bilan savdo qilishdan tashqari) va O‘zbekiston
Respublikasi hududida savdo
qiluvchi shaxslardir. Savdo qilish huquqini olish uchun yig‘im to‘lanadi.
Savdo
qilish huquqi buning uchun beriladigan ruxsatnomasi bilan tasdiqlanadi. Savdo
huquqi uchun yig‘im stavkasi bir oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3-5
baravarini tashkil etadi.
Tovarlarning ayrim turlari, shu jumladan spirtli ichimliklar
va tamaki mahsulotlari bilan savdo huquqi uchun litsenzion yig‘im alohida
to‘lanadi. Bu yig‘im stavkasi spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari bilan bir
oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida belgilangan. Savdo
huquqi uchun ruxsat guvohnomasi joylardagi davlat hokimiyati organlari
tomonidan ariza beruvchi (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor) ning
arizasida ko‘rsatilgan, ammo qonunchilikda belgilangan muddatdan ortiq
bo‘lmagan muddatga benladi.
* Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘uilanuvchi yuridik shaxslar va
jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im.
Ushbu yig‘imning to‘lovchilari yuridik shaxs bo‘lmay turib, tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan, yangidan
tuzilayotgan yuridik yoki
jismoniy shaxslar hisoblanadi. Yig‘im stavkasi - eng kam ish haqining 5 baravarini
tashkil etadi. Davlat negizida tuzilgan aksiyadorlik jamiyatlari va dehqon
xo‘jaliklari ushbu soliqni to‘lashdan ozod qilinadilar.
Yangidan tuzilayotgan yuridik shaxs uchun yig‘imni
uning muassislari
(yuridik va jismoniy shaxslar) to‘lashi mumkin. Yig‘im yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan ro‘yxatga olish to‘g‘risida ariza berilguniga qadar bank
muassasalari orqali mahalliy budjetga beriladi.
Ma'lumki, budjet tizimi daromadlari ularni u yoki
bu darajadagi budjetlar
daromadlariga kiritish tartibi va shartlariga qarab tasniflash mumkin. Ushbu mezon
bo‘yicha mustahkamlangan (biriktirilgan) va tartibga soluvchi daromadlarga
ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: