H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

3- chizma. Menejmentning umumiy sxemasi. 
Moliyaviy menejmentda boshqaruv ob'ekti xo‘jalik sub'ektlari bilan pul 
oqimlari, qiymatning aylanishi, moliyaviy munosabatlar va moliyaviy harakatlar 
orasida amalga oshiriladigan shart-sharoitlarning yig‘indisidan iboratdir. 
Boshqaruv sub'ekti — bu maxsus odamlar guruhi bo‘lib (moliyaviy direksiya 
boshqaruv apparati sifatida, moliyaviy menejer boshqaruvchi sifatida) ular turli 
boshqaruv shakllarining ta'siri ostida ob'ektning maqsadli faoliyatining amalga 
oshirilishidir. 
Birinchidan, har qanday boshqaruv ob'ekti va har qanday jarayon tizimni 
39


anglatadi, Moliyaviy tizim ijtimoiy iqtisodiy tizimga kiradi. Ijtimoiy iqtisodiy 
tizimlarning bosh xususiyati shundan iboratki, ularning asosida insonning manfaati 
yotadi. 
Har qanday tizim muayyan elementlardan iboratdir va ularning har biri 
o‘ziga xos turli xususiyatlarga egadir. 
1. Tizimning elementi faqat o‘ziga xos funksiyani bajaradi va ushbu tizim 
boshqa element tizimlarini qaytarmaydi. 
2. Element o‘zining tizimidagi elementlar bilan uzviy bog‘liq. 
3. Element boshqa elementlar bilan o‘zaro harakatda bo‘lish qobiliyatiga 
ega. Bu esa tizimlarning yaxlitligidan dalolat beradi. 
Ikkinchidan, sub'ektning boshqaruv ob'ektiga bo‘lgan ta'siri, ya'ni 
boshqaruv jarayonining o‘zi axborot boshqaruv ob'ekti bilan boshqaruvchi 
orasidagi axborotning faqat aylanish sharti bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Uchinchidan, moliyaviy tizim murakkab va ochiq tizim hisoblanadi. 
Moliyaviy menejment boshqaruv organi sifatida xo‘jalik sub'ektining bir 
qismi hisoblanadi. Yirik korxonalarda va aksioyadorlik jamiyatlarida shunday 
apparatni boshqarish moliyaviy direksiya orqali amalga oshiriladi. Uni moliyaviy 
direktor yoki moliyaviy menejyer boshqarishi mumkin. Moliyaviy direksiya turli 
bo‘linmalardan iborat bo‘lib, uning tarkibiga moliya bo‘limi, reja-iqtisod bo‘limi, 
buxgaltyeriya, mehnat va ish haqi bo‘limi va boshqalar kiradi. 
Moliyaviy direksiyaning asosiy funksiyalari quyidagilar: 
— xo‘jalik sub'ektining moliyaviy rivojlanish maqsadini aniqlash; 
— xo‘jalik sub'ektini rivojlantirish uchun uning moliyaviy strategiyasi va 
moliyaviy dasturini ishlab chiqish; 
— investitsion siyosatini aniqlash; 
— kredit siyosatini ishlab chiqish; 
— xo‘jalik sub'ektlari uchun moJiyaviy resurslar xarajatining smetasini 
o‘rnatish; 
— pul oqimlari va xo‘jalik sub'ektining moliyaviy rejasini ishlab chiqish; 
— xo‘jalik sub'ektining biznes rejasini ishlab chiqishda qatnashish; 
— xo‘jalik sub'ektining moliyaviy faoliyatini (pul mablag‘laridan 
foydalanish, foyda olish va boshqalar) ta'minlash; 
— sotuvchi va xaridorlar bilan pul hisoblarini amalga oshirish; 
— buxgalterlik va statistik moliyaviy hisobni olib borish, xo‘jalik 
sub'ektining buxgalterlik balansini tuzish; 
40


— xo‘jalik sub'ektini va uning bo‘linmalarini moliyaviy faoliyatini tahlil 
qilish. 
Moliyaviy foliyatni boshqarishda moliyaviy menejer eng asosiy o‘rinda 
turadi. Katta korxonalar va aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejerlarning 
guruhini shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘lib, ularning har biriga muayyan 
ishning yo‘nalishi va aniq majburiyatlari yuklanadi. Bu guruhlarning boshida 
yetakchi moliyaviy menejer (lidmenejer) turadi. Moliyaviy menejerning faoliyati 
uning lavozim yo‘riqnomasi bilan belgilanadi. 
Moliyaviy menejer boshqaruv faoliyatiga kontrakt bo‘yicha jalb etiladi. Oliy 
xizmatchi sifatida ish haqidan tashqari u foyda hisobidan mukofot pullarini olishi 
mumkin. Bunday mukofot puli tant’ema deb ataladi. Uning miqdori xo‘jalik 
sub'ektining oliy boshqaruv organi tomonidan belgilab byeriladi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling