H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Mustaqil o‘rganish uchun savollar
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8- BOB. Budjetni tashkil etish va budjet jarayoni
Mustaqil o‘rganish uchun savollar
l. Davlat budjeti tushunchasi nimadan iborat? 2. Ijtimoiy - iqtisodiy hayotda davlat budjetining mohiyati va roli haqida so‘zlab bering. 3. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat budjeti masalasi qanday tartibda amalga oshiriladi? 4. Davlat budjetining daromad va xarajat qismlarining mazmunini aytib bering. 5. Byudjetning tuzilishi to‘g‘risida gapirib bering. 6. Mahalliy budjet va budjetdan tashqari fondlar qanday boshqariladi? 51 8- BOB. Budjetni tashkil etish va budjet jarayoni Byudjet jarayoni — bu hokimiyat organlari tomonidan budjetni tuzish, uni taqdim etish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va uni ijro etish, shuningdek ularni o‘z vaqtida bajarilishini doimo nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma bosqichlarini tashkil etishdan iboratdir. ,,Budjet jarayoni“ atamasi bir tomondan budjetni ishlab chiqishni va uni qabul qilishni, ikkinchi tomondan uning bajarilishini va uchinchi tomondan uning bajarilishini nazorat qilishni tartibga solishning yuridik va noyuridik prinsiplarini anglatadi. Budjet jarayoni O‘zbekiston Respublikasida budjet siyosatining quyidagi, universallik, birlik, yillik, mustaqillik va ixtisoslashuv prinsiplariga asoslangandir. 1. Univyersaliik prinsipi budjet o‘z ichiga barcha daromadlarni va xarajatlarni qamrab olishi kerakligini anglatadi. 2. Budjet xujjatlarining bir necha turi mavjudligiga qaramasdan, faqat bitta, ya'ni oxirgi asos qilib olinishi kerak bo‘lgan hujjat birlik prinsipini anglatadi. 3. Yillik tamoyili har bir moliyaviy xo‘jalik kalendar yiliga faqat bitta budjet mavjud bo‘lishi lozimligini anglatadi. O‘zbekistondagi iqtisodiy va sotsial — ijtimoiy budjet tanqisligi sharoitida ushbu qoidaga nisbatan ko‘p sonli mutanosibliklar mayjud. Budjetni talab va taklif qonuniga binoan yil davomida o‘zgartirib turish oddiy hol bo‘lib qolgan. Bunda xo‘jalik kalendar yili chegaralarini kengaytirish o‘rinlidir. Jarayonlar bo‘yicha yetishmovchiliklarni aniqlab qoplash uchun mo‘ljallangan davr 31 dekabrdan boshlanib to kelgusi yilning 1 fevraligacha davom etuvchi hisob davri yoki ,,ortiqcha kunlar“ davri rasmiy ravishda qonunlashtiriladi. 4. Mustaqillik prinsipi har bir bo‘limda o‘zining xususiy daromad manbai borligini ta'minlovchi huquqni va yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanish va xarajat qilishni anglatadi. 5. Ixtisos prinsipi budjetning har bir moddasi nafaqat aniq mablag‘lar summasini, balki xarajatning maqsadini anglatadi. Modda - budjetning asosiy birligi hisoblanadi, budjet esa moddalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va Senatning qarori bilan tasdiqlanadi. O‘zbekistan hududida budjet jarayonining asosiy bazasi bo‘lib uni tasniflash (sinflarga ajratish) hisoblanadi. 52 Budjetlarni ishlab chiqishdan oldin tayyorlov ishlari bajariladi. U aniq belgilangan va o‘zaro bog‘langan bosqichlarga bo‘linadi. Birinchidan, budjet bilan bog‘liq bo‘lgan joriy yildagi hujjatlarni o‘rganish. Ikkinchidan, keyingi yil vazifalarini va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini aniqlash. Uchinchidan, hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbolini bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatga belgilab berish. To‘rtinchidan, hokimiyat organlariga navbatdagi moliya yilining boshlanishidan 12- oy oldin budjet istiqboli to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish. Budjet jarayoni o‘z ichiga to‘rtta bosqichni oladi: Budjet loyihasini tayyorlash, uni ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling