H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Aylanma mablag‘lar va ulami mofiyaviy boshqarish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Aylanma mablag‘lar va ulami mofiyaviy boshqarish 
Har qanday korxona normal faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy kapital bilan 
bir qatorda aylanma kapitalga ham ega bo‘lishi kerak. 
Aylanma kapital — bu ishlab chiqarishning aylanma fondlari va 
muomaladagi fondlarini barpo etish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridir. Ishlab 
chiqarishdagi aylanma fondlarning va muomaladagi fondlarning mavjudligi pul 
mablag‘larining aylanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitni yaratadi. Bu esa o‘z 
navbatida korxonaning yakuniy natijasi bo‘lmish foydani yuzaga keltiradi. Bu 
jarayon uchta bosqichda olib boriladi, ular aylanma kapitalning doiraviy aylanish 
bosqichlari deb ataladi. 
Birinchi bosqich muomala sohasida amalga oshadi. Bunda korxonadagi 
mavjud bo‘lgan pul mablag‘larini, ya'ni korxona tashkil topgan vaqtdagi yoki tovar 
va xizmatlarni sotish orqali tushgan pul mablag‘lari ishlab chiqarish jarayonini 
boshlash (yoki davom ettirish) maqsadida tovar-moddiy boyliklarga aylantiriladi. 
Bunday tovar-moddiy boyliklarning yig‘indisi ishlab chiqarish zahiralari deyiladi. 
Aylanma kapitalning doiraviy aylanishining birinchi bosqichi quyidagi ko‘rinishda 
ifodalanadi: 
P-> T -> IChZ; 
Bu yerda: P — korxonaning tashkil bo‘lgan vaqtidagi yoki mahsulot 
(xizmat) ni sotish orqali topgan pul mablag‘lari; 
T — korxona tomonidan ishlab chiqarishni tashkii etish (yoki davom 
ettirish) maqsadida sotib olingan tovar — moddiy boylik-lar; 
IChZ — ishlab chiqarish zahiralari, ya'ni korxona omborida mavjud bo‘lgart 
tovar - moddiy boyliklar. 
Aylanma kapital doiraviy aylanishining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish 
jarayoni deb ataladi. Bu bosqichda ishlab chiqarish zahiralari ish kuchi ta'siri ostida 
tayyor mahsulotga aylantiriladi, ya'ni tugallanmagan ishlab chiqarish 
61


moddiylashtiriladi va aynan shu jarayon korxonaning foyda olishi uchun asosiy 
manba hisoblanadi. Bu bosqichni quyidagicha ifodalash mumkin: 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling