nazarda tutilgan. Bu hisoblash va Moliya Vazirligining Infratuzilmani
rivojlantirish
uchun soliqni hisoblash va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma asosida
tartibga solinadi.
Ushbu soliqni to‘lovchilarga ayrim toifadagi yuridik shaxslar kiradi va ular
uchun soliq solishning alohida tartibi belgilangan.
Infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq hisoblanayotgan
vaqtda soliq solish
ob'ekti barcha turdagi soliqlar to‘lab bo‘lgandan keyin korxona ixtiyorida
qoladigan sof foyda hisoblanadi. Infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqning
chegara stavkasi soliq solish ob'ektiga nisbatan 8 foiz miqdorda belgilangan.
Infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblar
choraklik va yillik
moliyaviy hisobotlarni topshirish muddatlarida davlat soliq xizmati organlariga
taqdim etiladi.
* Transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz uchun
jismoniy shaxslardan olinadigan soliq 2002 yil 1 yanvardan boshlab ularga
to‘lanadigan jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliq o‘rniga joriy etilgan.
Bunda stavkalarni o‘rnatish tartibi Infratuzilmani
rivojlantirish uchun soliq
hisoblash va budjetga toiash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 5-bandiga
muvofiq ravishda belgilangan. Ushbu soliq to‘lovini huquqiy tartibga solishning
asosiy manbai jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin,
dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatilgani uchun olinadigan soliqni hisoblash va to‘lash
to‘g‘risidagi yo‘riqnomadir. Mazkur soliq to‘lovchilari, mulkchilik shaklidan qat'iy
nazar, jismoniy shaxslarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz sotuvchi xo‘jalik
yurituvchi sub'ektlari hisoblanadi. O‘zi ishlab chiqargan hamda chetdan sotib
olinib,
sotilgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning sof hajmi soliq solish ob'ekti
hisoblanadi. Bunda ularning sotilishi deganda, benzin, dizel va gazning jismoniy
shaxslarga sotilgani tushuniladi. Soliq stavkasi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanib, uning miqdori mamlakatning butun hududida
yagona bo‘lgan —
transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isining 1 litri 650 va
gazning 1 kub.m. uchun 15 so‘mni tashkil etadi. Soliq bank muassasalariga har 10
kunlik — dekadada, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz sotilgan oyning har o‘n kunligi
tugagandan keyin uch kundan kechiktirilmagan holda to‘lanadi,
Do'stlaringiz bilan baham: