H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

IChZ-> TICh->TM; 
Bu yerda: TlCh- tugallanmagan ishlab chiqarish
TM — tayyor mahsulot. 
Bunda shuni ta'kidlab o‘tish kyerakki, ishlab chiqarish zahiralari ombor 
hisobidan chiqazilib ularni ishlab chiqarishga o‘tkazish vaqtida tugallanmangan 
ishlab chiqarish shakliga o‘tadi. 
Uchinchi bosqichda aylanma kapital yana muomala sohasiga qaytadi. Unda 
tayyor mahsulot realizatsiya qilinadi. Aylanma kapital doiraviy aylanishi pulning 
korxona hisob raqamiga tushishi bilan yakunlanadi. 
TM - > T > P ; bu yerda: 
T — tovar shaklida ifodalangan, ya'ni o‘z xaridoriga ega bo‘lgan 
korxonaning tovar mahsulotlari (tovarlar, ish va xizmatlari); 
P — korxonaning tashkil bo‘lgan vaqtidagi yoki mahsulot (xizmat)ni sotish 
orqali topgan pul mablag‘lari. Shunday qilib, aylanma kapitalning to‘liq doiraviy 
aylanishini sxematik ko‘rinishda quyidagicha ifoda eta olamiz. 
P-> TChZ -> TlCh -> TM -> T -> P 
Shundan kelib chiqqan holda: 
P=P+AP 
bu yerda: AP — aylanma kapitalning o‘zgargan miqdori. Agar AP > O 
bo‘lsa, demak aylanma kapital ko‘paymagan hisoblanadi, ya'ni korxona norentabel 
yoki boshqacha qilib aytganda, zarar bilan ishlayotgan bo‘ladi. Bu yerda shuni 
aytish lozimki, korxonaning normal faoliyat ko‘rsatishi va kapitalning doiraviy 
aylanishi uzluksiz bo‘tishi uchun aylanma vositalar bir paytning o‘zida, ishlab 
chiqarishning barcha bosqichlarida va hamma shakllarida bo‘lishi kerak, chunki 
aylanma vositalar biron-bir elementining ishlab chiqarishda bo‘lmasligi, ya'ni 
kerak vaqtda yo‘q bo‘lishi doiraviy aylanishning to‘xtashiga olib keladi. 
Yuqorida keltiriigan ta'rifga binoan, aylanma kapital ikki qismga bo‘linadi: 
ishlab chiqarishning aylanma fondlari
muomala fondlari. 
Ishlab chiqarish aylanma fondlari quyidagilardan tashkil topadi: 
62


— mehnat ashyolari (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, 
yoqilg‘ilar); 
— mehnat vositalari (yukni tashish jihozlari, ehtiyot qismlar, buyum va 
asboblar, kam qiymatli va tez yemiriluvchi vositalar); 
— tugallanmagan ishlab chiqarish; 
— istiqboldagi xarajatlar. 
Muomala fondlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
— korxonaning tayyor mahsulot zahirasiga qo‘shgan mablag‘lari; 
— korxona hisob raqamidagi va kassasidagi pul mablagiari; 
— hisob-kitobdagi mablag‘lari. 
Ma′lumki, aylanma kapital doimo ishlab chiqarish zahiralari, 
tugallanmangan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va shu kabi shakllarda bir 
vaqtning o‘zida harakatda bo‘ladi. 
Demak, korxona bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarishning aylanma fondlari 
va muomala fondlariga ega bo‘ladi. Shuning uchun har bir korxona unga zarur 
bo‘lgan aylanma fondlarni xarid qilishga qodir bo‘lishi kerak, ya'ni mahsulotni 
ishlab chiqarish va uni sotish jarayonini yetarli darajada ta'minlay oladigan 
aylanma kapitalga ega bo‘lishi kerak. 
Buning uchun korxona quyidagi aylanma kapital mablag‘larini 
shakllantirishi mumkin: 
— o‘zining; 
— qarzga olingan; 
— jalb qilingan. 
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan aylanma vositalar — bu korxona taslikil 
bo‘lgan vaqtdan boshlab yoki takror ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotni 
sotish natijasida yaratilgan aylanma kapitaldir. Korxonaning aylanma 
vositalarining shakllanish manbalari va ularning miqdorini aniqlash haqida 
keyinroq bayon etiladi. Bu yerda shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, bu vositalar 
aylanma kapitalning barcha elementlarini optimal ravishda ta'minlash uchun 
zarurdir. 
Korxonaning qarzga olgan aylanma vositalari — bu qisqa muddatli bank 
ssudalari bo‘lib, vaqtincha zarur bo‘lgan ehtiyojini qoplashga belgilangan 
muddatda qaytarib berish, uni o‘z vaqtida ta'minlash va to‘lash shartlari bilan jalb 
qilingan mablag‘lardir. Aylanma kapitalni shakllantirishga jalb qilingan manbaga 
asosan boshqa korxonalarning, kreditorlik qarz mablag‘lari kiradi. Aylanma 
63


kapitalni shakllantirishda va miqdorini aniqlashda, korxonalar aylanma kapitalini 
tashkil etish prinsiplariga bog‘liq bo‘lgan uning ayrim elementlarining turli 
xaraktyerlarini ham hisobga olishlari kerak. 
Aylanma kapitalning ayrim elementlarini tashkil etishning ikki prinsipi 
mavjuddir: 
1. Aniq optimal miqdor (normativ) doirasida aylanma kapitalning 
elementlarini shakllantirish
2. Chegaralanmagan aylanma kapitalning elementlarini, ya'ni 
normalashtirilmagan aylanma vositalarni shakltantirish. 
Normalashtirilgan aylanma kapitalga quyidagilar kiradi: 
— ishlab chiqarish zahiralari; 
— tugallanmagan ishab chiqarish; 
— istiqbolidagi xarajatlar; 
— tayyor mahsulot. 
Normalashtirilmagan aylanma kapitalga quyidagilar kiradi: 
korxonaning hisob raqami va kassasidagi pul mablag‘lari; 
hisobdagi mablag‘lar. 
Aylanma kpitalning normalashtiriigan va normalashtirilmagan qismlarga 
bo‘linishining asosiy sababi shundan iboratki, uning normalashtirilgan qismi 
azaldan aniq berilgan miqdor (normativ) dan ko‘p yoki kam bo‘Iishi mumkinmas 
normalashtirilmagani esa xohlagancha ko‘p bo‘lishi mumkin. 
Aylanma kapitalni boshqarishda uning ikki prinsipini hisobga olish kerak
chunki bunga amal qilinmasa olinadigan foyda kamayib ketishi mumkin. 
Aylanma mablag‘lar normativining yuqori bo‘lishi, o‘z navbatida, ishlab 
chiqarishda ishtirok etmaydigan zahiralarning ko‘payishiga olib keladi. Ishlab 
chiqarish zahiralari ko‘payishi va foyda kamayishining asosiy sabablaridan biri — 
bu aylanma kapital aylanish tezligining sekinlashuvidir. 
Shunday qilib, aylanma kapitalni boshqarishdagi moliyaviy 
munosabatlarning o‘zgarishi faqat uni o‘tgan davr bilan taqqoslaganda vujudga 
keladi. Ushbu moliyaviy munosabatlar ikki turga bo‘linadi: 
— aylanma mablag‘ ko‘paygan holda qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb 
qilishdagi munosabatlar; 
— aylanma mablag‘ kamaygan holda ortiqcha qo‘shimcha moliyaviy 
resurslardan foydalanishdagi munosabatlar. 
Birinchi holatda korxonada aylanma mablag‘lar normativining o‘sishini 
64


shakllantirish manbalarini izlash borasida muammo paydo bo‘ladi. 
Ushbu o‘sishning moliyaviy manbalari quyidagilardan iboratdir: 
— korxonaning o‘z mablag‘lari; 
— banklarning qisqa muddatli kreditlari; 
— budjetdan ajratmalar. 
Aylanma mablag‘lar normativining o‘sishi o‘zining manbalari hisobidan, 
korxonaning jamg‘arma fondi hisobidan, yoki oldingi yillarda vujudga kelgan 
ortiqcha aylanma mablag‘lari hisobidan, shuningdek barqaror passivlar 
summasining ko‘payishi hisobidan moliyalashtirilishi mumkin bo‘ladi. 
Barqaror passivlarga quyidagilar kiradi: 
— ishchi va xizmatchilarga to‘lanadigan ish haqining minimal qarzdorligi 
(ijtimoiy sug‘urtasi bilan); 
— istiqboldagi xarajatlar va to‘lovlarni qoplash rezyervi
— qisman tayyor bo‘lgan mahsulotga haq to‘lash tartibida olingan 
kreditorlarning mablag‘lari; 
— sotib oluvchilar tomonidan qaytariladigan taralar bo‘yicha kafolatlangan 
mablag‘lar. 
Umuman olganda, moliyaviy ahvolning barqarorligi, barcha aylanma 
kapitaldan samarali foydalanish orqali ta'minlanadi. 
Aylanma kapitaldan samarali foydalanishning asosiy ko‘rsatkichlari 
quyidagilardan iborat: 
— korxonaning to‘lovchanlik qobiliyati; 
— korxonaning likvidligi; 
— aylanma kapitalning aylanish tezligi; 
— korxonaning moliyaviy barqarorligi va boshqalar. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling