boriladi va bunda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar, umum ishlab chiqarish va davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar, maxsus maqsadlar uchun tayinlangan fondlar schyoti va boshqa tegishli schyotlar debetlanadi va 2400- ,,Korxona xarajatlari“ schyoti kreditlanadi. Bizningcha, 2400- ,,Korxona xarajatlari“ schyotida quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarni ochish maqsadga muvofiq: — 2410- ,,lishlab chiqarish tarzidagi moddiy xarajatlari“; — 2420- ,,Mehnat haqi to‘lash xarajatlari“; — 2430- ,,Ishlab chiqarishning ijtimoiy sug‘urta xarajatlari“; — 2440- ,,Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi“; — 2450- ,,Ishlab chiqarishning boshqa turdagi xarajatlari“. 2410- ,,Ishlab chiqarilgan moddiy xarajatlar“ schyotida xarajatlar ularning quyidagi guruhlari bo‘yicha hisobga olinadi: — xom-ashyo va materiallar (harid qilinadigan); 115 — chet tashkilotlar bajargan ishlab chiqarish tarzidagi ishlar va xizmatlar; — tabiiy xom-ashyo; — korxonalarning suv xo‘jaligi tizimidan oladigan suvga to‘lanadigan haq (me'yor darajasida va undan ortiq); — yerlarni rekultivatsiya qilish uchun ajratmalar; — chetdan olinadigan barcha turdagi yoqilg‘i; — xarid qilinadigan barcha turdagi energiya; — boshqa ishlab chiqarish moddiy xarajatlari. Bizning fikrimizcha, mehnat haqi xarajatlari hisobini, ma'lumatlarning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha shakllanishi nuqtai-nazaridan takomillashtirish zarur: — korxona bo‘yicha mehnat haqining umumiy summasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning vujudga keltirilishi; — pul shaklidagi ish haqi summasi va ularning tarkibi; • natura shaklidagi ish haqi summasining hajmi va ularning tarkibi; • mehnat haqi xarajatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, ularni qoplash manbalari bo‘yicha. Buxgalteriya hisobini yuqoridagi talablar asosida takomillashtirish uchun schyotlar rejasiga qo‘shimcha 2420-,,Mehnat haqi to‘lash xarajatlari“ sintetik schyotini kiritish va ushbu schyotda quyidagi ikkita ikkinchi tartibli schyotni ochish maqsadga muvofiqdir: 1. Pulda to‘langan mehnat haqi; 2. Naturada to‘langan mehnat haqi. Ushbu schyotning debetiga to‘lash uchun hisoblangan barcha to‘lovlar yoziladi, kreditiga esa ularning qoplanish manbalari bo‘yicha hisobdan o‘chirilishi aks ettiriladi. Har bir subschyotda ochilgan analitik schyotlarda mehnat haqi xarajatlari ularning qoplanish manbalari bo‘yicha yuritiladi. Barcha to‘lanadigan to‘lovlar hisoblanganda ,,Mehnat haqi to‘lash xarajatlari“ schyoti debetlanadi va ,,Mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar“, ,,Pul mablag‘lari“, ,,Materiallar“, ,,Arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar“ni hisobga oluvchi schyotlar esa kreditlanadi. Download 0,63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling