H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- TM - > T > P ;
- P-> TChZ -> TlCh -> TM -> T -> P Shundan kelib chiqqan holda: P=P+AP
IChZ-> TICh->TM;
Bu yerda: TlCh- tugallanmagan ishlab chiqarish; TM — tayyor mahsulot. Bunda shuni ta'kidlab o‘tish kyerakki, ishlab chiqarish zahiralari ombor hisobidan chiqazilib ularni ishlab chiqarishga o‘tkazish vaqtida tugallanmangan ishlab chiqarish shakliga o‘tadi. Uchinchi bosqichda aylanma kapital yana muomala sohasiga qaytadi. Unda tayyor mahsulot realizatsiya qilinadi. Aylanma kapital doiraviy aylanishi pulning korxona hisob raqamiga tushishi bilan yakunlanadi. TM - > T > P ; bu yerda: T — tovar shaklida ifodalangan, ya'ni o‘z xaridoriga ega bo‘lgan korxonaning tovar mahsulotlari (tovarlar, ish va xizmatlari); P — korxonaning tashkil bo‘lgan vaqtidagi yoki mahsulot (xizmat)ni sotish orqali topgan pul mablag‘lari. Shunday qilib, aylanma kapitalning to‘liq doiraviy aylanishini sxematik ko‘rinishda quyidagicha ifoda eta olamiz. P-> TChZ -> TlCh -> TM -> T -> P Shundan kelib chiqqan holda: P=P+AP bu yerda: AP — aylanma kapitalning o‘zgargan miqdori. Agar AP > O bo‘lsa, demak aylanma kapital ko‘paymagan hisoblanadi, ya'ni korxona norentabel yoki boshqacha qilib aytganda, zarar bilan ishlayotgan bo‘ladi. Bu yerda shuni aytish lozimki, korxonaning normal faoliyat ko‘rsatishi va kapitalning doiraviy aylanishi uzluksiz bo‘tishi uchun aylanma vositalar bir paytning o‘zida, ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida va hamma shakllarida bo‘lishi kerak, chunki aylanma vositalar biron-bir elementining ishlab chiqarishda bo‘lmasligi, ya'ni kerak vaqtda yo‘q bo‘lishi doiraviy aylanishning to‘xtashiga olib keladi. Yuqorida keltiriigan ta'rifga binoan, aylanma kapital ikki qismga bo‘linadi: ishlab chiqarishning aylanma fondlari; muomala fondlari. Ishlab chiqarish aylanma fondlari quyidagilardan tashkil topadi: 62 — mehnat ashyolari (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘ilar); — mehnat vositalari (yukni tashish jihozlari, ehtiyot qismlar, buyum va asboblar, kam qiymatli va tez yemiriluvchi vositalar); — tugallanmagan ishlab chiqarish; — istiqboldagi xarajatlar. Muomala fondlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: — korxonaning tayyor mahsulot zahirasiga qo‘shgan mablag‘lari; — korxona hisob raqamidagi va kassasidagi pul mablagiari; — hisob-kitobdagi mablag‘lari. Ma′lumki, aylanma kapital doimo ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmangan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va shu kabi shakllarda bir vaqtning o‘zida harakatda bo‘ladi. Demak, korxona bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlariga ega bo‘ladi. Shuning uchun har bir korxona unga zarur bo‘lgan aylanma fondlarni xarid qilishga qodir bo‘lishi kerak, ya'ni mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish jarayonini yetarli darajada ta'minlay oladigan aylanma kapitalga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun korxona quyidagi aylanma kapital mablag‘larini shakllantirishi mumkin: — o‘zining; — qarzga olingan; — jalb qilingan. Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan aylanma vositalar — bu korxona taslikil bo‘lgan vaqtdan boshlab yoki takror ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotni sotish natijasida yaratilgan aylanma kapitaldir. Korxonaning aylanma vositalarining shakllanish manbalari va ularning miqdorini aniqlash haqida keyinroq bayon etiladi. Bu yerda shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, bu vositalar aylanma kapitalning barcha elementlarini optimal ravishda ta'minlash uchun zarurdir. Korxonaning qarzga olgan aylanma vositalari — bu qisqa muddatli bank ssudalari bo‘lib, vaqtincha zarur bo‘lgan ehtiyojini qoplashga belgilangan muddatda qaytarib berish, uni o‘z vaqtida ta'minlash va to‘lash shartlari bilan jalb qilingan mablag‘lardir. Aylanma kapitalni shakllantirishga jalb qilingan manbaga asosan boshqa korxonalarning, kreditorlik qarz mablag‘lari kiradi. Aylanma 63 kapitalni shakllantirishda va miqdorini aniqlashda, korxonalar aylanma kapitalini tashkil etish prinsiplariga bog‘liq bo‘lgan uning ayrim elementlarining turli xaraktyerlarini ham hisobga olishlari kerak. Aylanma kapitalning ayrim elementlarini tashkil etishning ikki prinsipi mavjuddir: 1. Aniq optimal miqdor (normativ) doirasida aylanma kapitalning elementlarini shakllantirish; 2. Chegaralanmagan aylanma kapitalning elementlarini, ya'ni normalashtirilmagan aylanma vositalarni shakltantirish. Normalashtirilgan aylanma kapitalga quyidagilar kiradi: — ishlab chiqarish zahiralari; — tugallanmagan ishab chiqarish; — istiqbolidagi xarajatlar; — tayyor mahsulot. Normalashtirilmagan aylanma kapitalga quyidagilar kiradi: korxonaning hisob raqami va kassasidagi pul mablag‘lari; hisobdagi mablag‘lar. Aylanma kpitalning normalashtiriigan va normalashtirilmagan qismlarga bo‘linishining asosiy sababi shundan iboratki, uning normalashtirilgan qismi azaldan aniq berilgan miqdor (normativ) dan ko‘p yoki kam bo‘Iishi mumkinmas normalashtirilmagani esa xohlagancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Aylanma kapitalni boshqarishda uning ikki prinsipini hisobga olish kerak, chunki bunga amal qilinmasa olinadigan foyda kamayib ketishi mumkin. Aylanma mablag‘lar normativining yuqori bo‘lishi, o‘z navbatida, ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan zahiralarning ko‘payishiga olib keladi. Ishlab chiqarish zahiralari ko‘payishi va foyda kamayishining asosiy sabablaridan biri — bu aylanma kapital aylanish tezligining sekinlashuvidir. Shunday qilib, aylanma kapitalni boshqarishdagi moliyaviy munosabatlarning o‘zgarishi faqat uni o‘tgan davr bilan taqqoslaganda vujudga keladi. Ushbu moliyaviy munosabatlar ikki turga bo‘linadi: — aylanma mablag‘ ko‘paygan holda qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishdagi munosabatlar; — aylanma mablag‘ kamaygan holda ortiqcha qo‘shimcha moliyaviy resurslardan foydalanishdagi munosabatlar. Birinchi holatda korxonada aylanma mablag‘lar normativining o‘sishini 64 shakllantirish manbalarini izlash borasida muammo paydo bo‘ladi. Ushbu o‘sishning moliyaviy manbalari quyidagilardan iboratdir: — korxonaning o‘z mablag‘lari; — banklarning qisqa muddatli kreditlari; — budjetdan ajratmalar. Aylanma mablag‘lar normativining o‘sishi o‘zining manbalari hisobidan, korxonaning jamg‘arma fondi hisobidan, yoki oldingi yillarda vujudga kelgan ortiqcha aylanma mablag‘lari hisobidan, shuningdek barqaror passivlar summasining ko‘payishi hisobidan moliyalashtirilishi mumkin bo‘ladi. Barqaror passivlarga quyidagilar kiradi: — ishchi va xizmatchilarga to‘lanadigan ish haqining minimal qarzdorligi (ijtimoiy sug‘urtasi bilan); — istiqboldagi xarajatlar va to‘lovlarni qoplash rezyervi; — qisman tayyor bo‘lgan mahsulotga haq to‘lash tartibida olingan kreditorlarning mablag‘lari; — sotib oluvchilar tomonidan qaytariladigan taralar bo‘yicha kafolatlangan mablag‘lar. Umuman olganda, moliyaviy ahvolning barqarorligi, barcha aylanma kapitaldan samarali foydalanish orqali ta'minlanadi. Aylanma kapitaldan samarali foydalanishning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: — korxonaning to‘lovchanlik qobiliyati; — korxonaning likvidligi; — aylanma kapitalning aylanish tezligi; — korxonaning moliyaviy barqarorligi va boshqalar. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling