H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Korxonaning asosiy kapitali va uni takror ishlab chiqarishda
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
Korxonaning asosiy kapitali va uni takror ishlab chiqarishda
moliyaning roli Korxona asosiy kapitalini ishlab chiqarishda moliyaning rolini o‘rganish quyidagi tushunchalarni chegaralashni taqazo etadi. Xususiy kapital — bu real asosiy kapital bilan nomoddiy aktivlarning yig‘indisi bo‘lib, aylanma mablag‘ bilan bir qatorda korxona ustav jamg‘armasini tashkil etadi. Real asosiy kapital korxonaning asosiy fondlari mol-mulklarini sotib olish yoki tugallanmagan qurilishga qilingan sarf-xarajatlardan iborat. Asosiy fondlarning tarkibiga korxonaning aktiv va passiv qismlari kiradi. Asosiy fondlarning aktiv qismi — mashina, asbob-uskunalar, xo‘jalik jihozlari, kuzatuvchi moslamalar, transport vositalari va shu kabilardan iborat. Asosiy fondlarning passiv qismi — bu bino, inshoatlar, yer uchastkalari va qazilma boyliklar va shu kabilardan tashkil topadi. Bundan tashqari asosiy fondlarning ishtirokiga qarab, ishiab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga ajratish mumkin. Korxonaning nomoddiy aktivlari ishlab chiqarishni tashkil qilish, yangi texnika va texnologiyani o‘zlashtirish, aksiya va obligatsiya chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar orqali ifodalanishi mumkin. Bundan tashqari, korxona o‘z mablag‘ining ma'lum qismini litsenziya, patent va tovar belgilari kabilarni sotib olishga sarflashi ham mumkin. Shunday qilib, real asosiy kapital bitan nomoddiy aktivlar yig‘indisi korxona miqyosidagi asosiy kapitalni tashkil etadi. Asosiy kapitalning hamma tashkil etuvchilari korxona balansiga kiritilayotganda balans qiymati orqali baholanadi. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya mablag‘lari ularning balans qiymatini amortizatsiya ajratmalarining me'yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan shakllanadi. Bunda amortizatsiyaning me'yori nomoddiy aktivini xizmat muddatiga qarab korxonaning o‘zi o‘rnatadi, lekin bu muddat 10 yildan oshmasligi kerak. Agar shartnomada uning qiymati korxona xarajatlariga o‘tkazilgan bo‘lsa ham aynan shu muddat ko‘rsatilishi kerak. Shunday qilib, amortizatsiya ajratmalari asosiy kapitalni takror ishlab 60 chiqarishning asosiy shaxsiy manbaiga korxonaning jamg‘arma fondi mablag‘lari, investitsion soliq krediti mablag‘lari, qurilishning o‘zida tashkil bo‘ladigan mablag‘lar kiradi. Bundan tashqari, yuqoridagi maqsadlarni moliyalashtirish va kreditlashtirishda bankning uzoq muddatli kreditlari, budjet ajratmalari va boshqa manbalar (chet el investitsiyalari, qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va sotish tartibiga jalb qilingan mablag‘lar va hokazo)dan foydalaniladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling