H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
Uzoq muddatli aktivlar — bularga bir yildan ortiq muddat davomida
16 ishlatilgan va o‘z faoliyatini yurgizish uchun korxona tomonidan sotib olingan va sotishga mo‘ljallangan resurslar kiradi. Uzoq muddatli aktivlarga korxonaga tegishli asosiy vositalar, ya'ni xizmat muddati bir yildan ortiq va bir donasi (komplekt)ning bahosi sotib olish sanasida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik borobaridan ortiq bo‘lgan resurslar kiradi va korxona balansining birinchi bo‘limida aks ettiriladi. Korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga quyidagilar kiradi: — pul mablag‘lari; — qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalari; — debitorlik qarzlari; — moddiy va ishlab chiqarish zahiralari. Korxonaning pul mablag‘lari tez likvidlanadigan mablag‘lardan hisoblanadi va kundalik, joriy to‘lovlarni, qarzlarni uzishda foydalaniladi. Pul mablag‘larini ishlatishga ma'lum chegaralar quyilgan bo‘lsa va korxonaning bankdagi hisob raqamlaridan uni ba'zi bir sabab tufayli olinishi mumkin bo‘lmasa hamda joriy to‘lovlarni to‘lashga mo‘ljallanmagan bo‘lsa bunday pul va shunga o‘xshagan boshqa mablag‘larni aylanma vositalar tarkibiga kiritmaslik kerak. Qarama-qarshi tendensiyalar (ta'sirlar) asosida naqd pulning optimal qiymati aniqlanadi. Korxonaning ishbilarmonlik reputasiyasi va paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan kon'yukturaviy qiyinchiliklar korxonani ma'lum pul zahiralariga ega bo‘lishni taqoza etadi. Bu o‘z vaqtida joriy majburiyatlarni uzishga, mehnatga o‘z vaqtida haq to‘lash, ishlab chiqarishni rivojlantirish va shu kabilarni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladi. Pul mablag‘larining yo‘qligi va inflyatsiya darajasining o‘sishi korxonani bankrotlikka olib kelishi mumkin. Undan tashqari inflyatsiya o‘z navbatida bo‘sh qolgan mablag‘larning ko‘payishiga olib keladi va uning tasirida kerak bo‘lgan to‘lovlarni to‘lashga kundan-kunga yanada ko‘proq mablag‘ zarur bo‘ladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling