H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Mustaqil o‘rganish uchun savollar
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy menejmentning mohiyati va roli. Moliyaviy menejment tizimida moliyaviy hisobot
Mustaqil o‘rganish uchun savollar
1. Moliyaviy menejmentning fan sifatidagi maqsadi va vazifalari. 2. Moliyaviy menejment fanining predmeti va metodlari. 3. Xo‘jalik sub'ektlarining moliyaviy holatlarini tahlil qilish usullari. 4. Moliyaviy menejment fanini o‘quv rejasiga kiritish masalalar1 yuzasidan olim va amaliyotchilarning fikrlari. 10 2-BOB. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy menejmentning mohiyati va roli. Moliyaviy menejment tizimida moliyaviy hisobot Bozor iqtisodiyoti — bu ishlab chiqaruvchining taklifi va iste'molchining talabi asosida, mahsulotning oldi-sotdisi orqali vujudga keladigan munosabatga mos kelgan sharoitdir. Bunda har bir ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o‘zining iqtisodiy manfaatlariga ega bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining tamoyillari quyidagilardan iboratdir: — tashqi omillar oldida ishlab chiqaruvchilarning (sotuvchilar) va iste'molchilar (xaridorlar)ning teng huquqliligi; — talab va taklifni balanslashtirilganligi asosida narxlarning muvozanatga kelishi (foiz me'yori, kurslar); — bozor munosabatiari sub'ektlarining (ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar, dallollar va xaridorlar) erkin harakatini nazorat qilish; — iqtisodiyotni tartibga solishda huquqiy qonunlarni qo‘llash; — raqobat muhitini va sharoitini yaratish. Bozor munosabatlarining asl ma'nosi va sharti shundan iboratki, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar faoliyati mutloq erkinlik asosida amalga oshirilishi zarur. Hozirgi davrda tadbirkorlik sub'ektlarining rahbarlari va xodimlari moliyaviy menejment jarayoni shakllanayotgan bir sharoitda hisob va hisobotni qat’iy olib borishlari va uning asosida moliyaviy menejmentning takomillashgan mexanizmi va turli vositalaridan keng foydalanishlari kyerak. Jumladan moliyaviy hisobotni olib borishda uning quyidagi asosiy konsepsiyalariga amal qilish zarur: — pulning davriy qiymatini hisobga olish va baholash konsepsiyasi — inflyatsiya va tavakkalchilik omiliarini hisobga olish konsepsiyasi; — likvidlik konsepsiyasi va boshqalar. Moliyaviy hisobot — bu korxonaning ahvoli va faoliyati haqida foydalanuvchilarga tegishli axborot berish va uning moliyaviy ahvolini kamida bir yildagi (oylar va choraklar) o‘zgarishini ko‘rsatishdir. Rejali iqtisodiyot sharoitida buxgaltyeriya hisobining asosiy vazifasi axborotlarni davlat boshqaruv organlari uchun tayyorlab berish va uni taqdim etish bo‘lsa, hozirgi paytda bu ishlar talab va taklif asosida amalga oshirilmoqda. Bu borada buxgaltyeriya hisobi va hisobotidan quyidagi ko‘rsatkichlar va majburiyatlar talab qilinadi: 11 — ishlab chiqarishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari; — budjetga to‘lanadigan ajratmalarning foizlari va boshqalar. Korxonalar bergan moliyaviy hisobotlari asosida davlat organlari tomonidan ixchamlashtiriladi va ularni yanada rivojlantirish uchun tegishli qarorlar qabul qilinadi. Buning natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkning hajmi oshadi va tuzilmasi takomillashadi. Natijada korxona faoliyati bilan qiziqadigan va ish yuritadigan mulkdorlar soni ko‘payadi. Undan tashqari korxona o‘zining raqiblari ustidan g‘olib bo‘lishiga va yaxshi moliyaviy natijalarga ega bo‘lishiga yordam beradigan boshqaruv yechimlarini izlashga majbur bo‘ladi. Shu tufayli u bozor kon'yukturasini chuqur, har tomonlama mukammal o‘rganadi, o‘zining faoliyatini mustaqil tarzda rejalashtiradi hamda tovar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste'molchilarni izlab topib sotiladigan (sotib olinadigan) mahsulotlarning narxini belgilaydi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarni davlat budjeti bilan moliyalash va kreditlash yildan-yilga murakkablashib borishi sababli ular uchun asosiy moliyaviy resurs manbai bo‘lmay qoldi. Shuning uchun korxonalar raqobat muhitini yaratishda faqatgina xaridor va bozorni egallash uchun emas, balki tijorat banklarining ularga ajratadigan kreditlari hamda salohiyatli ichki va tashqi investorlarning ularga byeradigan mablag‘lari uchun ham kurashadilar. Shu sababali boshqaruv yechimlarini qabul qilish va erishilgan natijalarni to‘g‘ri baholash uchun zarur bo‘lgan tegishli ma’lumotlarga ehtiyoj tug‘iladi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgaltyeriya hisobi statistik va hisobchilik funksiyasini tugallab, investorlar qo‘lidagi mablag‘ni korxonaga kiritish uchun yig‘ish, qayta ishlash va uzatish quroliga aylandi. Shunday qilib, xo‘jalik sub'ektining faoliyati to‘g‘risidagi aniq ma'lumotlarni olgan investorlar unga investitsiyani kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida bir qarorga keladilar. Korxona moliyaviy faoliyatidan manfaatdor taraflarni shartli ravishda ikkiga ajratsa bo‘ladi: a) tashqi foydalanuvchilar; b) ichki foydalanuvchilar. Ichki foydalanuvchilarga korxonaning boshqaruv xodimlari kiradi. Ular ishlab chiqarish va moliyaviy xaraktyerdagi turli xil qarorlarni qabul qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bunday qarorlarni qabul qilish uchun aniq va to‘liq ma'lumot kerak, aks holda korxona katta zarar ko‘rishi va hattoki bankrot bo‘lishi mumkin. 12 Bundan tashqari moliyaviy hisobotlar korxona va uning tashqi muhiti orasidagi bog‘lovchi vosita hisoblanadi. Bozor sharoitida korxonalar tashqi foydalanuvchilariga o‘zlarining moliyaviy hisobotini taqdim etishdan maqsadi moliyaviy bozorlardan qo‘shimcha kurslarga ega bo‘lishdan iborat. Korxona va moliyaviy bozorlar o‘rtasidagi samarali aloqaning o‘rnatilishiga va o‘zgarishiga korxonaning yuqori boshqaruv bo‘g‘nining moliyaviy menejyerlari mas'uldirlar. Shuning uchun menejyerlarga moliyaviy hisobot juda muhim zero, ular bu hisobotni tashqi foydalanuvchilar qanday tarzda olishi va undan kelib chiqib qanday qaror qabul qilishlarini bilishlari kerak. Tashqi foydalanuvchilar o‘z navbatida moliyaviy faoliyat bilan bevosita qiziquvchilardan iborat bolib ularga quyidagilar kiradi: — Korxonaning tashqi va potensial mulkdorlari; — Hisobotni qo‘llovchi hozirgi va potensial kreditorlari; — Mahsulotni sotuvchi va sotib oluvchilari; — Soliq siyosatini belgilovchi davlat organlari. — Hisobotlar bilan qiziquvchi kompaniyalarning xizmatchilari. Moliyaviy yillik hisobot natijalaridan foydalanuvchilarning ayrimlari ro‘yxatini quyida keltiramiz: — investorlarni himoya qilish maqsadida hisobotning qonunlarga va qabul qilingan umumiy qoidalarga asosan bajarilishini tekshiruvchi auditorlik xizmati; — moliyaviy masalalar bo‘yicha maslahatchilar (ular o‘zlarining mijozlariga kapitalni u yoki bu kompaniyaga qo‘yish bo‘yicha maslahat berish uchun tegishli hisobotdan foydalanadilar); — qimmatli qog‘ozlar birjasi; — kompaniya faoliyati to‘xtab qolishi bilan hisobot tuzish va hisob yuritish metodini o‘zgartirish zaruratini baholaydigan va firmalami ro‘yxatga olish haqida qaror qabul qiluvchi davlat tashkilotlari; — qonun chiqaruvchi organlar; — kontrakt shartlarining bajarilishini baholash, dividendlar to‘lash va foydani taqsimlashda qonunchilik me'yorlariga rioya etish; — matbuot va axborot agentliklari (ular hisobotdan kompaniya faoliyatini tahlil qilish va rivojlanish tendensiyasini baholash va sharhlash maqsadida foydalanadi); 13 — savdo - ishlab chiqaruvchi assotsiasiyalar (ular hisobotdan natijalarni hisoblash va tahlil qilish va umumiy statistik hisobot uchun foydalanadi); — kasaba uyushmalari (ular kasaba uyushmasi a'zolarining maoshlari va mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha o‘zlarining talablarini aniqlash va shu korxonaning rivojlanish tendensiyalarini baholash maqsadida foydalanadilar); 1- shakl Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling