H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich
- Uchinchi bosqich
- 1- BOB. Kursning predmeti, metodi va vazifasi
Mazmuni — bozor iqtisodiyotiga o‘tish davridagi moliyaviy menejment
konsepsiyasini yoritib byeruvchi nazariy qoidalar turli tashkiliy - huquqiy shakldagi korxona va tijorat tashkilotlarining xususiyatlari, moliyaviy menejment vazifalarini bajarilishi uchun yaratilgan shart — sharoitlar, tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy ta'minlashni boshqarish uchun zarur bo‘lgan tamoyil va uslublari, takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi mablag‘larning umumiy qiymatini baholash va boshqalardan iboratdir. Menejment — iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy, falsafiy, psixologik, texnikaviy, tashkiliy jihatlarga egadir. «Menejment» atamasi birinchi bo‘lib, Amerika ilmiy doiralarida muomalaga kiritilgan bo‘lib, u faqat biznes to‘g‘risida gapirganda ishlatiladi. Menejment evolyutsiyasida uchta asosiy bosqichni ajratibj ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqich (XX asrning oxiri va XX asrning 30 yillari) - menejment fani va faoliyatning mustaqil turi sifatida o‘z o‘rnini topgan hamda mulkdorlikdan ajralib chiqqan davrdir. Ikkinchi bosqich (XX asrning 30—60 yillari) - menejment ,,Yuqoridan pastga“ tartibiga asoslangan buyruqbozlik - ma'muriy turdagi boshqarish uslubi ustunligining tarafdori sifatida chiqadi. 6 Uchinchi bosqich XX asrning 60 yillaridan hozirgacha. bu davrda ko‘p hollarda bo‘lish va bo‘limlarga ajratish usullari qo‘llangan gorizontal shakldagi qolipga asoslangan menejmentning norasmiy tez moslashuvchan tizimi ustunlik qozongan. 7 1- BOB. Kursning predmeti, metodi va vazifasi Bu fan talabalarga moliyaviy menejment asoslarini, uning nazariyasini, uslubi, usul va sirlarini o‘rgatadi. Talaba (o‘quvchi) eng avvalo, moliyaviy menejmentning mazmuni nimadan iborat ekanligini tushunib olishi lozim. Hozirgi kunda ham ba'zi bir olimlar moliyaviy menejment alohida mustaqil fan, degan fikrni bahsli deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, bu fan o‘zining predmet va usuliga ega emas, lekin aslida boshqa fanlar kabi ,,Moliyaviy menejment“ fani ham o‘zining predmeti va uslubiga egadir. ,,Moliyaviy menejment“ mustaqil fan sifatida o‘tgan asrning 70- yillarida paydo bo‘ldi va hozirgi paytda asosiy iqtisodiy fanlar qatoriga qo‘shildi. Bu fanning predmeti mikro va makroiqtisodiyot darajasida pul oqimini, ya'ni xo‘jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy resurslarini va xarajatlarini boshqarishdan iborat. Metod — bu tadqiqot uslubidir. Moliyaviy menejment predmetining asosiy vositalari (ya'ni, tadqiqot usullari) bo‘lib ilmiy abstraksiya, tahlillash va sintezlash, sifatli va miqdorli tahlillash, moliyaviy jarayonlarning iqtisodiy - matematik modellarini yaratish hisoblanadi. Turli mulk shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy holatini tahlil qilish usullari quyidagilardan iboratdir: — daromad (rentabellik)ning tahlili; — kreditlash qobiliyatining tahlili; — kapital sarf -xarajatining tahlili; — moliyaviy barqarorlikning tahlili; — o‘z -o‘zini moliyalash darajasining tahlili; — valyuta bilan o‘z-o‘zini moliyalashning tahlili; — pul oqimining tahlili; Olim va amaliyotchilar tomonidan „Moliyaviy menejment“ ning mustaqil fan sifatida keng qabul qilinishi va iqtisodiy ta’lim o‘quv rejalariga kiritilishi uning yangi, asosiy bosqichini tashkil etadi. Gap bu yerda mazkur fanning sifat o‘zgarishi haqida ketyapti: — bozor muhiti qanday qilib tarmoqlar bo‘yicha korxonaning moliyaviy mexanizmining harakat qilish mantig‘ini o‘zgartiradi? — bu yangi mantiq asosida korxona moliyasi qanday qilib boshqariladi? 8 — yuqori inqirozlilik muhiti moliyani boshqarishga qanday to‘siqlarni qo‘yadi? — soliqqa tortish tufayli sodir bo‘lgan noxush oqibatlarni yo‘qotish maqsadida moliyaviy harakatlanishning qanday legal metodlaridan foydalanish mumkin? Bu kabi savollarni yana davom ettirish mumkin, lekin ushbu fanga ilmiy aniqlik kiritish asosida uning moliyaviy tomonlarini yoritishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Mamlakatimizning moliyaviy menejment maktabi bozorshunos-olimlar merosi tufayli tashkil topgan, chet ellik moliyashunoslarning ko‘p yillik tajribasi va nihoyat, rossiyalik va o‘zbek olimlarining izchil hamkorligi tufayli ilmiy salohiyoti keskin rivojlanmoqda. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy menejment fanining strategik va taktik maqsadlari mavjud bo‘lib, ular korxonaning moliyasini boshqarish hamda biznes amaliyotchilarini va oliy o‘quv yurtlarining talabalarini o‘qitishga mo‘ljallangandir. Bu vazifalarning alohida ikki jihatini ta'kidlash o‘rinli: Birinchidan, moliyaviy menejment mazmuniga berilgan ta'rif boshqa rivojlangan davlatlarda berilgan ta'riflaridan farq qiladi. Ikkinchidan, amerikalik va g‘arbiy Yevropalik olimlar fikricha moliyaviy menejment — bu firma moliyasini boshqarishning asosiy tushunchalari, ya'ni aksiya kursini ko‘tarish va undan keladigan sof daromadni hamda dividendlar sathini oshirish, aksiyador mol-mulkini va hokazolarni ko‘paytirishdan iborat ekanligi. Moliyaviy menejment korxona va xo‘jalik sube'ktlari o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishda zarur bo‘lgan muhim metodlar majmuidan foydalanish imkonini beradi. Asosiysi — shu maqsadga to‘g‘ri keladigan usuini tanlash va uni amaliyotda qo‘llay bilishdan iboratdir. Bu kursning vazifasi — foyda va daromadlarni maksimallashtirib borishda qo‘llanadigan usul va uslublardan foydalanib ish yuritishda moliyaviy menejmentning asoslarini to‘g‘ri belgilab berishdan iborat bo‘lib, birinchidan, o‘quvchilarni faqatgina O‘zbekiston Respublikasi amaliyoti asosida o‘qitish zarurligi bo‘lsa; ikkinchidan moliyaviy menejment o‘quv-qo‘llanmasida tegishli masalalar va yechiladigan misollar yetarli bo‘lishi kerak, chunki ularsiz 9 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling