H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Mustahkamlangan (biriktirilgan) daromadlar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Mustahkamlangan (biriktirilgan) daromadlar tegishli budjetga doimiy 
yoki uzoq muddatli asosda to‘liq yoki qisman (qat'iy me'yorda) kelib tushadigan 
daromadlardir. Bunday daromadlarga tegishli budjetlarga biriktirib qo‘yilgan 
daromadlar kiradi. Budjet tizimining u yoki bu darajasiga ushbu daromadlarni 
biriktirib qo‘yishning huquqiy asosi soliq va budjet qonunchiligi hisoblanadi. 
Masalan, ,,Soliq kodeksi“ da nazarda tutilgan mahalliy soliqlar mahalliy budjetga 
to‘liq o‘tkaziladi. (7-modda). Respublikamizning budjet qonunchiligiga muvofiq, 
odatda, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig‘i, suv 
80


resurslaridan foydalanganlik uchun soliq kabi umumdavlat soliqlari turli darajadagi 
budjetlar o‘rtasida taqsimlanmaydi va ular to‘la hajmda mamlakat budjeti yoki 
mahalliy budjet hisobiga o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
kengashi, viloyatlar hokimiyatlari moliya organlarining takliflari bo‘yicha mahalliy 
soliqlar qaysi darajadagi budjetga, jumladan yuqori budjetga to‘la hajmda 
o‘tkazilishini belgilaydi. Turli darajadagi budjetlaiga ajratmalar normativlari 
belgilangan va mahalliy budjetlarga to‘la hajmda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 
umumdavlat soliqlari soliq to‘lovchi joylashgan shahar, tuman, hududidagi 
mahalliy budjetlarga kelib tushadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra daromadlarni 
bunday biriktirib qo‘yish tizimi o‘zini to‘la oqlaydi. Chunki bunda ayrim 
budjetlarni tuzish texnikasi soddalashadi, u yoki bu darajadagi budjet tizimiga 
to‘liq kelib tushadigan daromadlar ro‘yxati oldindan ma'lum bo‘lishi bilan 
bog‘liqdir. Undan tashqari bu mahalliy organlarning budjeti mustaqilligini 
oshiradi. 
Biriktirib qo‘yilgan daromadlar ro‘yxatini belgilashda budjet tizimi 
samaradorligiga ta'sir etuvchi ba'zi omillami aniqlash kerak. Xususan, bunda 
daromadlarni taqsimlashda ayrim budjetlarda ortiqcha daromadlar hosil bo‘lib, 
qolganlarida ularning yetishmasligi kuzatilishi mumkin, ya'ni bunda 
nomutanosiblik bo‘lishiga yo‘1 qo‘ymaslik kerak. Masalan, sanoati rivojlangan 
hududlarda yuridik shaxslardan daromad yoki foyda solig‘i bo‘yicha kelib 
tushadigan tushumlar hajmi yuqori bo‘ladi. Shu sababli ulardan biriktirib qo‘yilgan 
daromad sifatida foydalanish mahalliy budjet daromadlarini taqsimlashda 
nomutanosiblikka olib kelishi mumkin. Mahalliy budjetlarga o‘z funksiyalarini 
bajarish uchun soliqlarni biriktirib qo‘yilar ekan, avvalo bu soliqlar qanday soliqlar 
bo‘lishi va bu holatning iqtisodiyotga ta'sirini aniqlab olish kerak. 
Mahalliy soliqlar, eng avvalo, resurslarning tarmoqlararo taqsimlanishiga 
ta'sir qilmasligi, soliq yukini boshqa ma'muriy birliklarga yuklamasligi kerak. 
Mahalliy soliqlar yetarlicha egiluvchan va davlat xarajatlari bilan proporsional 
ravishda o‘zgarishi kerak. 
Bulardan tashqari, markaziy hukumat mahalliy hokimiyat organlari ustidan 
samarali nazoratni amalga oshirishi va mahalliy hukumat organlarini qo‘Ilab — 
quvvatlashi maqsadida ularni boshqarib tura olishi kerak. Aks holda budjetlar 
nazoratini qiyinlashtiradi va korrupsiyaning kuchayishiga olib keladi. 
Budjetlarni tartibga soluvchi daromadlari yuqori darajadagi budjet 
tizimidan quyi budjetga, respublika budjetidan — viloyat budjetlariga, (viloyat 
81


budjetidan — tuman budjetlariga va h.k.) o‘tkaziladigan mablag‘lardan iborat. 
Tartibga solinuvchi daromadlarga umumdavlat soliqlari va boshqa to‘lovIar kirib, 
ular bo‘yicha keyingi moliya yili uchun mahalliy budjetlarga ajratmalar (foizlarda) 
normativlari belgilanadi. Bu normativlar O‘zbekiston Respublikasi budjet 
tizimining tartibga solinuvchi daromadlarini beruvchi budjetlar to‘g‘risidagi 
huquqiy xujjat yoki davlatimiz budjet tizimining boshqa darajadagi budjetdan unga 
beriladigan tartibga soluvchi daromadlarni taqsimlaydigan darajadagi budjet 
to‘g‘risidagi qarorlar bilan belgilanadi. 
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy budjetlar tarkibida birinchi 
moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar va yig‘imlar mahalliy budjetga 
biriktirilgan xarajatlarini moliyalashda yetarli moliyaviy manba bo‘la olmaydi. 
Byudjet parametrlarini belgilash vaqtida umumdavlat soliqlaridan ajratmalar 
belgilanadi. Bu jarayon har yili budjet parametrlarini tasdiqlash paytida ishlab 
chiqiladi va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan belgilanadi. 
Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ulushi har yili mahalliy budjetlarning 
o‘z daromadlarining tushumi va ular tomonidan amalga oshiriladigan 
xarajatlarning miqdoriga qarab o‘zgartirib boriladi. 
Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, Respublika budjetiga 
tushadigan soliqlardan mahalliy budjetlarni boshqarib borish uchun ajratma 
sifatida tushishi mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy budjetlarning o‘z daromad 
manbalari (soliqlari) ko‘payib qolsa, umumdavlat soliqlaridan ajratma berishning 
hojati qolmaydi. 
Umumdavlat va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo‘lib, budjetga 
to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlardir. 
Shu bilan birga, umumdavlat soliqlarining ayrim turlari ham mahalliy 
budjetlarni to‘ldirish manbai sifatida mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldirilishi 
mumkin. Quyidagi jadvalda Respublika budjetidan mahalliy budjetlarga 
umumdavlat soliqlari va yig‘imlaridan ajratmalar keltirilgan. 
Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxandaryo, Sirdaryo va Xorazm 
viloyatlarida yagona yer solig‘idan tashqari boshqa soliqlar yuz foiz ajratilgan. 
Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida daromadlarining 
ko‘pligi sabab Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliqdan tashqari 
boshqa soliqlar kamida 5 foizgacha ajratilgan. Chunki bu viloyatlar sanoati 
rivojlangan bo‘lib ularning daromadlari o‘z xarajatlarining aksariyat qismini 
82


qoplay oladi. 
2-jadval 
 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling