H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Mustaqil o‘rganish uchun savollar


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
l. Davlat budjeti tushunchasi nimadan iborat? 
2. Ijtimoiy - iqtisodiy hayotda davlat budjetining mohiyati va roli haqida 
so‘zlab bering. 
3. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat budjeti masalasi qanday 
tartibda amalga oshiriladi? 
4. Davlat budjetining daromad va xarajat qismlarining mazmunini aytib 
bering. 
5. Byudjetning tuzilishi to‘g‘risida gapirib bering. 
6. Mahalliy budjet va budjetdan tashqari fondlar qanday boshqariladi? 
51


8- BOB. Budjetni tashkil etish va budjet jarayoni 
Byudjet jarayoni — bu hokimiyat organlari tomonidan budjetni tuzish, uni 
taqdim etish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va uni ijro etish, shuningdek ularni o‘z 
vaqtida bajarilishini doimo nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma 
bosqichlarini tashkil etishdan iboratdir. 
,,Budjet jarayoni“ atamasi bir tomondan budjetni ishlab chiqishni va uni 
qabul qilishni, ikkinchi tomondan uning bajarilishini va uchinchi tomondan uning 
bajarilishini nazorat qilishni tartibga solishning yuridik va noyuridik prinsiplarini 
anglatadi. 
Budjet jarayoni O‘zbekiston Respublikasida budjet siyosatining quyidagi
universallik, birlik, yillik, mustaqillik va ixtisoslashuv prinsiplariga asoslangandir. 
1. Univyersaliik prinsipi budjet o‘z ichiga barcha daromadlarni va 
xarajatlarni qamrab olishi kerakligini anglatadi. 
2. Budjet xujjatlarining bir necha turi mavjudligiga qaramasdan, faqat bitta, 
ya'ni oxirgi asos qilib olinishi kerak bo‘lgan hujjat birlik prinsipini anglatadi. 
3. Yillik tamoyili har bir moliyaviy xo‘jalik kalendar yiliga faqat bitta budjet 
mavjud bo‘lishi lozimligini anglatadi. O‘zbekistondagi iqtisodiy va sotsial — 
ijtimoiy budjet tanqisligi sharoitida ushbu qoidaga nisbatan ko‘p sonli 
mutanosibliklar mayjud. 
Budjetni talab va taklif qonuniga binoan yil davomida o‘zgartirib turish 
oddiy hol bo‘lib qolgan. Bunda xo‘jalik kalendar yili chegaralarini kengaytirish 
o‘rinlidir. Jarayonlar bo‘yicha yetishmovchiliklarni aniqlab qoplash uchun 
mo‘ljallangan davr 31 dekabrdan boshlanib to kelgusi yilning 1 fevraligacha 
davom etuvchi hisob davri yoki ,,ortiqcha kunlar“ davri rasmiy ravishda 
qonunlashtiriladi. 
4. Mustaqillik prinsipi har bir bo‘limda o‘zining xususiy daromad manbai 
borligini ta'minlovchi huquqni va yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanish va xarajat 
qilishni anglatadi. 
5. Ixtisos prinsipi budjetning har bir moddasi nafaqat aniq mablag‘lar 
summasini, balki xarajatning maqsadini anglatadi. Modda - budjetning asosiy 
birligi hisoblanadi, budjet esa moddalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 
ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va Senatning qarori bilan tasdiqlanadi. 
O‘zbekistan hududida budjet jarayonining asosiy bazasi bo‘lib uni tasniflash 
(sinflarga ajratish) hisoblanadi. 
52


Budjetlarni ishlab chiqishdan oldin tayyorlov ishlari bajariladi. U aniq 
belgilangan va o‘zaro bog‘langan bosqichlarga bo‘linadi. 
Birinchidan, budjet bilan bog‘liq bo‘lgan joriy yildagi hujjatlarni o‘rganish. 
Ikkinchidan, keyingi yil vazifalarini va budjet siyosatining asosiy 
yo‘nalishlarini aniqlash. 
Uchinchidan, hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbolini bir 
yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatga belgilab berish. 
To‘rtinchidan, hokimiyat organlariga navbatdagi moliya yilining 
boshlanishidan 12- oy oldin budjet istiqboli to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish. 
Budjet jarayoni o‘z ichiga to‘rtta bosqichni oladi: 
Budjet loyihasini tayyorlash, uni ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling