H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Budjetning ijrosi.
Budjetni tasdiqlash.
Budjet tegishli qonuniy hokimiyat organi tomonidan yangi yilgacha bo‘lgan muddatda tasdiqlanadi. Budjet loyihasi to‘g‘risidagi doklad ma'muriyat rahbari yoki uning o‘rinbosari va qo‘shimcha doklad esa — budjet-moliya komissiyasining raisi tomonidan qilinadi. Qabul qilingan viloyat budjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi: — daromadlarning hajmi; — xarajatlarning hajmi; — budjet defitsiti (budjet daromadlarining xarajatlaridan ko‘pligi); — joriy xarajatlarning hajmi; — rivojlantirish xarajatlarining hajmi; — kassadagi naqd pullarning aylanishi; — budjetning daromadli manbalari; — budjet daromadlarining imzosi; — himoya qilingan moddalarning ro‘yxati; — tartibga solinadigan daromadlar bo‘yicha me'yoriy ajratmalar; — quyi hududiy budjetlarga byeriladigan dotatsiyalar va subsidiyalar; — tahririyat komissiyasi tomonidan qabul qilingan o‘zgarishlar; — budjetni ijro etuvchi organlarga va mas'ul shaxslarga beriladigan topshiriq. Qabul qilingan qaror va tasdiqlangan budjet to‘g‘risidagi qonun tegishli axborot vositalari tomonidan chop etiladi va bir oy mobaynida aholiga yetkaziladi. Budjetning ijrosi. Viloyat doirasida o‘z-o‘zini boshqaruvning ijrochi hokimiyat organi budjet ijrosi tartibini uni tasdiqlangan kundan boshlab ikki hafta mobaynida o‘rnatadi. Agar budjetni bajarishda belgilangan defitsit darajasi oshib ketsa, unda mahalliy hokimiyat organlari va boshqarmalar xarajatlarni qisqartirish (sekvestra) mexanizmini kiritish to‘g‘risida kelishilgan qaror qabul qiladilar. Budjetni bajarish mobaynida viloyat hukumati qonuniy hokimiyatni budjetning bajarilishidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ogohlantirib qo‘yadi. Uning asosida kelishilgan tadbirlar va qarorlar qabul qilinadi. 54 Budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ijrochi hokimiyat tasdiqlash uchun qonuniy hokimiyat organiga keyingi yil mart oyining 30 sanasigacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rnatgan shakl bo‘yicha taqdim etadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling