Mavzu: Talabni tahlil qilishning asosiy konsepsiyalari


Download 0.89 Mb.
bet1/5
Sana15.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1704338
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5 mavzu strategik marketing Amal


“Tasdiqlayman”
Kafedra mudiri:
Mavzu: Talabni tahlil qilishning asosiy konsepsiyalari
Reja
1. Bozordagi talab tushunchasi
2. Kengayadigan va kengaymaydigan birlamchi talab
3. Mutlaq va joriy bozor salohiyati
Eng oddiy holda tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab ma’lum bir joyda va ma’lum bir vaqtdagi savdo hajmiga teng bo‘ladi. Avvalo talabning ikki darajasi: butun bozordagi jami (yoki global) talab va firmaning mahsulotiga yoki markaga bo‘lgan talab o‘rtasidagi farqni aniq ajratib olish kerak.

Bozordagi talab - ma’lum bir joyda va ma’lum bir davrda, markalar majmuasi yoki raqobatchi firmalar uchun tovar bozoridagi (tarmoq yoki bozordagi) umumiy savdo hajmidir.

Buni inobatga olsak, gap “birlamchi talab” haqida yoki ehtiyojning muayyan toifasiga mos keladigan talab haqida bormoqda. Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rif avval asosiy bozorning aniqlab olinishini ko‘zda tutadi.



Firmaning mahsulotiga bo‘lgan talab (markaga bo‘lgan talab) deb bozordagi talabning bir qismiga aytiladi va u tovarning asosiy bozorida firma yoki marka egallab turgan bozor ulushiga mos keladi.

Shuni tushunish muhimki, birlamchi talab ham firmaning mahsulotiga bo‘lgan talab kabi reaksiyaning funksiyasi bo‘lib, bu funksiyaning darajasi talab determinanti deb ataluvchi bir qator omillarga bog‘liqdir. Ushbu birlamchi talab determinantlari ikki xil bo‘ladi: nazorat qilib bo‘lmaydigan muhit omillari va marketing omillari. Marketing omillari - bu bozorda raqobatlashayotgan firmalar tomonida qilinadigan marketing harakatlari majmuasi, ya’ni umumiy marketing bosimidir. Korxonaning bozordagi o‘z holatini o‘rganish uslublariga alohida korxona bozori kattaliklari, bozor tendensiyalari, undagi mo‘‘tadillik, segmentlash va bozorni o‘zlashtirish kabilar kiradi (4.1-rasm)

Odatda talab funksiyasining “S” shaklida bo‘lishi umumiy marketing bosimi oshib borgan sari reaksiyaning kuchayish tezligi avval ortib borib, so‘ngra pasayishini anglatadi.

Marketing bosimi nolga teng bo‘lganda talab darajasi Q0 eng kam bo‘ladi;


oraliq daraja E(Q) umumiy bosim M sharoitida kutilayotgan talabga mos bo‘ladi. Agar umumiy marketing bosimi ortib borsa, talab ham kuchayadi, biroq uning tezligi kamayib boradi.

Umumiy marketing bosimi cheksizlikka intilganda talab o‘zining Qm maksimal darajasiga etadi. Birlamchi talabning ushbu maksimal darajasi bozorning joriy salohiyati tushunchasiga to‘g‘ri keladi.

Birlamchi (global) talab darajasiga faqat bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan firmalarning marketing bosimi emas, muhitning ijtimoiy-iqtisodiy omillari ham ta’sir qiladi. Muhit omillarining o‘zgarishi reaksiya egri chizig‘ining 4.2-a rasmdagidek vertikal siljishiga olib keladi. SHu tufayli egri chiziq bo‘ylab harakatlanish bilan shu egri chiziqning o‘zining siljishini farqlay olish zarur. Raqobatchilar reaksiya funksiyasining siljishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydilar, bu siljish faqatgina tashqi iqtisodiy muhitning holati bilan, masalan iqtisodiy sekinlashish yoki yuksalishlar bilan belgilanadi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling