H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar quyidagilardan
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy shaxslarga solinadigon soliqlar
- Egri soliq turiga kiruvchi soliqlar: 1. Aksizlar. 2. Fiskal monopoliyalari. 3. Bojxona bojlari. Soliqlardan tashqari budjetga kelib tushadigan daromadlar
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar quyidagilardan
iborat: 1. Yer solig‘i. 2. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiya solig‘i. 3. Davlat boji. 4. Reklama solig‘i. 5. Avtomashina va hisoblash texnikasini sotishdan olinadigan soliq. 6. Boshqalar. Jismoniy shaxslarga solinadigon soliqlar: 1. Daromad solig‘i. 2. Ishlab chiqarish solig‘i. 3. Meros tartibida o‘tadigan mulkka solinadigan soliq. 4. Avtotransport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun soliq. 5. Maqsadli yig‘imlar. 6. Boshqalar. Egri soliq turiga kiruvchi soliqlar: 1. Aksizlar. 2. Fiskal monopoliyalari. 3. Bojxona bojlari. Soliqlardan tashqari budjetga kelib tushadigan daromadlar: — Davlat mulkini ishlatganlikdan tushgan daromadlar; — Obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar sotuvidan tushgan daromadlar; — Davlat mulkini umumdavlat xususiylashtirish dasturi asosida sotishdan tushgan daromadlar; — Davlat mablag‘larini investitsiya qilishdan foizlar, dividendlar asosida kelib tushgan daromadlar; — Yuqori daromadli korxona va firmalarning qimmatli qog‘ozlarini sotishdan tushgan daromadlar. Budjet xarajatlarining turli xil ko‘rinishlari va rolini aniqlash uchun ularni odatda aniq va har birining o‘ziga taaluqli bo‘lgan alomatlari bo‘yicha tasniflanadi. 49 Davlat budjetining xarajatlari ikki qismdan, ya'ni moddiy ishlab chiqarishni va nomoddiy sohani rivojlantirishdan iboratdir. Xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi bo‘yicha davlat tomonidan bajariladigan funksiyalar — iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqalarni ifodalaydi. Davlat budjeti xarajatlarining ishlab chiqarish tarmoqlari buyicha guruhlanishi: sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qurilish, transport, aloqa, savdo va boshqalarini rivojlantirishga qaratilganini bildiradi. Davlat budjeti xarajatlarining ishlab chiqarishdan tashqari faoliyat ko‘rsatuvchi tarmoqlari bo‘yicha guruhlanishi: xalq ta'limi, san'at, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot, davlat boshqaruvi va boshqalardan iboratdir. Shunday qilib, ijtimoiy yo‘nalishni kuchaytirish zarurati mablag‘larni shu sohaga ajratishni taqozo etadi. Shu bilan birga, iqtisodiyotning krizis holati, o‘n yillab davom etadigan agrar sektorning qoloqligidan dalolat beradi, budjet mablag‘larining zarurligini va moddiy ishlab chiqarish tarmoqiarini, ilg‘or texnologiyalar va texnikalar bilan qayta qurollantirishni va boshqatarni taqozo qiladi. Davlat budjetida hozircha quyidagi maqsadli moliyalashtirish mayjud: Dotatsiyalar. 1. Nomoddiy ishlab chiqarish sohalarining muassasalari va tashkilotlari bo‘yicha operatsion xarajatlar. 2. Ish haqi xarajatlari. 3. Kapital ta'mirlash. Bunday moliyalashtirish davlat budjetidan xarajatlarning har bir aniq turlari bo‘yicha ajratib beriladi va u davlat tomonidan amalga oshiriladi. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida budjet mablag‘lari xarajatlarining tizimi quyidagi muhim o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi: 1. Korxonalarning o‘zlariga yuklangan majburiyatlarini bajara olmaganligi tufayli sodir bo‘lgan og‘ir moliyaviy ahvolni (qarzlarini) dotatsiya qilishni asta- sekin tugatish. 2. Markazlashtirilgan kapital mablag‘larni va qurilayotgan ob'ektlarni oqilona aksiyalashtirishni qisqartirish hisobiga davlatning ishlab chiqarish investitsiyalaridagi ishtirokini minimum darajaga olib kelish. 3. Oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarining narxlari orasidagi farqni qoplash uchun avvalgi ajratilgan dotatsiyalarni bekor qilish. 4. Davlat mulkini xususiylashtirish dasturini izchil amalga oshirish va davlat 50 iqtisodiyot sohalarini keskin qisqartirish. 5. Budjet mablag‘larini sarflashda qat’iy tejamkorlik qilish. Hozirgi sharoitda davlat budjeti hisobidan ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish. Ta’limni rivojlantirish milliy dasturining, sog‘liqni saqlashni, madaniyatni va ijtimoiy ta'minlashni moliyaiashtirishning davlat zimmasida bo‘lishi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling