H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
©
«Voris nashriyot» MChJ, 2006. 2 SO‘Z BOSHI Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan O‘zbekiston iqtisodiyotida ham keskin o‘zgarishlar sodir bo‘layapti. Bu, o‘z navbatida, boshqaruvning oldingi uslublaridan tubdan farq qiladigan uslublarni taqozo etsa, bir vaqtning o‘zida, xuddi shu narsaning o‘zi yangi toifadagi mutaxassislarning bo‘lishini ham talab qiladi. Hozirgi sharoitda bunday yangi toifadagi mutaxassislar chuqur va keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishlari, o‘zlari tanlagan mutaxassisliklarning kasbiy sirlarini a'lo darajada mushohada eta olishlari, puxta o‘ylangan va har taraflama asoslangan qarorlarni qabul qilishga qodir bo‘lishlari lozim. Nozik va o‘ta murakkab soha hisoblangan moliya sohasida faoliyat ko‘rsatishni orzu qilgan shaxslarga nisbatan bozor iqtisodiyoti sharoitida juda yuqori talablaming qo‘yilishi, tabiiydir, Moliyaviy munosabatlar tizimini (makro va mikro darajada) muvaffaqiyatli boshqarish uchun moliyachi-mutaxassis o‘zi tanlagan soha faoliyatini yaxshi talqin qila olishi, uning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur idrok eta olishi va nihoyat, xo‘jalik yuritishning eng samarali darajasiga erishish uchun moliyaviy vosita va stimullardan oqilona foydalana olishni bilishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitiga yaxshi moslasha oladigan va bilimdon mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ahamiyati oshib bormoqda. Negaki, ular o‘quvchini moliyaviy va tijoriy faoiiyatning sirlari, moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning tamoyillari va ulardan amaliyotda foydalanishning xilma-xil shakl hamda uslublari bilan tanishtiradi. Shu munosabat bilan mamlakatimiz iqtisodiyotiga bozor munosabatlari shiddat bilan kirib kelib va shunga mos ravishda rivojlanayotgan bir paytda zamonaviy talablarga javob bera oladigan darslik yoki o‘quv qo‘llanmalariga bo‘lgan talabning kuchayganligi tasodifiy emasdir. Bu, ayniqsa, moliyaviy yo‘nalishdagi o‘zbek tilidagi adabiyotlarga tegishlidir. Buning boisi yana shundaki, O‘zbekistonlik o‘quvchi sobiq ittifoq davrida o‘z ona tilida birorta ham moliyaviy yo‘nalishdagi darslik va o‘quv qo‘llanmasidan bahramand bo‘la olmadi. O‘zbek olimlari moliyaviy sohaga doir moliya, kredit, pul muomalasi va hokazolar bo‘yicha o‘z kitoblarini rus tilida yozib, ma'ruzalarni ham auditoriyada o‘zbek yigit-qizlari o‘tirgan bo‘lishiga qaramasdan o‘zga tilda o‘qishga majbur bo‘ldilar. O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligiga o‘n olti yil bo‘lganligiga qaramasdan hanuzgacha bu sohada birorta ham o‘zbek tilida darslik 3 yoki o‘quv qo‘llanmasi nashr etilmadi. E'tiboringizga havola etilayotgan moliyaviy menejmentga bag‘ishlangan, ilk o‘zbek tilidagi o‘quv qo‘llanma o‘n besh bobdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yuritish falsafasi tubdan o‘zgardi. Endilikda u xarajatli psixologayaga asoslanmasdan, balki talab va taklifning real tahliliga asoslanadi. Adolat tushunchasi ham bunday sharoitda butunlay boshqacha talqin qilinib, endilikda u moddiy va boshqa resurslarni bir tekis taqsimlashni emas, balki mehnat natijalariga qarab taqsimlanishini anglatadi. Bozor iqtisodiyotida barcha boshqaruv qarorlariga o‘z ta'sirini ko‘rsatuvchi tavakkalchilik omilining ahamiyati kuchayadi. Ana shularni e'tiborga olgan holda kitobning dastlabki bobida mualliflar o‘z diqqat e'tiborlarini qiymatning nomarksistik nazariyasi bo‘lgan marjinalizmga (ishlab chiqarish omillarining cheklangan foydaliligi va cheklangan unumdorligi nazariyasi) va bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida ahamiyat kasb etuvchi moliyaviy qaror qabul qilish asoslariga qaratishdi. Bu yerda, dastlab, baho siyosatini ishlab chiqish bilan bog‘liq muammolar va bu muammolarni hal etishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan omillar ustida to‘xtalib o‘tilgan, ishbilarmonlik tavakkallari va ularni pasaytirish uslublari to‘g‘risidagi ma'lumotlar aks ettirilgan, investitsion qaror qabul qilishning mezonlari, diskontlashtirish va moliyaviy menejmentning asosiy ko‘rsatikichlariga tegishli fikrlar bayon etilgan. Bu masalalarni to‘la o‘zlashtirib olmasdan turib bozor iqtisodiyotining afzalligini, uning mohiyatini va tijoratning moliyaviy mexanizmini tushunish qiyin bo‘ladi. Kitobning navbatdagi ikki bobi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy- ekspluatatsion ehtiyojlari va qarziy mablag‘larni jalb etish siyosatiga bag‘ishlangan. Bu o‘rinda o‘quvchiga unchalik tanish bolmagan moliyaviy richag samarasi, qarz olishning oqilona siyosati va bank tanlash mezonlari kabi masalalarga alohida e'tibor berilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub'ekt maksimum foyda olishni maqsad qilib faoliyat ko‘rsatganligi uchun mazkur kitobning to‘rtinchi va beshinchi boblarida xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirish, korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tahlili, foydaning taqsimoti, dividend va ishlab chiqarishni rivojlantirishning oqilona siyosati kabi masalalar o‘rin olgan. Shuningdek, ishlab chiqarish richagi samarasi, moliyaviy barqaror zahirasi, moliyaviy strategiya matritsalari, to‘lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlariga tavsifnomalar ham o‘z aksini topgan. 4 Kitobning so‘nggi boblari moliyalashtirish va kreditlashtirishning mamlakatimizda ilgari qo‘llanilmagan yangi zamonaviy shakllari bo‘lgan faktoring, lizing va qimmatli qog‘ozlar bozoriga bag‘ishlangandir. Kitobni yozish jarayonida mualliflar xalqaro miqyosda keng qo‘llanilib kelayotgan ayrim atama va iboralarni o‘z holicha qoldirishga qaror qilishdi. Masalaga bunday yondoshish, bir tomondan, o‘z ona tilimizni ma'lum ma'noda boyitsa, ikkinchi tomondan — bu narsa sivilizatsiyalashgan ko‘p asrli bozor tarixiga ega bo‘lgan va xorijiy mamlakatlarda mavjud bo‘lgan jahon tajribasidan bahramand bo‘Iish imkonini beradi. Sizga taqdim etilayotgan ushbu kitob moliyaviy menejment masalalariga bag‘ishlangan o‘zbek tilida yozilgan ilk ilmiy urinish hisoblanadi. Mualliflar kitobning sifatini oshirishga xizmat qiluvchi barcha taklif va mulohazalarni chuqur minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlash jarayonida katta xizmat qilgan “Menejment” kafedrasining xodimi Nafisa O‘lmasovna Xalilovaga mualliflar o‘z minnatdorchiliklarini bildiradilar. 5 KIRISH ,,Moliyaviy menedjment“ kursida moliyaviy infratuzilmaning shakllanish davriga tegishli korxona va tijorat tashkilotlari moliya bozorida uni boshqarish jarayoni bilan bog‘liq iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy va ijtimoiy masalalar o‘rganiladi. Ob'ekti — takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi mablag‘lar umumiy qiymati baholanishini hamda amaldagi qonuniylik va me'yoriy hujjatlar doirasida turli tashkiliy huquqiy shakldagi korxonalarning pul mablag‘larini davlat tomonidan muvofiqlashtirish va boshqarish sohasida orttirilgan amaliy tajribadir. Maqsadi — moliyaviy menejment korxona va tijorat yuzasidan nazariy va amaliy tahlil qilish va shuningdek, qonunchilik, me'yoriy hujjatlar, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bozor o‘zgarishlari tajribasi umumlashtirilishi asosida takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi mablag‘lar umumiy qiymati baholanishi va umumiy pul sarmoyasi o‘zaro munosabatlarining xolisona g‘oyalarini va qonuniyatlarini asoslab berishdan iboratdir. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling