H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


- BOB. Mahalliy budjet va uning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishning


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

10- BOB. Mahalliy budjet va uning moliyaviy imkoniyatlarini oshirishning 
ahamiyati 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, bozor iqtisodiyoti 
munosabatlariga o‘tgandan keyin mamlakat moliya siyosatining mazmuni tubdan 
o‘zgarib, budjet tizimini mustahkamlash uning tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. Hozirgi 
sharoitda budjet davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim vositasi bo‘lib bormoqda 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida budjet tizimi sobiq ittifoq davrida 
shakllantirilgan edi. O‘shanda u mamlakat xalq xo‘jaligi boshqaruv tizimining 
ma'muriy taqsimotiga va xususiyatlariga javob berardi. Yagonalik tamoyili, 
demokratik markazlashuv va milliy siyosat unda quyidagi xususiyatlarni 
(yagonalik, to‘liqlik, reallik, moslashuvchanlik va budjet tizimiga kiruvchi barcha 
darajadagi budjetlarning mustaqqilligi) shakllantirdi: Bugungi kunda davlat budjeti 
Respublika budjeti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy 
budjetlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mahalliy budjetlar ma'lum bir mintaqadagi 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladigan xo‘jalik 
va madaniy tadbirlarni zarur pul mablag‘lari bilan moliyalashtiradi. 
Mahalliy budjet — davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul 
mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi, unda daromadlar manbalari va 
ulardan tushum miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniqlangan maqsadlar 
uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. 
Mahalliy budjet davlat budjetining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, 
u orqali hududlarning ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanishi moliyaviy mablag‘lar bilan 
ta'minlab boriladi. Mahalliy budjetlar O‘zbekiston Respublikasining budjet 
tizimining asosiy qismi sifatida o‘zida 14 ta mustaqil budjetni qamrab oladi. 
Mahalliy budjetlar hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishidagi 
rolini quyidagi jadval orqali ko‘rishimiz mumkin. 
1-jadval 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling