H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Auditorlik nazorat xizmati funksiyasi
4. Nazorat funksiyasi — bu funksiya davlat moliyasiga taalluqlidir. Davlat
pulning kelishi va ketishini nazorat qiladi. Ya'ni barcha turdagi tushumlarni o‘z vaqtida kelishi va ularni tegishli maqsadlarga ishlatilishi nazorat qilinadi. 5. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ftinksiyasi. Bu vazifa ikki xil yo‘1 bilan amalga oshiriladi: 1. Aholining nochor qatlamlariga moddiy yordam ko‘rsatish. 2. Aholiga bepul va imtiyozli xizmat ko‘rsatuvchi sohalarni, chunonchi maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash va boshqa bir qator sohalarni moliyaviy mablag‘ bilan ta'minlash. 6. Auditorlik nazorat xizmati funksiyasi — bu korxonalar, firmalar, kompaniyalarning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini har tomonlama tekshirish, chuqur tahlil etish asosida hisobotlar ekspertizasini o‘tkazish va nihoyat ularning moliyaviy ahvoli bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarib ularga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan yo‘1-yo‘riqlarni ko‘rsatishdir. Auditorlik nazorat xizmati tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatilgan yo‘1-yo‘riqlar o‘z navbatida korxonalarning rahbarlari uchun ularni bartaraf etish borasida moliyaviy va boshqa masalalar bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilishga xizmat qiladi. Bu esa korxona va kompaniyalarda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sishi uchun yaxshi shart va sharoitlar yaratilishiga olib keladi. Natijada korxonalarda moliyaviy fondlar hosil bo‘ladi va yildan yilga ular ko‘payib boradi. Ma'lumki, moliyaning har bir funksiyasi o‘zining vazifalarini aniq moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Bularga xarajatlar, amortizatsiya, foyda, aksiya kursi, dividend, soliqlar, to‘lovlar, boj haqi, sug‘urta haqi, subsidiya, dotatsiya, kompensatsiya kabilar kiradi. Ular ayni vaqtda moliya resurslarini tashkil etadilar va shu orqali xo‘jaliklarning moliyaviy faoliyatiga ta'sir etishi mumkin. Masalan, dividend to‘lovining ko‘payib borishi aksiya chiqargan kompaniyaning moliyaviy ahvolini yaxshilanib borayotganligidan darak beradi. Moliyaviy resurslarning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri — bu korxonaning faoliyati yuzasidan olgan foydasidir. Bu ko‘rsatkich korxona va kompaniyalarning rezerv, sug‘urta va ijtimoiy fondlarining manbai hisoblanadi. Undan tashqari, foyda ko‘rsatkichi sof daromad sifatida korxonaning iqtisodiy 31 rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Moliyaviy resurslar o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi: 1. Mikroresurslar yoki markazlashmagan resurslar. Bu resurslar korxona, firma, kompaniya, konsern, jamoat uyushmalari doirasida bo‘lib, xo‘jalik sub'ektlarining o‘zlariga tegishli va ularning qarzga olgan pul mablag‘laridan iborat; 2. Makroresurslar — bu umumdavlat miqyosida tashkil topgan resurslar bo‘lib, jumladan davlat ixtiyorida bo‘lgan budjet yoki budjetdan tashqari fondlardan iboratdir. Makroresurslar umumiqtisodiy va umumdavlat ehtiyojlariga sarflanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling