H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarida mahalliy
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarida mahalliy
budjetlarning tutgan o‘rni Daromadlar 2000 y 200 J y 2002 y 2003 y Davlat byudjeti 910860,3 1295411,1 1864103 2309000 72 Shu jumladan Respublika byudjeti (mln. so‘m) 503978.7 720629.7 1034145 1266851,8 Davlat byudjetiga nisbatan salmog‘li (foizda) 55,3 55,6 55,5 54,9 mahalliy byudjetlar (mln. so‘m) 406881,6 549116,7 750387,7 1042147,5 Davlat byudjetiga nisbatan salmog‘i (foizda) 44,7 42,2 40,3 45,1 Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mahalliy budjetlar daromadlari salmog‘i 2003 yilda 45.1 foizni tashkil etgan. Bu deyarli davlat budjeti daromadlarining yarmini tashkil etayapti. Mahalliy budjetlarning mavqeini yanada oshirish budjet siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlariga e'tibor qarataylik: ,,Davlat budjeti daromadlarining katta qismini joylarga berish, budjetlarni mustahkamlash zarur. Bu esa mintaqalar mustaqilligini oshirish, ularning tashabbuskorligini, budjetning ijrosidagi manfaatdorligi va bu boradagi ma'suliyatini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari bu narsa mahalliy budjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga rag‘batlantiradi, joylarda budjet intizomini mustahkamlaydi“ 1 . Prezidentimizning fikrlaridan va hozirgi budjet ijrosining amaldagi holatidan kelib chiqqan holda, mahalliy budjetlarning ijtimoiy va iqtisodiy siyosatini amalga oshirishdagi mavqeining oshib borishiga quyidagi omillarni sabab qilib ko‘rsatish mumkin: — mahalliy moliya organlarining budjet ijrosidan manfaatdorligini oshirish va shuning asosida budjet xarajatlarini to‘g‘ri va oqilona tarzda sarflanishini va tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga va rag‘batlantirishni ta'minlashning zarurligi; — aholini ijtimoiy himoya qilish masalasining ustuvorligi. Darhaqiqat, budjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy xarajatlarining ulushi katta va bu xarajatlarning asosiy qismi mahalliy budjetlar orqali amalga oshiriladi; — mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladigan tadbirlarning ko‘payib borishi. Mahalliy budjetlar iqtisodiy boshqaruv metodlari tizimida asosiy o‘rin egallaydi. Ular alohida hududlarning kompleks rivojlanishini ularda optimal ishlab 1 (I.A.Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. Toshkent: O‘zbekiston, 1995.-208 bet) 73 chiqarish nisbatini va aholi turmush darajasini yuqoriligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy budjetlar boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda davlat boshqaruv organlari tomonidan faol foydalaniladi. Mahalliy budjetlar iqtisodiy boshqaruv instrumenti sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: — budjet munosabatlari hududning barcha tomonlaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab olganidan, ta'sir doirasining kengligi; — mazkur iqtisodiy kategoriya tabiatiga xos bo‘lgan qayta taqsimlashning yuqori darajada bo‘lishi; — moslashuvchanligi, ya'ni mahalliy hokimiyat organlari vazifa va maqsadalari o‘zgarishiga muvofiq tarzda, dinamik tarzda, doimiy ravishda o‘zgarib va rivojlanib boradi. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi va uning tarkibiy qismlarining roli va ahamiyatini oshirish va budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar nomarkazlashuvchanlikka moyildir. Byudjet tizimida uning bo‘g‘inlari orasidagi o‘zaro aloqadorlik budjetlararo munosabatlar mexanizmida namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlarda asosiy tamoyil bo‘lib umumdavlat va mintaqaviy, ayniqsa mahalliy budjetlarning manfaatlarini hisobga olish xizmat qiladi. Mahalliy budjetlar yangi budjet tizimida budjetlararo munosabatlarni to‘ldiruvchi maxsus iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U mahalliy boshqaruv organlari qo‘lida mazkur hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash maqsadida to‘planuvchi pul vositalari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar majmuidir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli darajadagi budjetlarning funksiyalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bu mahalliy budjetlarda daromadlarni shakliantirish va foydalanishda mustaqil faoliyat yuritish afzalligini ko‘rsatadi. Mahalliy budjetlar boshqaruvning iqtisodiy metodi sifatida budjet munosabatlarida qayta taqsimlash xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus xususiyatga ega. Mahalliy budjetlar singari hech bir iqtisodiy kategoriya bunday ko‘p ko‘rinishli va ko‘p darajali moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash jarayoniga ishtirok etmaydi. Mahalliy budjettar orqali pul vositalari xo‘jaliklar, hududlar, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasi va aholining turli qatlamlari o‘rtasida taqsimlanadi. Mamlakatning birligi va rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarda mahalliy boshqaruv organlarining roli katta. Ularning samaradorligi mahalliy hokimiyatlarning ixtiyorida qanday budjet resurslari qolayotganligiga 74 bog‘liq. Hozirgi zamon moliya-budjet amaliyotida mahalliy budjet daromadlarining bir qismi mahalliy soliqlar evaziga emas, balki umumdavlat soliq va yig‘imlaridan chegirmalar evaziga, ya'ni umumdavlat soliqlar tizimining mahalliy darajadagi realizasiyasi evaziga shakllantiriladi. Mahalliy budjet — budjet tizimining alohida bo‘g‘inidir. Bunda uning asosiy tamoyillari bo‘lib umumdavlat pul mablag‘larini budjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishi, davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab quvvatlanishi va daromadlarning hududiy manbalar hisobiga shakllanishi hisoblanadi. Ushbu tamoyiliardan kelib chiqqan holda, mahalliy budjetlarning daromadlari o‘z daromadlari va boshqariladigan manbalar hisobidagi daromadlardan shakllanadi. O‘z daromadlari yoki biriktirilgan daromadlar, to‘liq yoki qat’iy belgilangan ulushda bevosita mahalliy budjetga tushadigan mablag‘lardan iborat. Bu daromadlarning asosini mahalliy soliqlar va yig‘imlar tashkil etadi. 3-chizma Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling