H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Yer solig‘i.
Soliq stavkasi. Yuridik shaxslar mulki 3 foizli stavka bo‘yicha soliqqa
tortiladi. To‘lovchilarning ayrim toifalari va mulk turlari uchun bu stavka o‘zgarishi mumkin. Yuridik shaxslar normativ muddatlarda o‘rnatilmagan va foydalanilmayotgan uskunalar uchun ikki baravar stavka bo‘yicha soliq to‘lashadi. Jismoniy shaxslar mulki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalar bo‘yicha soliqqa tortiladi. Soliq bo‘yicha imtiyozlar yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida belgilanadi. Masalan, yuridik shaxslarning ijtimoiy xayriya yoki boshqa maqsadlar uchun yaratilgan mulki tadbirkorlik faoliyatidan daromad olish ko‘zlanmagan va tegishli ta'sis hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularga soliq solinmaydi. Amaldagi qonunchilikda yangi tashkil qilingan korxonalar ro‘yxatga olingan kundan boshlab ikki yil davomida ular uchun ham imtiyozlar berilishi nazarda tutilgan. Agar bu korxonalardan ijaraga olingan uskunalar ishlayotgan bo‘lsa ushbu imtiyozlar ularga qo‘llanmaydi. Bundan tashqari qonunchilikda vaqtincha mol-mulk solig‘idan ozod qilinadigan imtiyozlar ham bor. Nodavlat ta'lim muassasalari tomonidan moddiy texnika bazasini mustahkamlash, uskunalarni, jihozlarni, didaktik materiallarni, bolalar o‘yinchoqlarini va adabiyotlarni sotib olish uchun sarflansa, ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab uch yil mobaynida soliq to‘lashdan ozod qilinadilar. 2. Yer solig‘i. Yer solig‘ining huquqiy tartibga solish manbalari soliq kodeksining VII bo‘limida va ,,Yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida“gi yo‘riqnoma asosida hisoblanadi. Bunga o‘z ixtiyorlarida yeri bo‘lgan yuridik shaxs egalari kiradi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i o‘rniga budjetga ijara haqi to‘lashadi. Ijara haqi tomonlar kelishuviga ko‘ra bir stavkadan kam va uch stavkadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilangan. Bunda yer qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanilsa — unda ular uchun qonunda ko‘rsatilgan yer solig‘ining bir stavkasi miqdorida 77 to‘lanadi. Yuridik shaxslar uchun soliq solish ob'ekti bo‘lib quyidagi yer uchastkalari hisoblanadi: — qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z mulki qilib rasmiylashtirib olingan yerlar; — qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligiga, shuningdek, korxonalarga bino va inshootlarni qurish yoki boshqa maqsadlari uchun berilgan yerlar; ― korxonalar, binolar va inshootlarga mulkchilik huquqi bilan birga yerga egalik va foydalanish huquqi asosida berilgan yer uchastkalari. Jismoniy shaxslar uchun soliq solish ob'yektiga quyiladagi yer uchastkalari kiradi: 1. Uy-joy huzurida va jamoatchilik ixtiyorida bo‘lgan yerlar, jumladan: a) shaxsiy tomarqa xo‘jaligi (dehqon xo‘jaligi)ni yuritish uchun umrbod meros qilib beritgan yerlar; b) yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun umrbod meros qilib berilgan yerlar; v) jamoa, bog‘dorchilik, uzumchilik va poliz ekinlari uchun berilgan yerlar; g) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari; 2. Meros bo‘yicha sovg‘a qilish yoki sotib olish natijasida turar joy, dala hovli bilan birga o‘tgan yerlarga egalik huquqi. 3. Qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari. Dehqon xo‘jaliklaridan undirib olinadigan yer solig‘i hisoblanayotgan vaqtda uning stavkalariga yerlarning sifatiga qarab quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi: tuproq boniteti 40 ballgacha bo‘lganida — 0,75; 41 dan 70 ballgacha bo‘lganida — 1,0 va 70 balldan yuqori bo‘lganida -1,25. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar: — soliqqa tortilmaydigan yerlar; — ayrim yuridik shaxslarni soliqdan ozod qilish; — jismoniy shaxslarning ayrim toifalarini soliq to‘lashdan ozod qilish. Soliqqa tortilmaydigan yerlar: tarixiy va madaniy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar, shahar va boshqa aholi punktlari uchun umumiy tarzda foydalaniladigan yerlar, tabiatni muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan yerlar va boshqalar. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling