O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
|
|
“TASDIQLAYMAN” _______________
Rektor M.R. Boltabayev
2023 yil “ ” ________
|
|
Ro‘yxatga olindi: № 60412500-1.08
|
MARKETINGNI BOSHQARISH
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
400 000-Biznes boshqaruv va huquq
|
Ta’lim sohasi:
|
410000- Biznes va boshqaruv
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60412500-Marketing (sport marketingi)
|
Chirchiq – 2023 y.
Fan modul kodi
382MARB0822
|
O‘quv yili
2023-2024
|
Semestr
3
|
Kreditlar
6
|
Fan modul turi
Majburiy
|
Ta’lim turi
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
6
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Marketing boshqarish
|
90
|
90
|
180
|
2
|
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad- talabalar tomonidan marketingni boshkarishda strategik va taktik qarorlarni qabul qilish jarayonini, bozorni segmentlash va maqsadli segmentni tanlashni, bozor taklifini ishlab chiqishni, marketing tadqiqotini o‘tkazish usullarini va marketing muhitini, brend kapitalini shakllantirishni o‘rganish hisoblanadi.
Fanning vazifalari - iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalari bozori tahlili, korxonani boshqarishning strategik darajasida marketing qarorlarini qabul qilish bo‘yicha hamda korxona marketing faoliyatini tashkil qilish, rejalashtirish va nazorat qilish masalalarini hal kilish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarni olishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “Marketingni boshqarish” faning predmeti va nazariy asoslari
Fanning predmeti va mazmuni. Bozor va undagi sub’ektlar xatti-xarakatlari. Bozor kon’yukturasi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar. Talab, taklif, narx. Mamlakat bozoridagi yalpi taklif, yalpi talab va narxlardagi o‘zgarishlar. Xaridorlar xulq-atvori. Talabning rivojlanish tendensiyalari: “talab va taklif” qonuni. “Bozor” va “marketing” faoliyatlari tushunchalari. Bozor sub’ektlari faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish. Marketingni boshqarish konsepsiyasi, tamoyili, talablari, maqsadi.
Sport marketingni boshqarish konsepsiyalarini XX-XXI asrlardagi rivojlanish xususiyatlari: ishlab chiqarish-tovar, sotish, bozorni o‘rganish-marketing, servislashtirish, iste’molchi bilan uzoq muddatli aloqa: yakka tartibda sotish, innovatsion marketing va boshqalar.
2-mavzu. Korxonada marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish
Bozor sub’ektlar: korxona (firma), xolding, kompaniya, TMK va boshqalarning marketing faoliyatlari, ularning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari, bozorlarning geografiyasi, amaldagi strategiyalariga mos kelishi talablari.
Sport korxonaning marketing faoliyati, uning boshqaruvi tarkibidagi marketing bo‘limi va boshqarmasi xizmatlari. Marketing bo‘limining vazifalarini tashkil etish, korxonaning makro muhiti tahlili, korxonaning mikro muhiti tahlili, bozorni segmentlash, tovar va xizmatlar bozorini tartiblash, yangi tovarlarni ishlab chiqarish (innovatsiya), sifat va raqobatbardoshlikni boshqarish, tovar siyosati, narx siyosati, tovar xarakatini tashkil etish, tovar va xizmatlarni tarqatish, servis, strategik rejalashtirish, biznes-rejani ishlab chiqish va amalga oshirish, xavf-xatarni boshqarish, marketing nazorati, axborot ta’minoti.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |